Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
56
library.ziyonet.uz/
tirilturur, ya’ni mendan oʻldiradi, oʻzi bilan tiriltiradi]
(3)
. Va ham ul debdurkim, bu
oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, soʻngra «ustuvor boʻlgak
zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolgʻiz Allohga bogʻlash,
deb izohlaydi]
(4)
.
Va u ham ul debdurkim, [adab –doʻst tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan
toʻxtashdir. Buning ma’nosn nima?–deb soʻraganlarida, aytdi: Allohga pinhon va
oshkor adab bilan muomala qilsang, ajamiy boʻlsang ham adabli hisoblanasan.
She’r:
Soʻzlasa, soʻzining bari ma’noli
Va gar sukut qilsa, bari malohat]
(5)
.
Shayx ul-islom debdurki, adab uldurki, Haq s. t.gʻa ibodat qilurda suv va tufroq va
nafs ruunatidin qoʻpqaysen va demagaysenkim, men va kirdorim, degaysenki, ul va
tavfiqu iyoyati.
169.
A
BU
S
OLIH
M
UZAYYIN Q
.
T
.
S
Oʻz roʻzgornning akobiridin erdi. Ibn Ato bilasu suhbat tutub erdi. Sohibi xilvat erdi,
Sahl b. Abdulloh Tustariy debdurki, manga orzu erdikim, Abu Solih bila suhbat
tutqaymen. Bir qatla Haramda ani koʻrdum va ul orzuni zohir qildim. Dedikim, zy
Sahl, tongla Abu Solih oʻlsa, kim bila suhbat tutqungdur? Dedim: bilmon. Dedi: holo
hamul sogʻinki, ul oʻlubdur va koʻzumdin nopaydo boʻldi.
170.
A
BULABBOS
A
RZIZIY Q
.
S
.
Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, Abulhasan Abbodoniy dedikim, men va bir
darvesh Basragʻa kirduk. Olti kun taom topmaduk yeguli. Yettinchi kun birav kelib,
har birimizga bir diram berdi. Biriga taom yeb, birini mallohga berdukkim, bizni
kemaga kivurdi. Kemada koʻrar erdukkim, darveshe boshin xir qasigʻa chirmabdur va
hech kim bila soʻzlashmas. Anga dedukki, biz sening yoronlaringbiz, bizing bila
soʻzlash va har nima keraklik boʻlsa, bizga buyur: Dedikim, tongla namozi peshin
men bu dunyodin borurmen Siz mallohqa iltimos qilingki, kemani qiroqqa tortsun.
Sohilda beshaye boʻlgʻusidur. Bir ulugʻroq yigʻoch tubida mening takfinu tajhizim
tayyor boʻlgʻusidur, meny anda dafi qiling va bu muraqqa’imni zoye’ kilmang:
Hillaga yetkanda bir latif va zarif yigit
(6)
u muraqqa’ni sizdin tilagusidur, anga bering:
Yana bir koʻp namozi peshinni guzarladi va boshini muraqqa’gʻa tortti. Chun tahqiq
qilduq, oʻtub erdi. Malloh kemani sohilgʻa tortqach, ul aytqondek, besha orasida
ulugʻroq yigʻoch tubida qazilgʻon goʻr va barcha asbob tayyor erdi. Ani dafi qilib,
muraqqa’ni olib, Hillagʻa mutavajjih boʻlduk. Ham ul aytqondek, zebo yigit oʻtru
kelib, ul amonatni tiladi. Anga topshurib dedukki, albatta bizga aytki, ul kim edi va
sen kimsen? Dedi: ul bir darvesh edi. Oʻtar chogʻda bu vadiatni topshirgʻali kishi
tiladi, mani anga koʻrguzdilar. Bular tahqiq qilgʻandin soʻngra andak ma’lum
qildilarkim, ul yigit Hillaning raisining oʻgʻli ekandur. Otasigʻa ul hol ma’lum
boʻlgʻach, shukrlar qilib, ayttikim, bihamdillahki, mening sulbumdin andoq kishi
vujudgʻa keldi. Shayx ul-islom debdurki, xaloyiq orasida tirik oʻlukdin meros olur,
gʻayri bu toifakim, oʻluk tirikdin meros olur. Va ham dedikim, hech kishi valoyat
Do'stlaringiz bilan baham: |