Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
topib berdilar. Shayx A’loyi bir haftada tuzalishga yuz tutdi. Hali uncha darmonga 
kirmasidan Islomshoh yuborgan odamlar uni yana soyabon aravaga solib, o‘sha paytda 
poytaxt bo‘lgan Laxo‘rga olib keldilar. 
A’loyining gaplari odamlarga juda kuchli ta’sir qilishini amalda ko‘rgan Islomshoh: 
— Men sizni o‘zimga diniy peshvo qilib olmoqchimen! — dedi. — Mahdiylardan endi voz 
keching! Qulog‘imga bir og‘iz «kechdim» desaniz bas. 
— Yo‘q, a’lohazrat, men qariganimda imonimdan voz kecholmagaymen! Undan ko‘ra siz 
xalqqa jabr-zulm qilishdan voz keching! 
Islomshohning birdan g‘azabi kelib, ko‘zlari kosasidan o‘ynoqlab chiqdi: 
— Mirg‘azab! Darra keltiring! Uring bu sassiq cholni! 
Mirg‘azab A’loyining bo‘z to‘nini yechib, yelkasini yalang‘ochladi. Yaqindagina o‘latdan 
zo‘rg‘a tuzalgan keksa odamning tanasi ozg‘in, qovurg‘alari bo‘rtib turar edi. Og‘ir darra 
podshoning ko‘zi oldida zarb bilan to‘rt marta urilgach, A’loyi hushidan ketib yiqildi va 
jon berdi. 
Uning o‘limini xalqdan sir tutishdi. «A’loyi noma’lum tomonga qochib ketibdi!» — degan 
ovoza tarqatishdi. Islomshoh fursatdan foydalanib, Abdulla Niyoziyni ham bir yoqli 
qilmoqchi bo‘ldi-yu, Bianaga katta qo‘shin yubordi. Uch ming isyonchi shahar chetidagi 
ko‘kalamzor bir joyda istiqomat qilar, atrofida devor yoki istehkom ham yo‘q. 
Podshoning o‘ttiz ming qo‘shini qarorgohni to‘rt tarafdan o‘rab oldi. Abdulla Niyoziy 
podsho saroyiga yaxshilikcha bormasa, bu qo‘shin qarorgohga bostirib kirishi va 
Niyoziyni zo‘rlab olib ketishi kerak edi. Agar isyonchilar qurol ishlatsa, qo‘shin ularni qirib 
tashlashi mumkin edi. Abdulla Niyoziy begunoh odamlarning qoniga zomin bo‘lmaslik 
uchun podsho qo‘shini bilan saroyga boradigan bo‘ldi. Salim ota va boshqa yaqinlari u 
bilan quchoqlashib xayrlashdilar. 
— Ko‘risholmasak rozi bo‘linglar! — deganda Abdulla Niyoziyning ko‘zlariga yosh qalqib 
chiqdi. 
Podsho askarlariga yo‘lda pistirmadan turib hujum qilishni va Niyoziyni qutqarib olib 
ketishni istagan botir yigitlar bor edi. Lekin oxir-oqibatda ular ham Islomshohning 
beadad qo‘shini dastidan halok bo‘lishi muqarrar edi. Behuda qurbonlar berishni yomon 
ko‘radigan Salim ota tavakkalchi yigitlarni bu qaltis niyatlaridan zo‘rg‘a qaytardi. 
Abdulla Niyoziyni Islomshohning taxti oldiga olib keldilar. Taxt ustida zarbof kiyimlarga 
o‘ranib savlat to‘kib o‘ltirgan Islomshoh qirq yoshdan endi oshgan bo‘lsa ham, yuzi 
sarg‘ayib shishinqiragan, ko‘zining oqi ham sarg‘ish ko‘rinadigan kasalmand odam edi. U 
Abdulla Niyoziyning baquvvat gavdasi va sog‘lom yuziga g‘ashi kelib tikildi-da: 
— Suyangan tog‘ing shayx A’loyi edi — quladi! — dedi. — Sen biz bilan vatandosh afg‘on 
ekansen, saroyga olay, mahdiylaring bilan aloqani uz! 
— Hazrat podsho! Siz A’loyining faqat tanasini mahv qildingiz. Ammo uning ruhi tirik! Bu 
ruh xalqdan kuch olib, zolimlarning jazosini bergusidir! 
— Jazo?! Sen menga jazo bermoqchimisen?! 
— Men emas, hayot jazo bergay! — deb Abdulla Niyoziy Islomshohning ichki 
kasalliklardan salqigan yuziga va shishgan qovoqlariga ma’noli ko‘z tashladi.— Otangiz 
Sherxonga qasos qanday qaytganini unutmang! Begunoh o‘ldirilgan mo‘ysafidning uvoli 
sizni ham urmay qo‘ymagay! 
— E, uvoli hozir seni urgay! Mirg‘azab, darra uring bu katta dahan ahmoqqa! O‘lgunicha 
kaltaklang!.. 
Abdulla Niyoziyni hushidan ketguncha kaltaklashib, kechasi o‘rmon chetidagi yo‘l bo‘yiga 
keltirib tashlashdi. Saroydagilar uni «o‘ldi» deb o‘ylashgan edi. Lekin qirq yoshli 
baquvvat Niyoziy hali tirik, goh hud, goh behud bo‘lib yotgan edi. Isyonchilar uni shu 
ahvolda topib olib, Salim otaning oldiga ko‘tarib keldilar. Bunday og‘ir jarohatni qanday 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish