Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
55
library.ziyonet.uz/
Abu Muhammad yigʻladi va dedikim, ey qarindosh, barcha bu dardgʻa giriftordurlar
va bu dogʻqa mubtalo. Ammo sanga bir necha bayt oʻqiy.
She’r:
[Maqom, zavq, vajd, bast va lazzat diyorida toʻxtaginki, mahbublarning
asmo va sifatlaridan nishonadir.
U muhiblar va oshiqlarda hasrat va shavq uygʻotib, yigʻlatadi. Unda koʻp
toʻxtadim.
Hozir ham sodiq yo mushfiq, kim boʻlishidan qat’iy nazar u manzildan xabar
berishlari va hikoya qilishlarini soʻrayman.
Meni u makrmning muhibi deb biluvchi xabar berdi: sen sevgan u narsalardan
ayrilding. Endi senga ulugʻ mulo-qot – visol bor]
(2)
.
165.
O
LIM B
.
S
A
’
D R
.
R
.
Bagʻdoddin erdi. Va Abu Muhammad Juririy bila suhbat tutub erdi va vara’vu
mujohadada komil erdi. Aning vafotidii soʻngra ani tush koʻrub soʻrdilarki, Tengri
sanga ne qildi? Dedi: manga rahmat qildi va behishtqa kivurdi. Soʻrdilarki, ul
muomalatlar uchun? Dedikim, agar ul muomalatlargʻa boqsam erdi, ham anda qolib
erdim.
166.
Gʻ
AYLON
S
AMARQANDIY Q
.
T
.
S
,
Mashoyixiing kiboridindur. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur. Va maorifda sohibi
taqallum erdi. Ul debdurki, orif Tengridan Tengrigʻa boqar va olim dalildin. Va
sohibi vajd dalildin mustagʻniydurur.
167.
Gʻ
AYLON
M
UVASVIS R
.
T
.
R
.
Ani Gʻayloni Majnun ham derlar erdi. Iroq mashoyixiing mutaqaddimlaridindur.
Xarobalarda boʻlur erdi va elga omizishi yoʻq erdi. Va eldin nima qabul qilmas erdi.
Va el koʻrmas erdiki, ul ne yer. Muhammad b. Samin dediki, Gʻaylonni Kufaning
harobalarida koʻrdum. Soʻrdumki, banda gʻaflat xataridin qachon qutulur? Dedikim,
ul vaqtiki, anga har ne buyurubdurlar, anga mashgʻul boʻlsa va andinki nahy
qilibdurlar, gʻofil va oʻz nafsi hisobida oqil.
168.
A
BULABBOS
I
BN
A
TO Q
.
T
.
R
.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Sahl b. Ato Odamiy.
Bagʻdodlikdur. Mashoyixiing ulamosidin va soʻfiya zurafosidindur. Fasih til. bila
yaxshi soʻzlari bor va Qur’ongʻa ahli ishorat tili bilan tafsir bitibdur. Ibrohim
Moristoniyning sho-girdidur va Junaydning yoronlaridindur. Va Shayx Abu Said
Xarroz ani ulugʻ tutar erdi. Va Shayx soʻzidurki, (tasavvuf xulqdir, inobat emas.
Tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan boshqasini koʻrmadim]
(1)
. Va Ibn Ato
Husayn Mansur Halloj jihatidin maqtul boʻldi, Zulqa’da oyi uch yuz toʻqsonda. [Ibn
Atodan soʻradilar, toatlarning afzali qaysidir? Aytdi: Har doim Haq Taoloni
mulohaza qilmoq]
(2)
. Va ul debdurki, bu oyat tafsiridakim, [u meni oʻldirur, soʻngra
Do'stlaringiz bilan baham: |