Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
Shoirlar Hindol mirzoning o‘limini bir vaqtlar Hirotda bobosining farmoni bilan halok 
etilgan Mo‘min mirzoning o‘limiga qiyos qilib marsiyalar yozdilar. Keksa Dildor begim 
o‘ttiz ikki yoshli yolg‘iz o‘g‘li Hindol mirzoning jasadini quchoqlab faryod chekkanda, 
Kobul atrofidagi qorli tog‘lar ham titrab ketgandek bo‘ldi. Gulbadan begim onasining 
yonida turib nola qildi: 
— Og‘ajon, siz o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmasmidi?! O‘g‘lim Saodatyorni sizga qurbon 
qilsam tirik qolarmidingiz, og‘ajonim?! Siz o‘lguncha ko‘rnamak Komronning o‘zi o‘lsa 
bo‘lmasmidi?! 
Beklar ham Komronning boshi kesilishini talab qila boshladilar. Lekin Kompron Sind 
daryosidan o‘tib, Hindistonga, Sherxonning o‘g‘li Islomshohning huzuriga qochib ketgan, 
faqat Askariy Tangihoda qo‘lga tushgan edi. Humoyun Askariy bilan yuz ko‘rishgisi 
kelmadi: 
— Qandahorda bir marta kechirgan edim, endi daf bo‘lsin, Askariyni hajga jo‘natinglar! 
— deb buyurdi. Komron haqida esa Hindistondan malo-matli xabarlar kela boshladi. U 
Islomshohga bag‘ishlab ruboiy yozgan edi. Islomshoh unga ming rupiyni sadaqaga 
o‘xshatib beribdi. 
— O‘z tug‘ishganlariga yaxshilik qilmagan, menga yaxshilik qilgaymi? — deb Komronni 
o‘ldirish haqida maxfiy buyruq beribdi. 
Buni payqab qolgan Komron Islomshoh saroyidan ham qochadi-yu, mamlakatning 
shimoli sharq chekkasidagi Bhiraga, bir vaqtlar otasi bilan hamkorlik qilgan Sulton 
Adhamning viloyatiga boradi. 
Sulton Adham esa Humoyunga yon bosib, maxsus odamini Kobulga yubordi. «Iningiz 
hozir mening asirim, istagan paytingizda tutib bergaymen, agar kelsangiz Bhira sizga 
peshkash, biz Islomshohni emas, Sizni haqiqiy podshoh deb tan olurmiz», deb maktub 
yozdi. 
Katta bir viloyat hokimining bu maktubi Hindistonga qaytish orzusida yurgan 
Humoyunga yaxshilik alomati bo‘lib tuyuldi. Komron shu tentirashida oilalarining 
sha’niga isnod keltiradigan yana ko‘p ishlar qilishi mumkin, buning oldini olish ham katta 
akaning burchi edi. Beklar Komronning boshi kesilishini Humoyundan talab qilib 
chiqargan maxsus hukmga Turdibek, Munimxon, Shamsiddin Muhammad va boshqa 
yana o‘ng ikkita eng nufuzli amirlar imzo chekib, o‘z muhrlarini bosishgan edi. Humoyun 
bir og‘iz «xo‘p» desa, Bhiraga borib, Kompronning boshini kesib kelishga tayyor turgan 
qasoskorlar ko‘p edi. Lekin u Komronning she’rlarini unutolmas, shoir inisining qoniga 
zomin bo‘lsa bir umr vijdon azobida qolishini o‘ylar edi. Humoyun yana qat’iyatsizlik 
qilayotganini ko‘rgan Turdibek amirlar no-midan unga keskin gap aytdi: 
— Hazratim, Komron mirzoni bir emas, besh-o‘n marta kechirdingiz. Bundan faqat siz 
emas, bek-u navkarlar ham behisob zarar ko‘rdilar, davlat manfaatlari qurbon bo‘ldi! 
Agar tirik qo‘yib bersangiz, Komron mirzo biron kun o‘g‘rincha kelib, yana Kobulni 
olg‘ay, yana ko‘pimizning boshimizga rahmatli Qosim barlosning kunini solgay. Shuning 
uchun yo bizni deysiz-u Komronning bahridan o‘tgaysiz. Yo birodarlikni deysiz-u, bizga 
javob ber-gaysiz! Boshqa yo‘l qolmadi! 
Bayramxon Qandahorda qolgandan beri Turdibek yana Humoyunning eng sohibi ixtiyor 
amir al-umarosiga aylangan, uning so‘zini rad etish oson emas edi. 
* * * 
Humoyun besh ming qo‘shin bilan Haybar dovonidan oshib, Hind daryosidan o‘tdi-da, 
Bhira viloyatida bir vaqtlar Bobur barpo etgan Bog‘i safoga kelib tushdi. Unga peshvoz 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish