Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
67
library.ziyonet.uz/
Mustafo s. a. v. dediki, har kim bularni sevar, bulardindur. Bas ul malak kelib,
mening ham ilgimga suv quydi va ilgimni yuvdum. Filhaqiqa mosivallohdin ul Hazrat
s. a. v. mening sari boqib tabassum qilib dedikim, chun. bizni sevarsen, bizing
bilasen!
206.
A
BU
J
A
’
FAR
A
HMAD B
.
H
AMDON B
.
A
LI B
,
S
INON R
.
T
.
Uchunchi tabaqadindur, Nushoburdindur. Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdir va
Abu Hafs Haddodni koʻrubdur va uch yuz oʻn birda dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki,
(itoatkorlarning toatlaridan kibrlanib, osiylarga takabburlik qilishlari osiylarning
gunohlaridan yomonroq va zararliroq]
(1)
.
Va ham ul debdurki, [kishining chiroyi – soʻzining goʻzalligida, kamoli esa fe’lining
toʻgʻriligida]
(2)
.
Va ham ul debdurki, [Haqqa bogʻlangan kishining haqiqiy alomati – Allohdan
qaytadigan narsalarga chalgʻimasligidir]
(3)
.
207.
A
BU
J
A
’
FAR
F
ARG
ʻ
ONIY R
.
T
.
Oti Muhammad Abdullohdur. Ul debdurki. [Tilning takallumi da’vo qiladi, qalbning
tavakkuli ma’no beradi]
(1)
. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Boqu dedikim,
Abu Ja’far Fargʻonin Abu Usmon Hiriy-ning xodimidur.
Bir kun Nishoburda oning rikobida borur erdi.. Yegʻnn yogʻib erdi va yer balchuq
erdi. Abu Ja’farnish; koʻadlida shayxidin kechxiki, ul otligʻ ne bilgayki, maning
holim.bu bolchuqda nechukdur? Lahza oʻtmadiki, shayx otdin tushti, dogʻi Abu
Ja’fargʻa ayttiki, kel, bu otni min! Abu Ja’far istigʻfor qildikim, nechuk andogʻ
boʻlgʻay?
Shayx xohiy naxohiy hukm qildi. Dogʻi oni otqa mindurdi. Va gʻoshiyani egniga
solib, oning jilovida bordi. Abu Ja’far xyjil boʻlub, otdin tushdi. Shayx dedi, ey
Fargʻoniy, sen otligʻ, men olingda yayogʻ yururda holing ne erdi? Dedi: Ey shayx,
soʻrmagʻil. Shayx dedi: men ham otligʻ sen olimda yayogʻ yururda menga ul hol erdi.
Bu ish bila oni adab qildi.
208.
A
BU
J
A
’
FAR
S
OMONIY R
.
T
.
Ul debdurki, sayohatda Lubnon togʻiga tushtum. Anda jamoaty abdol yoʻluqdilar.
Alar xizmatida bir yigit erdi. Har oqshom bir miqdor giyohni pishurub, alar xizmatida
keltirur erdi. Uch kun anda edim, alarga hol bu erdi. Toʻrtinchi kun dedilarkim, bizing
maoshimizni koʻrdung, sen bizing bila oʻtkara olmassen, borgʻil! Manga xayr duosi
qildilar va alardin ayrildim. Necha vaqtdin soʻngra Bagʻdodqa tushtum, ul nigitni
bozorda koʻrdumki, dallollik qilur erdi. Taassub qildimkn, ul boʻlgʻaymu? Tahqiq
qildim, ul erdi. Ul ish kayfiyatin soʻrdum. Dedikim, bir kun biryon baligʻ pushurub,
qismat chogʻida yaxshiroq qismni oʻz qoshimda qoʻndum. Bu yerga tushtum va bu
holgakim koʻrarsen, qoldim.
209.
A
BU
J
A
’
FAR
H
ADDOD R
.
T
.
Do'stlaringiz bilan baham: |