Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
47 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kuniyati Abulhasandur. Ibrohim Adham q. s. bila suhbat. tutubdur. Ul ashobdin biri 
bila yozigʻa oʻtun uchun chiqibdur va bir-biridin yiroqroq tushubdurlar. Sohibi har 
necha intizor tortibdurlar. Ul paydo boʻl-maydur. Oqibat oni tilay asaricha boribdur. 
Koʻrubdurki, ul oʻlturubdur. Ammo bir sabu’ aning tiziga boshin qoʻyub, uyubdur va 
ul oning chibinin qoʻriydur. Sohibi debdurki, qachongʻacha oʻlturursen? Ul debdurki. 
bu uyuqlagʻon, uygʻongʻuncha! 
130.
 
A
BU 
A
BDULLOH 
A
BBODONIY Q
.
 S

Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Va mashoyix xizmatigʻa yetibdur. Va 
Shibliy bila suhbat tutubdur va oralarida soʻzlar va ramzlar oʻtubdur va andin 
foyidalar topibdur. 
131.
 
A
BU 
A
BDULLOH 
H
AZRAMIY Q
.
 T
.
 S

Murta’ish debdurki, Abu, Abdulloh Hazramiydin tasavvufni savol qildim va yigirma 
yil erdikim, soʻz demaydur erdi. Manga Qur’on bila javob berdi va bu oyatni 
oʻqudiki, [moʻminlar orasida Allohga bergan va’dalariga sodiq kishilar bordir]
(1)

 
Dedim: alarning sifati nechukdur? Dedi: [koʻzlari oʻzlariga qaytmaydi, dillari boʻm-
boʻsh boʻlib qoladi]
(2)

 
Dedim: alarning mahali qaysi ahvoldindur? 
 
Dedi: [albatta, taqvodorlar jannatlarda, Qodir podshoh huzuridagi rozi boʻlingan 
oʻrinda boʻlurlar!
(3)

 
Dedim: orttur. Dedi: [oʻzing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, koʻz, dil 
– bularning barchasiga inson mas’uldir]
(4)

132.
 
A
BU 
A
BDULLOH 
S
OLIMIY Q
.
 S

Oti Ahmad b. Olim Basriydur. Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Uttiz yil 
yo oltmish yil oning bila boʻlur ekondur va tariqat andin kasb qilibdur. Andin 
soʻrdilarki, Avliyoullohni xalq orasida ne osoru alomot bila tanigʻaylar? Dedikim, 
takallumning latofati bila va xulqning xubligʻi bila va yuzning tozaligʻi bila, nafsning 
saxosi bila va e’tirozning qillati va uzrning qabuli bilaki, harkim, uzr etsa qabul 
qilgʻay va shafqat tamomligʻi bila barcha elga xoh solih va xoh tolih. Va hamul 
debdurkim, diydor doʻstluq kalidining minnatidur. 
133.
 
A
BU 
A
BDULLOH 
J
AVPORAI 
S
UFIY Q
.
 S

Mashoyix kiboridindur. Javpora degan bir yerdir, Rumning sagʻrida. Ul debdurki, 
Shayx Abubakr Zaqqoq Misriydin soʻrdumki, suhbat kym bila tutay?.Dedi: Ul kishi 
bilakim, har ne Haq subhonahu taolo sendin bilsa, inkor izhor qilsang sendin rasida 
va mutanaffir boʻlmagʻoy. Bir qatla Amir Kofur degan bir mablagʻ vajh shayx 
Abdulloh Javporagʻa yibordi. Ul olmadi va qaytardikim, Kofur cherikchi erdi. Ya’ni 
molida shubha bor erdi. Kofur ayttikim, [Yerdagi, osmondagi, bularning orasidagi va 
yer ostidagi (narsalar) xudonikiyu Kofurniki qayerda boʻlsin?]
(1)
. Shayx ul-islom 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish