2-mavzu: hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja


Dengiz yo’liga chiqish imkoniyati berk bo’lgan mamlakatlar



Download 35,69 Kb.
bet7/8
Sana26.02.2022
Hajmi35,69 Kb.
#467846
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 мавзу

Dengiz yo’liga chiqish imkoniyati berk bo’lgan mamlakatlar

Mintaqalar

Mamlakatlar

MDH

Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston,O’zbekiston

G’arbiy Evropa

Avstriya, Andorra, Vatikan, Vengriya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, San-Marino, Slovakiya, Chexiya, Shvetsiya

Xorijiy Osiyo

Afg’oniston, Butan, Laos, Mongoliya, Nepal

Afrika

Botsvana, Burkina Faso, Burundi, Zambiya, Zimbabve, Lesoto, Malani, Mali, Niger, Ruanda, Svazilend, Uganda, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Efiopiya

Lotin Amerikasi

Boliviya, Paragvay

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga dunyoning 40 davlati to’g’ri kelib, bularga eng avvalo AQSh va Kanada, G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Isroil va boshqalar kiradi.


Rivojlangan mamlakatlar dunyo siyosati va iqtisodiyotida tutgan o’rniga ko’ra ikki katta guruhga bulinadi:
Asosiy ettilik – AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada. Ularning peshqadamligi (liderligi) dunyo siyosati va iqtisodiyotida muhim o’rin tutishi, yuksak mehnat unumdorligi, fan va texnika rivojidagi muvaffaqiyatlari bilan belgilanadi. Ular o’tmishda yirik mustamlakachi davlatlar bo’lib, mustamlakachilar hisobiga katta daromad manbaiga ega bo’lganliklari ham katta axamiyatga ega bo’lgan. Rivojlangan mamlakatlarning qolganlari ikkinchi guruhni tashkil etadi (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya va boshqalar). Ular ko’pincha “katta ettilik” mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy munosabatlarida bog’lovchi xalqa sifatida ishtirok etadi.
Rivojlanayotgan davlatlar guruhiga dunyoning 150 mamlakati kirib, quruqlikning ikkidan bir qismi va dunyo aholisining to’rtdan besh qismi shu davlatlar to’g’ri keladi. Bu davlatlar Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada joylashgan. Bu davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasida jiddiy tafovutlar mavjud, shuning uchun ham ularni har xil turlarga ajratib o’rganiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika davlatlari muhim rol’ o’ynaydi. Tabiiy resurs zahiralari, aholi va iqtisodiy salohiyat ko’rsatkichlari bo’yicha mazkur davlatlar jahonda etakchi o’ringa ega. Oxirgi yillarda jahonda ishlab chiqarilgan yalpi jahon mahsuloti (YaJM) qiymati bo’yicha Xitoy 2 o’rinni va Hindiston esa 4 o’rinni egallamoqda, hatto rivojlangan mamlakatlardan ham o’zib ketdi.
XX asrning 80-90 yillarida, jahon iqtisodiyotida iqtisodiy rivojlanish bo’yicha keskin sakrash sodir etgan “yo’lbars” yoki “ajdar” deb nomlangan yangi industrial davlatlar vujudga keldi. Hozirgi paytdagi xalqaro nufuzli tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvan davlatlari rivojlangan davlatlar qatoriga kiritilgan. Malayziya, Tayland, Indoneziya va Fillipin ham yangi industrial davlatlari deb tan olingan.
Rivojlanayotgan davlatlar qatorida neft eksport qiluvchi Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi, Qatar, Baxreyn, Liviya va Bruney alohida guruhni tashkil etadi. Bu davlatlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha iqtisodi boy, valyuta tushumining asosiy qismi neft eksporti hisobiga to’ri keladi.
Rivojlanayotgan davlatlarning aksariyat qismini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sust bo’lgan qoloq mamlakatlar guruhi tashkil etadi. Bularning umumiy soni 50 tadan ortiq bo’lib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida joylashgan davlatlar kiradi. Masalan, Shri Lanka, Ganu, Gvineya, Zimbabve, Boliviya, Ganduras va boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri mamlakatlariga rejali iqtisodga asoslangan sobiq sotsialistik mamlakatlar, ya’ni ilgari SSSR tarkibiga kiruvchi 15 ta respublika hamda Markaziy va Sharqiy Evropada joylashgan 12 ta davlat va Mongoliya kiradi. Bu davlatlarda XX asrning 80-90 yillaridan boshlab, ma’muriy-buyruqbozlikka va rejali iqtisodga asoslangan xo’jalikdan bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tish, demokratik jamiyat qurish, inson huquqlarini himoya etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari amalga oshmoqda.



Download 35,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish