www.ziyouz.com kutubxonasi
149
— Kim bor?
Humoyun ko‘z yoshini kafti bilan tez artdi-da, bo‘g‘iq tovushi bilan:
— Men... sizni shu ko‘yga solgan berahm og‘angiz, — dedi.
Komron uni «og‘a» degisi kelmadi.
— Siz men uchun endi faqat shohsiz.
— Ha, shohlik o‘zi — shafqatsizlikdir. Ahli jahon shunday berahm bo‘lsa, biz ne qilaylik?
— Men endi bu jahonni tark etmoqchimen.
— Hali ham men sizni inim deyman, Komron. Askariy haj yo‘lida vafot etgani yetar. Endi
siz Kobulda qoling. Mana shu maqbara ham siz-u biz-ning sajdagohimizdir. Hazrat
otamning ruhini shod etadigan ash’orlar yaratishga qodirsiz.
Komron bosh chayqadi:
— Men ketmog‘im kerak. Rozi bo‘ling!..
— Nachora? Men sizdan rozimen. Endi... mendan ham rozi bo‘ling, inim.
— Men rozimen. Xayr!
Oradan uch kun o‘tgach, Komron Chuchuk begim bilan uzoq Arabistonga jo‘nadi.
______________
* F i g o r — afgor, ya’ni abgor va majruh ma’nosida.
Do'stlaringiz bilan baham: |