Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
Abdulla Niyoziy Nizomning ko‘p yillik qadrdoni. Sherxon davrida Nizom o‘zining ismini 
yashirib, Salim degan ikkinchi nom bilan tanilgandan beri ular yaqindan tanish. 
Nizomning boshiga tushgan ko‘rgiliklar tufayli soch-soqoli erta oqaran. Kasallikdan 
tuzalgan bo‘lsa ham, uzun oq soqoli borligi va hassaga suyanib yurgani uchun yoshlar 
uni — «Salim ota» deb atashadi. Abdulla Niyoziy undan Kabir she’rlarini va bhaqti 
ta’limotini o‘rgangan. Shuning uchun Niyoziy Salim otani Bianaga olib borib, isyon-
chilarga «Mening ustozim!» deb tanitdi. 
Islomshohday shafqatsiz tojdordan tap tortmay Biana hokimini quvib yuborgan bu jasur 
odamlar Salim otaga afsonalarda ulug‘lanadigan qahramonlarday ko‘rindi. Halol mehnati 
bilan kun ko‘radigan xalq qachondir bir vaqt zolim hukmdorlarni yo‘qotishiga orzumand 
bo‘lgan Salim ota Bianada shu orzusi ushalayotganidan ruhi ko‘tarilib yurdi. 
Qo‘zg‘olonchilar safi kengayib, uch ming kishiga yetganda ular Biana shahri chetidan 
alohida bir joyni qarorgoh qilib, kattakon jamoa bo‘lib yashay boshladilar. Ko‘pchilik 
odatdagi mehnatini qilib, topganining bir qismini oilasiga beradi, qolganini jamoaning 
umumiy dasturxoniga qo‘yadi. Qurolli yigitlar Bianada iloji boricha yaxshi muomala bilan 
tartib o‘rnatishga intiladi, faqat muomalaga ko‘nmaydigan ashaddiy buzuqilarni hibsga 
soladi yoki shahardan badarg‘a qiladi. Ular hatto bozordagi narx-navoni ham tergab, 
nafsi katta savdogarlarni insof bilan narx qo‘yishga majbur qildilar. 
bianada yangicha tartib o‘rnatayotgan Abdulla Niyoziy boshliq xalq harakatining ovozasi 
g‘arbdagi Gujaratgacha, sharqdagi Bixargacha borib yetdi. «Biana mahdiylari xalqni 
Islomshoh zulmidan qutqarmoqchi emish, dunyoda adolat o‘rnatar emish!» degan gaplar 
el-yurt orasida tobora keng tarqala boshladi. 
Sherxon avlodlarining o‘zaro urushlari va shafqatsizliklari ba’zi bir shayxlarning ham 
joniga tekkan edi. Abdulla Niyoziy va Salim otalar Bianada zolim amaldorlarni yo‘qotib, 
adolatli ish olib borayotganlari a’loyi degan keksa shayxning isyonchilar tomoniga 
o‘tishiga sabab bo‘ldi. Shayx a’loyi o‘z ixtiyoridagi vaqf yerlarning daromadini mahdiylar 
harakatiga in’om qildi. Uning xonaqosi endi isyonchilar adolat haqida targ‘ibot 
yurgizadigan joyga aylandi. 
Shayx a’loyining muridlari orasida Islomshoh quvg‘in qilgan amirlar va boshqa badavlat 
odamlar ham bor edi. Endi agar Islomshohga qarshi turgan shu kuchlar hammasi xalq 
harakatining girdobiga tortilsa podsho hokimiyati xavf ostida qolishi aniq. Kobuldagi 
Humoyunning ishlari o‘nglanib, qo‘shini yil sayin zo‘rayib borayotgani Islomshohning 
xavotirini oshirib yurgan edi. Shuning ustiga ichkaridan ham o‘t chiqsa — tamom! 
Islomshoh bu xatarning oldini olish uchun Bianaga o‘z vazirini yuborib, shayx a’loyini 
saroyga taklif qildi: 
— Taqsirimiz kelib, yangi e’tiqodlarini bizga bayon qilsinlar, ma’qul bo‘lsa biz ham 
mahdiylarga qo‘shilaylik! 
Podshoning bu gaplari tagida kinoya borligini sezgan Salim ota a’loyiga shivirladi: 
— Bormang, saroyni men bilurmen, vazirning gapidan riyoning hidi kelib turibdir! 
Shayx a’loyi Islomshoh yuborgan vazirga qarab: 
— Agar onhazrat bizning e’tiqodimizga qiziqsalar, balki o‘zlari Bianaga tashrif 
buyururlar? — deb so‘radi. 
Vazirning yuzi birdan tundlashdi, qovog‘i uyulib: 
— Taqsir, onhazrat yolg‘iz tashrif buyurmagaylar,— dedi. — Podsho bu yerga kelsalar, 
yuz ming qo‘shinlari bilan kelgaylar. Siz ularga bas kelgaymisiz?! 
Bu tahdidli so‘zlar shayxning kayfini uchirib yubordi. U qon to‘kilishini va yuz ming 
qo‘shin Bianani oyoqosti qilishini ko‘z oldiga keltirib: 
— Balodan hazar! — dedi. — Mayli, men o‘zim saroyga bora qolay. 
Oltmish besh yoshli nuroniy mo‘ysafid mahdiylar odati bo‘yicha piyoda yo‘lga tushdi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish