Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Kiyimlari oddiy bo‘zdan, oyog‘ida dehqonlar kiyadigan arzon shippak. Lekin o‘zi mag‘rur. 
Podsho va a’yonlar qarshisida g‘oz turib: 
— Assalomu alaykum! — dedi. — Olampanoh, mendan ta’zim-u tavoze kutmang. Biz, 
mahdiylar, bir osmon ostidagi barcha odamlarni, shoh-u darvishligidan qat’iy nazar, 
barobar deb bilurmiz. Biz insonni boyligi-yu martabasiga qarab emas, halol mehnati-yu 
chin odamiyligiga qarab qadrlagaymiz. Eshitishimga qaraganda, sizning mingdan ortiq 
filingiz, o‘ttiz ming otingiz, yuz ming qo‘yingiz bor ekan. Rostmi? 
— Rost bo‘lsa-chi? — istehzo bilan so‘radi Islomshoh. 
— Agar rost bo‘lsa, siz o‘zingiz kabi minglab odamlarning haqqiga jabr qilgan bo‘lursiz! 
Taxtning o‘ng tomonida o‘ltirgan shayxulislom Abdulla Ansoriy: 
— Bu ne gustohlik?! — deb A’loyiga o‘shqirdi. — Podsholar el-ulusdan soliq olishlari, 
davlat manfaatlari uchun mol yig‘ishlari shar’iydir! 
Abdulla Ansoriy ellik yoshlardagi yuzlari tarang, qorasoqol, sergo‘sht odam edi. A’loyi 
unga yuzlandi: 
— Taqsir, shu davlatning fuqarolari bo‘lgan ming-ming dehqonlar, kosiblar tabiiy ofat 
tufayli ochdan o‘lmoqda! Bunday paytda o‘ttiz ming harbiy ot yeydigan arpalarni el-
yurtga ulashilsa savob bo‘lmasmidi? Yuz ming qo‘ydan bir qismini ochlarga ehson qilish 
shar’iy emasmi? 
Islomshohning xasisligini biladigan bek-u boyonlarning ba’zisi, «podshomiz o‘lsa ham 
bunday qilmagay!» deb bir-birlari bilan ma’noli ko‘z urishtirib oldilar, Anbdulla Ansoriy 
esa: 
— Astag‘furullo! — deb shayx A’loyining so‘zini kesdi: — a’lo hazrat masjidlarga katta 
ionalar qilmoqdalar, ming-ming bigh yerlarni vaqfga bermoqdalar! Saxovat bundan ortiq 
bo‘lgaymi? 
— Ammo bu saxovat faqat siz kabi peshvolarning boyligini orttirmoqda, xolos! — deb 
A’loyi endi shayxulislomning o‘zini fosh qila boshladi: — Taqsir, muqaddas kitoblarda 
barcha xayr-u ehsonlar muhtojlarga berilsin deyilgan, vaqflardan tushadigan daromad 
ham miskin bechoralarning haqqidir. Lekin hozir barcha xayr-u ehsonlar, barcha ionalar 
masjid vaqflari orqali sizning ixtiyoringizga o‘tmoqda. Axir bu uchiga chiqqan adolatsizlik 
emasmi? 
— Bas! — deb Islomshoh A’loyining so‘zini kesdi va uni olib chiqib ketishni buyurdi. 
O‘sha kun oqshom Abdulla Ansoriy boshliq ulamolar to‘planib, kufr yo‘liga o‘tgan shayx 
A’loyini toshbo‘ron qilib o‘ldirish haqida fatvo chiqardilar. 
Ammo Islomshoh A’loyini o‘ldirtirsa, qo‘zg‘olon yanada avj olib ketishi mumkinligini, bu 
shayxning va’zlari hatto saroydagi ayrim bek-u a’yonlarga ham ta’sir qilganini bilardi. 
Shuning uchun: 
— Bu mahmadona cholni mening qalamravimdan chiqarib yuboringlar, janubdagi 
Dakanga ketsin! — deb buyruq berdi. 
Maxsus odamlar A’loyini soyabon aravaga solib, janubga olib ketayotganlarida Narbada 
degan joyda yana uning tarafdorlari topildi. Narbadalik amir Bixarxonning akasini 
Islomshoh nohaq o‘ldirtirgan. Shundan beri ular xundor dushmanga aylangan. Endi 
A’loyi Islomshohga qarshi aytgan o‘tkir va’zlar ta’sirida Bixarxon ham mingga yaqin bek-
u amiri bilan mahdiylar ta’limotiga xayrixohlik bildirdi va A’loyiga qo‘l berib, murid bo‘ldi. 
Bu xabar Islomshohga yetib borgandan keyin «Shayx A’loyini kechirdik, Dakanga surgun 
qilish haqidagi farmon bekor bo‘ldi, poytaxtga qaytsin!» deb odam yubordi. 
O‘sha yili ocharchilik tufayli o‘lat tarqagan edi. Uzoq yo‘llarda shayx A’loyiga o‘lat 
yuqqan ekan. Birdan isitmasi ko‘tarilib, bo‘ynida danakday shish paydo bo‘ldi. Agar bu 
shish badanida ko‘paysa o‘lishi muqarrar edi. Narbadalik mohir hind jarrohi A’loyining 
bo‘ynidagi shishni kesib olib tashladi. Ixlosmandlari unga eng yaxshi dor-u darmonlar 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish