Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
kuyov bo‘layotganday shod-xurram. Dasturxonga ketma-ket ovqat tashiyotgan 
tovoqchi* tashqarida bolalarning yor-yoriga quloq solib turgan sharbatchini ko‘rdi-yu, 
unga ma’nodor ko‘z qisib qo‘ydi. Ma’sum ovoz bilan o‘yin qilib aytilayotgan «yo-yor» 
Akbar va Salimadan ham ko‘ra, ikkinchi qavatdagi haqiqiy kelin-kuyovlarga mos 
tushayotganini bolalarning o‘zlari payqamasdi, ammo tovoqchi va sharbatchilar buni 
sezganlari sari zavq qilib kulishardi. 
____________ 
* Turkiy tilda markaz ma’nosida ishlatiladigan «O‘rda» so‘zi ham aslida «O‘rta» demakdir. 
* Z a b a r — arab harfining ustiga qo‘yiladigan uzunchoq belgi. 
* X a s b a — ichterlama. 
* T o v o q ch i — podsho saroyidagi kichik lavozim.
* * * 
Kulgilar ketidan kelgan musibatli yig‘ilar Qorachaxonning Komron mirzoga olib borgan 
shum xabari bilan boshlandi. 
— Humoyun mirzo Balx yaqinida shayboniyzodalar bilan jang qilib yurib halok bo‘ldilar!.. 
Qorachaxon Humoyunning qonga bo‘yalgan shohona jubbasini inisiga ko‘rsatdi. 
Humoyunni Balx yurishiga Aliqulixon va Bahodirxonlar ko‘ndirgan edilar. Qandahorni 
olishda Humoyunga katta yordam bergan bu o‘zbek sultonlari endi uning yordamida 
Buxoro va Samarqandga qaytmoqchi edilar. Balx olinsa Movarounnahrga yo‘l ochilgan 
bo‘lardi. 
— Xayriyat, bu muhorabaga biz qatnashmagan ekanmiz, — dedi Komron. 
— Endi pushtipanohimiz o‘zingizsiz, — dedi Qorachaxon. — Kobulni tezroq 
egallamog‘ingiz kerak! 
Mirzo Komron shoshilinch ravishda Ko‘lobdan Kobulga jo‘nadi, yo‘lakay Toliqondagi inisi 
Askariyni yoniga qo‘shib oldi. Humoyun Kobul qal’asiga Qosim barlos degan ishonchli 
odamini hokim qilib ketgan edi. Qosim barlos qonli jubbani ko‘rgach: 
— Balki hazratim faqat yarador bo‘lgandirlar, hali sog‘ayib kelib qolarlar! — dedi. — 
O‘g‘illari mirzo Akbarni valiahd tayin etganlar. Kobul ixtiyorini boshqa hech kimga 
bermagaymiz! 
Komron mirzoning qahri keldi. Qorachaxon ham Qosim barlosni ko‘rarga ko‘zi yo‘q edi. 
Kobulga katta qo‘shin bilan kirgan Komron mirzo Qosim barlosni tuttirib, o‘limga hukm 
qildi. Qosimbekning xotini adolat talab qilib arkka kelgan edi, Qorachaxon uni bozorga 
olib borishni va xaloyiqning ko‘zi oldida benomus qiishni buyurdi. Benomuslikdan o‘limni 
afzal ko‘rgan go‘zal juvon yo‘lda Kobul daryosining baland ko‘prigidan o‘zini suvga otib 
halok bo‘ldi. Qorachaxon Qosim barlosning o‘zini xaloyiqning ko‘zi oldida pora-pora qilib 
qatl ettirdi. 
Buning hammasini sakkiz yoshli Akbar ham ko‘rgan, ko‘zlarida dahshat qotib qolganday, 
arkda bir nuqtaga tikilib jim o‘ltirar edi. Komron mirzo unga otasining qonli jubbasini 
ko‘rsatdi. 
Hazratimni xudo rahmat qilsin, marosimlarini keyinroq o‘tkazgaymiz, — dedi. — Siz 
valiahdsiz, davlat ishini men sizning nomingizdan boshqargaymen. 
Hamida bonu turgan O‘rta bog‘ning atrofiga yuzdan ortiq qo‘riqchi qo‘yilgan, kirish-
chiqish qat’iy nazorat ostida edi. Arkdagi Akbar ham hech yoqqa chiqarilmay xonaki 
hibsda saqlanar edi. 
Yana qaytadan shahar hokimi bo‘lib olgan Qorachaxon ko‘ngli tilaganicha aysh qilib bu 
gal uzoqroq davron surmoqchi edi. 
lekin oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas Qunduz tomondan uchib chiqib, O‘rta Boqqa yetib 
qo‘ngan aloqachi kabutar Humoyunning maktubini olib keldi. Faqat Humoyun bilan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish