Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
49
library.ziyonet.uz/
Samarqandning Sugʻdidandur. Bu toifadin Abubakr Varroq shogirdi. Ul debdurki,
Abubakr Varroq karim kishi erdi. Tengrigʻa muzd uchun qulluq qilmish erdi ta’zim
bila qilur erdi.
139.
S
OLIH B
.
M
AKTUM Q
.
S
.
Ul dagʻi Abubakr Varroqning muridlaridindur. Balxdin erdi. Va Abubakr Varroq
soʻzlaridin koʻp yodida erdi va doyim andin aytur erdi.
140.
A
BU
Z
ARR
T
IRMIZIY R
.
T
.
Xuroson mashoyixidindur. Bu toyifadin ba’zi debdurlarkim, biz jam’i edukki, bir-
birimiz bila suhbat tutar erdik. Har qaysimizga bir nima keraklik boʻlsa erdi, Abu
Zarr qoʻpub, namozgʻa turar erdi. Tengri ul nimani ham ul zamon yetkurur erdi.
141.
H
OSHIM
S
UG
ʻ
DIY Q
.
T
.
S
.
Ul dagʻi Samarqand Soʻgʻdidindur. Abubakr Varroq shogirdi. Ul piridin naql
qilurkim, ul dedikim, koʻp soʻz aytmak koʻngulni qattigʻ qilur. Shayx ul-islom
dedikim, Abubakr Varroq dedikim, Muhammad Muslim Hasirbof mehmonligʻda erdi,
Yusuf Xayyot Tirmiziy bila mezbon bir ishqa mashgʻul erdi. Muhammad Muslim
dedi, bot boʻlki, bir ishim bor! Va ul zohidu obid erdi, koʻngli dardigʻa mutaalliq erdi.
Yusuf Xayyot dediki, sanga mundin oʻzga ish borki, Tengri taolo olingga kelturur va
ul niyat bila uyingdin chiqibsenkim, yana ul uyga borgʻaysen. Uttuz yildurki, hargiz
ul niyat bila uydin chiqmaymenkim, yana uyga borgʻaymen. Abubakr Varroq
debdurki, Yusuf Xayyotning ul ikki soʻzi Muhammad Muslimning yuz yillik
ibodatidin yaxshiroq. Va ham Abubakr Varroq debdurki, [koʻpincha ikki rakaat
namoz oʻqib ketsam, oʻzimni oʻgʻrilik qilgan odamdek uyatli sezardim]
(1)
.
142.
M
UHAMMAD B
.
H
ASAN
J
AVHARIY Q
.
S
.
Kuniyati Abubakrdur. Bagʻdod ahlidindur. Zunnun Misriyning shogirdi. Shayx
Abubakr Vositiy debdur, Muhammad Hasan Javhariy dedikim, birav Zunnundin duo
talabi qildi. Zunnun javob berdikim, ey javonmard, agar sanga bir ish Haq taoloning
azal taqdirida muqarrar boʻlubdur, baso, qilmagʻon duolarki mustajobdur va agar ul
boʻlmaydur, suvga tushganga qichqirgʻondin ne sud? Ondin oʻzgakim gʻarqa boʻlgʻay
va boʻgʻzigʻa suv koʻprak borgʻoy.
143.
A
BUBAKR
K
ISOYI Q
.
T
.
S
.
Iroqning Qoʻhistonidindur. Dinavarda boʻlur ermish. Junayd q. s.ning kibor ashobidin
va anga mashhur riyozot va ma’ruf safarlar bor. Junayd debdurki, Abubakr Kisoyi
Iroqda boʻlmasa erdi, men Iroqda boʻlmas erdim. Junayddin burunroq dunyodin
oʻtibdur. Junayddin ming mas’ala bu toifa tariqida savol qilib erdi va Junayd
barchasigʻa javob bitib erdi. Oning vafoti xabari Junaydqa yetganda dedikim, kosh ul
masoyil javobikim, men onga bitib erdim, yusa erdi va hol ulkim, ul dunyodin oʻtar
chogʻda ul qogʻazlarni yub erdi. Dedilarkim, chun ul bu ishni qilib oʻtdi. Junayd
shodmon boʻldi. Shayx ul-islom debdurki, Junayd ondin qoʻrqmas erdikim, ul
masoyil avom ilkiga yo podshohi zamon ilkiga tushgay. Ondin Qoʻrqar erdikim,
soʻfilar ilkiga tushgay va ondin doʻkone yasagʻaylar, soʻz aytmoqda va qabul
Do'stlaringiz bilan baham: |