Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Falsafaning ijodiy xarakteri 
insonnning o‗z qobiliyatini dunyoni bilishga va uni 
o‗zlashtirishga yo‗naltirishida namoyon bo‗ladi
.
 
Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha 
jabhalariga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‗radi. U 
yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qat‘iy nazar, ular bilan bog‗liq jarayonlar 
va hodisalarga, ya‘ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan 
falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi. Muayyan fan predmetiga va uning oldida 
turgan muammolarga nisbatan bunday keng bilimning boshqa sohalarida erishilgan eng so‗nggi 
yutuqlarni ham aks ettiradigan yaxlit yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman 
fanning rivojlanishiga erishish ham mumkin emas.
O‗z vaqtida dunyoga nisbatan (odatdagi, «klassik» fizika doirasida uzoq yillar hukm surgan 
yondashuvlarga qaraganda) kengroq yondashuv, masalan, A.Eynshteyn (1879-1955)ga dunyoning 
manzarasini tushunishga nisbatan butunlay yangicha yondashuvni taklif qilish va avvalgi fizikaning 
aksariyat qoidalari muayyan darajadagina haqiqiy bo‗lib qolgan sharoitda klassik (Nyuton) 
mexanikasini ham o‗z ichiga olgan «Nisbiylik umumiy nazariyasi»ni ta‘riflash imkonini berdi. 
Ammo tabiiy bir savol tug‗iladi: bu erda falsafa chindan ham ijodiy rol o‗ynadimi? Agar ijodiy rol 
o‗ynagan bo‗lsa, bu nimada va qay tarzda namoyon bo‗ldi? 
Umumiy dalillarga to‗xtalmay, Shuni qayd etishni o‗rinli deb hisoblaymizki, Eynshteyn 
ongida o‗zidan oldingi va o‗zi yashayotgan davrdagi falsafa g‗oyalari to‗qnashdi. Ular 
mutafakkirning butun ijodiy faoliyatiga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi, zero u ratsionalistik falsafaning 
vakillari, ularning o‗tmishdoshlari va izdoshlari bilan talabalik yillaridayoq tanishgan edi. ―Biz 
Eynshteyn ijodiga XX asr o‗rtalarining fizika konsepsiyalari va kelajakka prognozlar nuqtai 
nazaridan, retrospektiv nazar tashlar ekanmiz, uni insoniyat ma‘naviy hayoti katta bir bosqichining 
yakuni deb hisoblash mumkin. – Bu bosqich faqat Nyuton mexanikasi bilan boshlangani yo‗q. 
Butun ratsionalistik fan va XVII asr falsafasi uning negizi hisoblanadi. Eynshteyn asarlari bilan 
tanishar ekansiz, Galiley, Dekart, Spinoza, Gobbs, Nyuton satrlarini beixtiyor eslaysiz – ba‘zan 
g‗oyalarning ajabtovur o‗xshashligiga duch kelasiz. XVII asr ratsionalistik tafakkurining 


56 
nomuayyan farazlari va izlanishlari qanday qilib ijodiy, izchil shakl-shamoyil kasb etayotganining 
guvohi bo‗lasiz. Bu erda tadrijiy aloqa mavjudligi shak-Shubhasizdir‖
1
.
Falsafiy tasavvurlar va tabiiy-ilmiy qarashlarni farqlash oson ish emas. Biroq falsafiy 
tasavvurlar tabiiy-ilmiy qarashlarga ta‘sir ko‗rsatgani, xuddi Shuningdek Al-Xorazmiy, Al-
Farg‗oniy, Ibn-Sino, Mirzo Ulug‗bek, I. Nyuton, A.Eynshteyn kabi buyuk olimlarning ilmiy 
g‗oyalari zamirida ularning keng va teran falsafiy bilimlari yotishi shak-shubhasizdir. Ayni shu 
sababli ushbu mutafakkirlarning yaxlit falsafiy ta‘limoti haqida bo‗lmasa ham ularning jiddiy 
falsafiy qarashlari haqida to‗la asos bilan so‗z yuritish mumkin.
Falsafa va fan.
Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, 
siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bog‗liq. Biroq, biz falsafa va fan 
munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‗z yuritamiz. 
Mazkur masalani mufassalroq o‗rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‗rsatilgan tushunchalarning 
asosiy ma‘nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish