Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
58
library.ziyonet.uz/
koʻp meros qolibdur. Barisin berib Hazrat Risolat s. a. v. ning muborak gisusidin ikki
torni sotqun olibdur. Va Haq s. t. anyng barakotidin anga tavba tavfiqi berdi. Va
Abubakr Vositiy suhbatigʻa yetti. Va ul daraja hosil qildikim, ani bir sinf tasavvuf
ahlining imomi derlarki, alar Sayyoriyagʻa mashhurdurlar. Va olamdin oʻtarda
vasiyat qildikim, ul ikki torni aning ogʻziga qoʻydilar. Va qabri Marvdadyr. Uch yuz
qirq ikkida oʻtubdur. Ul debdurki, [tavhid – qalbingda Allohdan oʻzganing yodi
boʻlmasligidir]
(1)
. Va ham debdurki, Abubakr Vositingʻa oʻtar chogʻda dedilarki,
vasiyat qil! Ul dediki, [Alloh sizlardan talab qilganini yodda tuting]
(2)
.
176.
A
BDULVOHID B
.
A
LI
S
AYYORIY Q
.
S
.
Abulabbos Sayyoriyning xoharzodasidur va shogirdi. Ham ul Marvda saroyin bu
toifagʻa vaqf qildi. Va sabab ul ermishki, anda bu jamoat samo’ qilurda biri
havolanib, andoq murtafi’ boʻlubdurkim, koʻzlardin gʻoyib boʻlubdur, andoqki, yana
paydo boʻlmaydur. Ul deb-durki, tagʻonimdin eshittimki, dedi: agar ravo boʻlsa
erdikim, namozda Qur’on oʻrnida bayt oʻquoalar erdi, bu bayt boʻlgʻusi erdikim,
Bayt:
[Men bu mahol dunyodan bir hur kishining diydorini koʻrmoq istayman]
(1)
.
177.
A
BULABBOS
S
UHRAVARDIY Q
.
S
.
Oti Ahmaddur. Makkada boʻlur erdi, vaqt mashoyixi bila, Sirvoniydek va gʻayruhu
bila. Ul debdurki, azxo iydida Minoda erdim. Jamoate oʻlturub erdilar va Shayx
Shirvoniy orada erdi. Qavvol chun bir bayt oʻqudi, shayx yigʻlab qoʻpti va ketti.
Qavm dedilarki, ne voqe’ boʻldi. Magar ul samo’gʻa munkirdur? Shayx Abulhasan
Sarakiy hozir erdi. Dediki, Tengriga ahd qildimki, agar ul samo’gʻa munkir boʻlsa,
men yana samo’ majlisida oʻlturmagʻayman. Shayx Abulabbos Suhravardin dedikim,
men ham senga muttafiqmen. Tonglasi bu ikki shayx jamoat mashoyixi bila shayx
Sirvonin salomigʻa bordilar va tiladilarki, mazkur boʻlgan ishtnn tafahhus qilgʻaylar:
Shayx Sirvoniy dedikim, men roʻzgoriki qum ustiga yotur erdim. Qoʻlumiy boshimga
yostar erdim va tosh ozurda qilgʻon nishonlar yonimda zohir erdi. Samo’ majlisida
oʻlturur erdim. Holo, yumshoq farsh ustida oʻlturubmen va siz aytqon dastur bila
kuygan va oʻrtangan, manga samo’ majlisida sizing bila oʻlturmoq halol ermas.
178.
A
BULABBOS
N
IHOVANDIY Q
.
T
.
S
.
Shayx ul-islom ani oltinchi tabaqadin bitibdur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Fazldur.
Ja’far Xuldiyning shogirdidur. Shayx Abulabbos Shayx Amugʻa Amu ot
qoʻngʻandur. Va Shayx Amuni solor debdurlar. Shayx ul-islom debdurki, Abbos
Faqir Hiraviy manga dedikim har kishi bu ilmdin soʻz desakim, aning hujjati Haq s. t.
boʻlmasa, Haq taolo aning xasmidur. Shayx ul-islom debdurki, Nihovandiy dedikim,
alarki hilshat ahlidurlar, agar soʻl iliglari alarni andin mashgʻul qilsa, oʻng iliglari bila
ul soʻl iligin kesarlar. Nihovandiy debdurki, avvalki, manga bu ish dardi paydo boʻldi,
oʻn ikki yil boshimni yoqamqa soʻqtumki, koʻnglumning bir goʻshasin manga
koʻrguzdilar. Va ham Nihovandin debdurki, Tengri taolo bila koʻp oʻlturung va xalq
bila oz. Bir tarso eshittikim musulmonlar orasida farosat ahli boʻlur. Bu toifa libosi
bila Shayx Abulabbos Qassob q. s. xonaqohnga bordi. Shayx ani koʻrgach dedikim,
begonalargʻa oshnolar orasida ne ish? Ul tarso xijolat bila chiqib, Shayx Abulabbos
Do'stlaringiz bilan baham: |