2-mavzu: hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja



Download 35,69 Kb.
bet1/8
Sana26.02.2022
Hajmi35,69 Kb.
#467846
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 мавзу


2-MAVZU: HOZIRGI ZAMON DUNYO SIYOSIY KARTASI


Reja:
1. Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati
2. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari
3. Davlat tuzumi va davlat tuzilishi
4. Dunyo mamlakatlarining guruhlanishi va tavsiflanishi


1. Ma’lumki, qaerdaki boshqarish mavjud ekan shu erda ustunlikka intilish ham mavjud bo’ladi. Xususan dunyo mamlakatlarining shakllanishi hamda rivojlanishida ham aynan shunday jarayon kuzatiladi. Bugungi kunda dunyoda 230 dan ortiq mamlakat mavjud bo’lib, ular bir-biridan rivojlanish darajasiga ko’ra, davlat tuzumi va boshqarish shakliga ko’ra o’zaro farq qiladi.
Dunyo siyosiy xaritasi juda murakkab va dinamik o’zgaruvchan jarayon bo’lib, turli tuzumdagi davlatlarni va hududiy birliklarni o’z ichiga oladi. Dunyo siyosiy xaritasi miqdor va sifat jihatdan o’zgarib turadi. Dunyo siyosiy xaritasining miqdor jihatdan o’zgarishiga dunyo mamlakatlari soni ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liq bo’lsa sifat jihatidan o’zgarishiga esa, davlatlarni mustaqillikka erishishi, davlatlar siyosiy tuzumining o’zgarishi bilan bog’liq.
Siyosiy xaritaning ahamiyati g’oyat katta bo’lib, u mamlakatlarning xalqaro o’rnini, dunyoda egallagan mavqeini, ichki siyosiy-ma’muriy tuzilmasi xususiyatlarini o’zida yaqqol aks ettiradi.
Mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti ularning davlat (siyosiy) chegaralari belgilangan o’z hududlarida o’tadi. Ularni aynan shu yo’nalishda o’rganish iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir tomondan, dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning muammolaridan o’sib chiqadi va shakllanadi, boshqa tomondan esa, ularning rivojlanishi boshqa ko’plab mamlakatlarga bevosita katta ta’sir ko’rsatadi.
Mustaqil davlatlarning tashkil topishi, shakllanishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning barbod bo’lishi yoki suverinetining tugatilishi, o’zgarishi yoki tubdan o’zgartirilishi va boshqalar g’oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo’lib, ko’plab ichki va tashqi omillar – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, etnik, diniy va boshqalar bilan belgilanadi. Bunda ko’pincha mamlakatlar va xalqlar hayotining murakkab mummolari ko’p yillar, ba’zan asrlar davomida echilmoy qolishi mumkin.
Dunyo siyosiy xaritasi g’oyat o’zgaruvchan xususiyatga ega. U quyidagi asosiy siyosiy-geografik o’zgarishlarni aks ettiradi: muayyan davlatning boshqa davlat bilan qo’shilishi (birlashishi, bir davlatning boshqa davlat tarkibiga kirishi v.b); davlatchilikning (siyosiy suverenitetining) yo’qotilishi; davlatlar (mamlakatlar) maydonining-hududlar va akvatoriyalar, ular chegaralarning o’zgarishi; poytaxtning almashishi (o’zgarishi); davlat, mamlakat va poytaxt nomlarining o’zgarishi; davlat boshqaruvi shaklining o’zgarishi va boshqalar Bu elementlarning barchasi siyosiy geografik xaritaning asosiy mazmunini belgilab beradi.


2. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining o’zgarishi, almashinuvi qonuniyatlarini o’zida to’la aks ettiradi. Dunyo siyosiy xaritasi (DSX) – tarixiy davrlarning ko’zgusi, mamlakatlar, materiklar, qit’alar, dunyo siyosiy-iqtisodiy bo’linishining o’ziga xos tasviridir. Uning shakllanishi ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, jamiyatning sinflarga bo’linish davridan boshlangan. DSX ko’p asrlar davomida davlatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va tarqab (yo’qolib) ketishi, chegaralarning o’zgarishi, metrapoliya va mustamlakalarning tashkil topishi, dunyoning hududiy bo’linishi, qayta bo’lib olinishi kabi tarixiy o’zgarishlar, jarayonlarni o’zida aks ettiradi. Shu sababdan DSXning shakllanishi va tashkil topish davrlari ham dunyo tarixi davrlariga mos bo’lishi kerak. DSXning shakllanishi quyidagi davrlarga bo’linadi: qadimgi, o’rta asrlar, yangi davr va eng yangi davr.

Download 35,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish