6.Geografik atlaslar. Atlaslarni ta’rifi va tasnifi
Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun (yaxlit, bo‘linmas)
asar sifatida bajarilgan geografik kartalarni sistemali to‘plamiga aytiladi. Atlas har xil geografik kartalarni oddiy to‘plami emas, ularni kitob yoki albom ko‘rinishidagi mexanik birlashuvi emas; u o‘z ichiga o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan va bir-birini to‘ldiradigan kartalar sistemasini oladi, bu sistema atlasni maqsadi va undan foydalanish xususiyatlari bilan o‘zaro muvofiqlashgan bo‘ladi.Qadimgi grek olimi Klavdiy Ptolomeyning geografik kartalar to‘plamini (eramizni II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. XV asrning oxiri va XVI asr boshlaridagi, Buyuk geografik kashfiyotlar Er to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirgandan so‘ng geografik atlas keng yoyildi, kolonial bosib olishlar, savdo va ochiq dengizda kema qatnovining rivojlanishi va boshqalar geografik kartalarga bo‘lgan ehtiyojni va munosabatni tubdan o‘zgartirdi.Kartalarni to‘plami uchun «Atlas» nomi birinchi marta Merkator tomonidan (1595 yil) afsonaga ko‘ra birinchi bo‘lib osmon globusini tayyorlagan Liviyaning afsonaviy podshosi-Atlasni sharafiga ishlatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, har yili dunyo bo‘yicha egallagan maydoni, mavzui (mazmuni). maqsadi va hajmi bo‘yicha minglab har xil yangi atlaslar chop etiladi. Atlaslarni tasnifi ham geografik kartalarni tasnifiga mos ravishda amalga oshiriladi. Atlaslar ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra dunyo atlaslari (yoki
butun dunyo atlaslari), butun Er sharini qoplab olgan (masalan, Dunyoni katta sovet atlasi, 1939-1940); alohida kontinentlarni yoki ularni yirik qismlarini atlaslari (masalan, Antarktika atlasi, Dunay bo‘yi mamlakatlari atlasi); alohida davlatlarni atlasi, (AQSH, Kuba, Fransiya va boshqalar); regional atlaslardavlatlarni qismlarini, alohida viloyatlarni, provinsiyalarni va rayonlarni atlaslari
Xuddi shunday bo‘lish (tasniflash) akvatoriyalar atlaslari-okeanlar va ularni
yirik qismlari (masalan, uch qismlik Okeanlar Atlasi); dengiz (masalan. uch
qismlik Dengiz Atlasi); bo‘g‘ozlar, yirik ko‘llar atlaslari va boshqalar uchun ham ishlatiladi.
Atlaslar mavzui (mazmuni) bo‘yicha qo‘yidagilarga bo‘linadi:
– umumgeografik atlaslar, asosan umumgeografik kartalardan iborat bo‘lgan atlaslar (masalan, 1967 yili Sobiq SSSRda nashr qilingan Dunyo Atlasi). – tabiiy geografik, tabiiy hodisalarni tasvirlovchi atlaslar. Ular o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: tor sohaviy atlaslar, ular bir xil tipdagi kartalardan iborat bo‘ladi (masalan, AQSH alohida okruglarini tuproq atlaslari, SSSR dorivor o‘simliklarining areallari va resurslari Atlasi); kompleks sohaviy birorta tabiiy hodisani har xil, lekin o‘zaro bir-birini to‘latadigan kartalaridan iborat bo‘lgan atlaslar (masalan, alohida meteorologik elementlarni kartalarni ham o‘z ichiga olgan SSSR Iqlim atlasi); kompleks, qator o‘zaro bog‘langan tabiiy hodisalarni ko‘rsatadigan atlaslar (masalan. iqlim va Dunyo okeani okeanografiyasini tasvirlovchi sovet Dengiz atlasini ikkinchi qismi) yoki tabiatni har tomonlama tavsifini beruvchi (masalan 1964 yili Sobiq SSSR da chop etilgan dunyoni Tabiiygeografik atlasi);
– sotsial – iqtisdiy, tabiiy geografik atlaslar uchun ko‘rsatilgan bo‘linishga
o‘xshash (masalan, tor sohaviy-SSSR avtomobil yo‘llari atlasi, kompleks sohaviySSSR xalq xo‘jaligi va madaniyatini rivojlanish Atlasi);
– umumiy kompleks, tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografiya bo‘yicha kartalarni
o‘z ichiga olgan va kartasi olinayotgan hududga har taraflama tavsif beruvchi atlaslar (masalan, turli mamlakatlarni milliy atlaslari).
Atlaslarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra: o‘quv, o‘lkashunoslik,
turistik, yo‘l, tashviqot va boshqa atlaslarga bo‘lish mumkin. Bu tasnifni boshqa aspekti, atlaslarni ilmiy-ma’lumotnoma va ommabop atlaslarga bo‘lish hisoblanadi.
Geografik atlas - geografik haritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali toʻplami. G. a.ning dastlabki tuplami mil. 2-asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy boshchiligida olimlar Yer meridiani yoyini oʻlchaganlar, xalifa Maʼmun (813— 833)ning koʻrsatmasiga binoan bir kricha haritalar (mas, "Dunyo haritasi") tuzilgan. 10-asrda arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 haritadan iborat "Islom atlasi" deb ataluvchi tuplamda musulmon olami tasvirlangan. G. a.lar 15-asr oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar Yer haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik haritalarga katta ehtiyoj tugʻilgach, keng tarqala boshladi. Atlas haritagrafiyasining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527—98), Gerard Merkator (1512—94) va b. salmoqli hissa qoʻshgan. "Atlas" termini dastlab 1595 y. geografik haritalar toʻplamiga nisbatan ishlatilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, keyinchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-asr oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz navigatsiya haritalari toʻplami, 1584—85). Usha vaqtdan koʻp jildli katta bichimli G. a.lar nashr qilina boshlandi. G. a.lar tuzish 17-asrda Niderlandiyada rivoj topdi. Semyon Remezov 1701 y. tuzgan "Sibir chizma kitobi"ni ruslar birinchi rus G. a. deb hisoblaydilar. 18-asrda Parij, Peterburg va Berlin FAda G. a.lar tuzish yetakchi urinni egalladi. 19-asrdan mavzuli (tematik) atlaslar paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududi tasvirlangan dastlabki haritalarning toʻliq nusxalari 1914 y.da nashr etilgan "Rossiyaning Osiyo qismi atlasi"da berilgan. Hozirgi G. a.larning oʻziga xos xususiyati shundaki, ulardagi haritalar oʻzaro uygʻunlikda boʻlib bir-birini toʻldiradi.
G. a.lar gʻoyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamlakatlar, viloyatlarning atlaslari), mazmuni (umumiy geografik haritalar, mavzuli haritalarning soha atlaslari, mas, geologik, iqlim, q. x. atlaslari), vazifasi (ilmiy maʼlumotnomali, Oʻlkashunoslik, oʻquv, turistik, yoʻl atlaslari va h. k.) bilan farq qiladi.
G. a.lar oʻlchami ham har xil: katta atlaslardan (1928 y. nashr etilgan Misr atlasi) choʻntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim G. a.lar orasida Dunyoning katta sovet atlasi (1937—40), Dunyo atlasi (uch jildli, 1954), Dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), Geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari atlasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Yevropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), Isroil (1956-64) va b., AQShda Meyer atlaslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b.ning ahamiyati katta. 1963 y. Oʻzbekiston atlasi, 1980—81 y.larda Oʻrta Osiyo respublikalari ichida birinchi boʻlib, oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston uquv atlasi, 1982—85 y.larda Oʻzbekiston FA Geografiya bulimi tomonidan 2 jildli Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy maʼlumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jildida Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geol.si, iqpimi, suv resurelari, tuprogʻi, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi marta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash haritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, q. x., transport, oʻrta va oliy taʼlim, sogʻliqni saklash, rekreatsiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik r-n va b. haritalar oʻz aksini topgan. Toshkent sh.ning 2000 yillik yubileyiga 1983 y. Toshkent G. a. yaratildi. 1984 y. Oʻzbekiston Yer tuzish loyiha instituti tomonidan Oʻzbekiston Agrosanoat kompleksi albomi nashr etildi. Oʻzbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tuzildi. 1999 y. oʻzbek va rus tillarida oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining geografik atlasi nashr etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |