Fan dunyoqarash shakli.
Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli
sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‗la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan Shuni aytish
mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta‘riflab, Shu tariqa
tabiatShunoslikning bo‗limi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan
Yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta‘riflangan klassik mexanikaning
shakllanishiga yakun yasaganidan keyin Yuz berdi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari
.
Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha
bo‗lgan davr ilk fan davridir
. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‗tib kelgan, hayot
tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‗lgan tabiat haqidagi dastlabki
falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa
doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa
masalalarni echishda foydalaniladigan ma‘lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada
tegishli bo‗limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar:
matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya,
geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda
falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko‗zgular
haqidagi alohida fan – «katoptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy
Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg‗oniy astranomiya, al-Beruniy meneralogiya
va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug‗bek astranomiya, Alisher Navoiy adabiyot ilmi
rivojiga munosib hissa qo‗shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini
yo‗qotgani yo‗q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma‘lumotlari
umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo‗llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar
esa asossiz va tekshirib bo‗lmaydigan spekulyasiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko‗rib
chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida
talqin qilinishda davom etgan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o‗zining fizika asoslarini
yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e‘lon qilgan. Shunday
qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud bo‗lmagan: u asosan falsafa
doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot amaliyoti va hunarmandchilik san‘ati bilan bir
vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ―Platon akademiyasi‖, Markaziy Osiyoda ―Ma‘mun
akademiyasi‖ tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‗lsada,
madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo‗lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |