Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
57
library.ziyonet.uz/
pirlaridin biri bila suhbat tutmagaykim, ul oʻtgandin, soʻngra aning holotu valoyatidin
munga meros tegmagay.
171.
A
BULABBOS
D
INAVARIY Q
.
S
.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammaddur. Yusuf b. Husayn va Abdulloh
Xarroz va Juririy va Ibn Ato bila suhbat tutubdur va Ruvaym Bagʻdodiyni koʻrubdur.
Nishoburgʻa keldi va muddate anda boʻlub, elga mav’izat qildi, ma’rifat tili bila
xoʻbroq bayon bila. Va Nishoburdin Tirmizgʻa bordi. Va Xoja Muhammad Hamid–
Abubakr Varroqning shogirdi anga oʻtru kelib, rikobin oʻpti. Muridlarigʻa noxush
kelib, andin jihatni soʻrdnlar. Ul dedi: eshitibmenkim, mening Xudovandimni yaxshi
sitoyish qilur. Va Samarqandgʻa borib, uch yuz qirqda olamdin oʻtti. Andin
soʻrdilarki, Tengrini ne bila taniding? Dediki, muning bilaki, tanimadim, ya’ni ajzga
e’tirof bila. Ul debdurki, [zikrning eng ozi Haqdan oʻzgasini unitish. Zikrning
nihoyasi –vokirning zikr ichida zikrdan gʻoyib boʻlishidir. Ma’shuqiga gʻarq boʻlish
zokiryai zikr maqomigʻa qaytishdan qantarsa, «fano filfano holidir]
(1)
.
172.
A
BULABBOS
A
HMAD B
.
Y
AHYO
S
HEROZIY
.
Q
.
S
.
Shayx Abu Abdulloh Hotifning ustodidur. Shayx debdurki, aningdek muhaqqiqe
vajdda koʻrmadim. Junayd va Ruvaym va Sahl Abdullohni koʻrub erdi. Shayx Abu
Abdulloh dedikim, bir kecha Shayx Ahmad Yahyo bila erduk va majlisda bir kichik
yoshligʻ bor erdiki, uyqu vaqti uyiga bormoq kerak erdi. Va qish erdi va azim oʻt
yoqib erdilar. Va Shayx Ahmad Yahyoning vaqti samo’da xush boʻlub erdi. Ba’zi
ashob dedilar, kim boʻlgʻanki bu yigitkinani uyiga yetkurgay? Hech kim javob
bermadi. Shayx Ahmad ul oʻtdin ikki ulugʻ choʻgʻni oʻz ovuchiga qoʻydi va yengini
anga yopib, ul shaxsqa aytti, qoʻp! Va ilayiga ul yorugʻlugʻni tutub, ani uyiga
yetkurdi. Va biz ul chugʻning yorugʻlugʻin aning toʻni ustidin koʻradur erduk. Chun
ul kishi uyiga kirdi, Shayx ul choʻgʻlarni iligidin tashladi, koʻmur boʻlub erdilar.
Andin soʻng masjidqa kirdi va namoz qilur erdi, to sahar namozi ayttilar.
173.
A
BULABBOS
B
OVARDIY Q
.
R
.
Ul buzurg erdi va Shiblnyni koʻrub erdi. Va Nishoburda erdi va Shayx Abu Bakr
Timistoniy dagʻi Nishoburda erdi. Debdurlarki, Shibliy sohibi hol ermish, tavhid
jonibidin hol jonibi qaviyroq ermish, Shayx ul-islom debdurki, ushmundoq
erkandurki, alar debdurlar.
174.
A
BULABBOS
B
ARDU
’
IY Q
.
T
.
R
.
Oti Ahmad b. Muhammad b. Xorun Berdu’iy Sufiydur. Shayx Abu Bakr Tohir
Abhariydin va Shayx Murta’ishdin soʻzlari bor. Oʻl debdurki, Murta’ish dedikim, har
kimki diydori sanga manfaat yetkurmagan, ul sanga naf’ yetkurmagay. Va ham ul
debdurki, Abu Bakr Tohir Abharin dedikim, [sukut saqlagan za sukutining «qubatidin
hoʻrqqan kishigina gapirishi mumkin]
(1)
.
175.
A
BULABBOS
S
AYYORIY Q
.
S
.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Qosim Ibn Qosim Mahdiydur. Marv ahlidindur. Shayx
Abubakr Vositiyning shogirdidur. Olim va faqih va muhaddis ermish. Anga otadin
Do'stlaringiz bilan baham: |