Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
60
library.ziyonet.uz/
Ulkim, Sherozgʻa keldi va alarning marta bayu maqomin bayon qildi va alar tili bila
soʻz aytti va alarning fazligʻa guvohligʻ berdi va borlar ulamo majlisida dedikim,
«valloh, biz odame boʻlmaduq va adab oʻrganmaduk, to alar suhbatigʻa yetmaduk».
Andin soʻng ulamo alarni tanidilar va ulugʻ tuttilar.
182.
A
BULABBOS
H
AMZA B
.
M
UHAMMAD Q
.
S
.
Hirot mashoyixining mutaqaddimlaridindur. Vara’da komil va mustajobud da’va erdi
va azim saxovati bor erdi. Imom Ahmad HanbAliing rafiqi erdi. Oning mazhabin
Hirotgʻa ul kelturdi va Ibrohim Sitanbah bila suhbat tutub erdi. Ul debdurki, har
kishinikim, mashoyix va avliyo suhbati pokiza qilmagʻay, hech pand. bila pokiza
boʻlmagʻan. Ikki yuz qirq birda dunyodin oʻtdi.
183.
H
USAYN B
.
M
ANSUR
H
ALLOJ Q
.
S
.
Uchunchi tabaqadindur. Kuniyati Abulgʻatys. Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj
emas erdi. Bir halloj doʻkonida erdikim, oning doʻsti erdi. Oni bir ishga yibordi.
Koʻngliga oʻttiki, onyng roʻzgorin zoyo’ qildim. Barmogʻi bila ishorat qildi. Momugʻ
chigitdin ayrildi. Onga bu jihatdin Halloj ot qoʻydilar. Vosit va Iroqda boʻlur erdi va
Junayd va Nuriy bila suhbat tutubdur. Abu Amr Usmon Makkiyning shogirdydur.
Mashoyix oning ishida muxtalifdurlar. Koʻpragi oni rad qilibdurlar necha tandin
boshqa. Shayx Abulabbos Ato va Shayx Shibliy va Shayx Abu Abdulloh Xafif va
Shayx Abulqosim Nasrobodiy bila Shayx Abulabbos Surayjkim, aning qatligʻa rizo
bermadilar va fatvo bitmadilarkim va dedilarkim, biz bilmasmizkim, ul ne deydurur
va «Kashf ul-mahjub» kitobida barcha mutaaxxir mashoyix oni qabul qilibdurlar va
ba’zi mutaqaddim mashoyixiing hajri dogʻi dinida ta’n uchun emaskim, muomalot
mahjuri asl mahjuri emas. Mutaaxxirlardin Sultoni tariqat Shayx Abusayid Abulxamr
q. s. debdurki, ul ulugʻ holdadur va oning zamonida mashriqdin magʻribgʻacha
oningdek yoʻq erdi. Shayx ul-islom q. t. debdurki, men oni begonmasmen. Mashoyix
muvofaqatigʻa va shar’u ilm rioyatigʻa va rad qilmasmen. Siz dogʻi mundoq qiling va
oni mavquf qoʻyung va ul kishinikim, oni qabul qilgʻan, koʻprak sevarman ondinki,
ani rad qilgʻay. Shayx Abu Abdulloh Xafif ani «imomi rabboniy» debdur, Shayx ul-
islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafogʻa haml qildi va shar’
rioyati qilmady. Ulcha anga voqe boʻldi, sabab bu erdi. Oncha da’vo bila bir kecha-
kunduzda ming rak’at namoz qilur erdi. Ul. kechakim, kunduzi maqtul boʻldi, besh
yuz rak’at namoz qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, oni ilxom mas’alasida
oʻlturdilar va anga javr edi. Va dedilarki, ulcha ul deydur, pangʻambarliqdur va andoq
emas erdi. Shayx Shibliy debdurlar; ulcha ul dedi, men ham deyirman. Ammo meni
telbalik qutqardi va oni aql giriftor qildi. Ul bir kun Junaydning eshigin qoqti. Junayd
soʻrdiki, kimsan? Dediki, Xaq! Junayd dedi Haq emassen, ammo haq bilasen! qaysi
dor yogʻochini saning bila bogʻlagʻoylar.
Ustod Abu Amr b. Usmon Makkiy juzve tasiif qylib erdi tavhidda, bu toifaning
ilmida. Va soʻz daqiq erdi va yoshurur erdi. Ul yoshurun olib, oni oshkoro qildi va
soʻzning diqqati jihatidin el fahm qilmay anga munkir boʻldilar va mahjur qildilar. Ul
Hallojni qargʻadikim, «ilohi birovni onga guzorlakim, ilik oyogʻin kesgay va koʻzin
oʻygʻay va dorgʻa tortqan». Va barcha anga voqe’ boʻldi, ustodi duosi bila.
184.
A
BDULMALIK
I
SKOF Q
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |