Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
59
library.ziyonet.uz/
Nihovandi?! xonaqahigʻa bordi. Nihovandiy ani ta’zim qildi va uch on Shayxning
xonaqohida darveshlar bila namoz qilib, suhbat tutar erdi. Uch oydin soʻngra borurgʻa
azimat qildi. Shayx dedikim, uch oylik tuz, oʻtmak, suhbat haqqidin soʻngra begona
kelmak va begona ketmak nechuk boʻlgʻay? Tarso ojiz boʻlub, musulmon boʻldi va
Shayx qadajidin ketmadi. Va andoq muomala qildikim, Shayxdin soʻngra xonaqah
ahli muridlar ani Shayx oʻrnigʻa oʻlturttilar.
179.
A
XIY
F
ARAJ
Z
ANJONIY Q
.
T
.
S
.
Shayx Abulabbos Nihovandiyning murididur. Chahorshanba kuni rajab oyining
boshida toʻrt yuz ellik yettida dunyodin oʻtubdur. Qabri Zanjondadur. Derlarki,
shayxning bir mushuki bor ermish. Xonaqohgʻa mehmoneki kelur ermish, har kishi
adadi bila bir un qilur ermish. (Xodim ul un adadi bila muvofiq ayoq bila suv
qazongʻa solur ermish, takalluf qilmas ermish.
Bir kun mehmonlardin bir kishi ortuq kelibdur va bir ayoq osh oʻksuk. Darveshlar
taajjubda ermishlarkim, ul mushuk kelib, ul musofirlarni birin-birin islab, birining
ustiga bavl qilibdur. Tahqiq qilibdurlar. Ul kishi dindin begona ermish.
Bir kun xonaqah qozonida sut solib qoʻygʻan ermishlarkim, shirbirinch pishurgaylar.
Moʻridin bir qora yilon sutga tushib oʻlubdur va ul mushuk koʻrubdur va kishi
koʻrmavdur. Xodimki shirbirinch pishurgali mashgʻul boʻlubdur, ul mushuk qazon
tegrasida qichqirib, iztirob qilur ermish. Tabbox har necha olib tashlar ermish, ul
koʻprak iztirob qilur ermish. Tabbox chun mutanabbih boʻlmandur. Uzin qazongʻa
tashlabdur va oʻlturubdur. Xodim sutni toʻkarda koʻrubdurki, yilon tushgan ekandur
va oning iztirobigʻa sabab ul erkondur, Shayx debdurki, chun ul oʻzin darveshlarga
fido qildi darveshlar oning uchun qabr yasab, xonaqah ichida dafi qilibdurlar.
Derlarki, holo ham ul qabr zohirdur Xaloyih ziyorat qilurlar.
180.
A
BULABBOS
N
ISOYI Q
.
T
.
R
.
Oti Ahmad b. Muhammad Zikriyodur. Asli Nisodindur. Ammo Misrda sokin erdi.
Shayx Abbos Faqir Hiraviy ani Misrda va Shayx Amuni Makkada koʻrib erdi. Abbos
debdurki, doim aning eshigida otlar va taraddud qilur elning ulogʻlari boʻlur erdi. Bir
kun mani tashqari yubordiki, ulogʻlarni asragʻaymen. Oʻz-oʻzumga dedimkim, yaxshi
ish paydo qildim. Xurosondin Misrgʻa keldimkim, elning ulogʻlarin asragʻaymen.
Mening xud anda farogʻatim bor erdi. Hamul soat birov chiqib dediki, shayx seni
tilaydur. Kirgoch dedikim, Hiraviy hanuz goʻrga kirmaydursen, bot boʻlgʻayki, toʻrda
oʻlturgʻaysen v eshigingda ulogʻlar boʻlgʻay va alarni asramoqqa senga kishi kerak
boʻlgʻay. Shayx ul-islom dediki, ish andoq erdiki, ul shayx deb erdi. Doim oning
eshigida arz qilur elning ulogʻlari boʻlur erdi.
181.
A
BULABBOS
S
URAYJ Q
.
T
.
S
.
Oti Ahmad b. Imron b. Surayjdur. Uch yuz beshda; dunyodin oʻtti. Ani kichik
Shofe’iy derlar erdi, goyat ulugʻligʻidin. Bagʻdodda boʻloʻr erdi va Junayd bila suhbat
tutub erdi furu’ va usulda. Vaqteki soʻz aytsa-erdi, majlis ahligʻa aning kalomidin
taassub boʻlur erdi. Ul bu holni der erdikim, Abulqosim Junayd h. s. suhbati
barakotidindur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, andin burunki, Shayx
Abulabbos Suranj Sherozgʻa kelgay, ilm ashobi Sufiyani juhhol xayol qilurlar erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |