Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

 
Fan va falsafaning mutanosibligi. 
Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo‗lsa-
da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog‗liq bo‗lib qolmoqda. Ular faol o‗zaro ta‘sirga kirishib, bir-
birining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatmoqda. Bu hol Shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy 
materialga, sinovdan o‗tgan ilmiy ma‘lumotlarga tayanib, o‗zining mavhum g‗oyalarini borliq 
bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, 
yanada asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‗lga kiritadi
. XXI asr boshiga kelib jahonda 
olimlar soni qariyb olti millionga etdi, taxminan Shuncha odam fanga xizmat ko‗rsatuvchi mehnat 
bilan band (laborantlar, texniklar, nashriyotlarning xodimlari va h.k.). Erda qadim zamonlardan 
boshlab to XXI asrning boshiga qadar yashagan olimlarning umumiy sonini olsak, ularning o‗ndan 
to‗qqiz qismi bizning zamondoshlarimiz ekanligi ayon bo‗ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy 
xodimlar soni mehnatga qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni ta‘minlashga milliy 
daromadning 5% dan ko‗prog‗i sarflanadi.
Hozirgi zamon fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush va kundalik hayotni 
yo‗lga soluvchi qudratli kuchga aylandi. Ayni vaqtda odamlar bugun fanning qudratinigina emas, 
balki u bilan bog‗liq bo‗lgan xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o‗z yutuqlari va 
o‗zining jo‗shqinligi uchun fan oldida mas‘uliyatli. Ammo ilmiy haqiqat o‗z holicha odamlarning 
ehtiyojlariga befarq. U beparvo va rahm-shafqatsiz, chunki u uchun inson omili ikkinchi darajali.
Ammo, I. A. Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―Kuch – bilim va tafakkur‖
71
da bo‗lsa, bu kuch ortib 
borgani sari insoniyatga ziyon etkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish 
zarur. 
Shuni tan olish lozimki, hozirgi zamonda jamiyat ko‗p jihatdan fanning ulkan yutuqlari 
tufayli o‗zini o‗zi yo‗q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to‗xtatish kerak, degani 
emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga bo‗ysundirish va balki uning qaysidir 
yo‗nalishlarini cheklash zarurligi to‗g‗risidagi masala kun tartibiga qo‗yilmoqda. Ilmiy izlanishning 
insonparvarlaShuvi, uning yo‗llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu davrimizning muhim 
muammolaridir. 
Ayni shu hol falsafa bilan ham, undan muayyan fanlar ilgari falsafiy tusga ega bo‗lgan 
tadqiqot predmetlari bilan ajralib chiqqanida Yuz berishini taxmin qilish o‗rinli bo‗ladi. Biroq, 
bunday hol Yuz berayotgani yo‗q. Tarix fan falsafadan qancha ko‗proq ajralsa, unda Shuncha 
ko‗proq masala va muammolar paydo bo‗lishini, ya‘ni falsafa nafaqat kamaymasligi, balki, 
aksincha, ko‗payishini ko‗rsatadi. Buning sababi nimada? Bu savolga javobni fan va falsafaning 
o‗ziga xos xususiyatlaridan, ularni alohida-alohida tavsiflovchi masalalar va ularning echimlari 
o‗rtasidagi tafovutdan qidirish, o‗rinli bo‗ladi.
Fan faqat o‗zi olgan haqqoniy bilimlarga va muayyan natijalarga tayanishi unda o‗z 
muammolari va «ochiq» masalalari mavjud emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-Shubhasiz 
javoblarga ega bo‗lmagan falsafiy masalalardan farqli o‗laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni 
emas, balki puxta o‗ylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad etuvchi yoki 
ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan echimlar olish real yoki potensial 
imkoniyatiga egadir. Shu tariqa vujudga keladigan fanlar qaynayotgan suvdagi ko‗piklar kabi 
kattalashib, falsafiy mushohada yuritish jabhasini, anglab etilgan narsalar anglanmagan narsalar 
bilan Yuzma-Yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatShunoslik doirasida javob 
berishning iloji bo‗lmagan Yangi masalalarni Yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan Yangi falsafiy jumboqlar sari o‗tilmoqda
.
―Xudo 
bormi?‖, ―Haqiqat nima?‖, ―Ruhning tabiati qanday?‖ qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-
kesil echish mumkin emas, balki ularni echishning umuman iloji yo‗qdir, shu bois bu savollar ham 
javobsiz qolmoqda.
7
Каримов И. А
. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан 
қурамиз. 7-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б.98 


61 
Nima uchun ―balki‖? kabi savollar shuning uchunki, qadimda donishmandlarni bugungi kun 
nuqtai nazaridan mutlaqo falsafiy bo‗lmagan va tom ma‘noda falsafiy sanalgan masalalar 
qiziqtirgan. Misol uchun: ―YUlduzlar kunduzi, quyosh esa – tunda qaerga yo‗qoladi?‖, ―Nima 
uchun ayrim jismlar suvda cho‗kadi, ba‘zi jismlar esa suvda suzadi?‖, ―Chopqir Axilles sudralib 
borayotgan toshbaqaga qanday etishi mumkin, basharti har safar ularning o‗rtasidagi masofani 
bosib o‗tish uchun u mazkur masofaning teng yarmidan o‗tishi lozim bo‗lsa?‖ va h.k. va sh.k. Biroq 
bu va Shunga o‗xshash masalalar falsafadan tabiatShunoslik sohasiga o‗tgach, ko‗pincha Yangi va 
Yangi falsafiy muammolarni Yuzaga keltiradi. Masalan: Er va boshqa sayyoralarni, ayni bir 
yo‗nalishda aylantirgan kuch qaerda? Agar bizning quyoshimiz o‗rtacha kattalikdagi yulduz bo‗lsa, 
unga o‗xshagan milliardlab yulduzlarning hech bo‗lmasa ayrimlari bizning Erimizdagiga o‗xshash 
hayot mavjud bo‗lgan yo‗ldoshlarga ega bo‗lishi mumkinmi? Inson hatto eng yaqin yulduzlarga 
etishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning sivilizatsiyasi tarixidan ham ko‗proq vaqt talab etilar 
ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin? Nihoyat, biz kuzata oladigan olam 
kengayib borayotgan bo‗lsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi? Bu va boshqa 
ko‗pgina Shunga o‗xshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta murojaat etishga majbur 
qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq javob berishga qodir emas. 
Aksildunyolar va 
aksilgravitatsiya, qora materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o‗lchovlaridagi dunyolar 
haqidagi har xil falsafiy g‗oyalarning mavjudligi ayni Shu hol bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. 
Xususan, ba‘zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi 
yondashuv mavjud bo‗lib, u ―ijobiy‖, ―foydali‖ bilim sifatida fanni ―mavhum‖ va ―tajribaga 
asoslanmagan‖ falsafaga qarshi qo‗yadi. Bunday qarashlar ssientistik deb, nazariy tafakkur 
yo‗nalishi esa – ssientizm

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish