Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
66
library.ziyonet.uz/
202.
I
BROHIM B
.
D
OVUD
Q
ASSOR
R
IQQIY R
.
T
.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati, Abu Ishoq. Shom mashoyixining ajillasidindur.
Junayd va Abu Abdulloh Jalloning aqronidindur. Umri uzoqqa tortti, uchunchi
tabaqagʻa yetti. Va Shayx Sulamiy ani oʻz bitigan tabaqotda uchunchi tabaqada
bitibdur. Uch yuz yigirma yettida dunyodin bordi. Zunnun suhbatiga yetib erdi. Shayx
ul-islom debdurki, ul oʻttuz yil bir safar qildi, to inkor ahlining koʻnglin bu toifa bila
tuzatgay. Ul beandomligʻlaru bebokligʻlarkym alardin zohir boʻlur erdi, barchasin
salohga kelturdi. Koʻr, ne javonmardligʻ boʻlgʻaykim, umrini sufiy hurmatini
tilamakka iysor qilgʻay. [Islom va tariqatdagi xizmatlari uchun Alloh unga eng yaxshi
ajru mukofotlar bersin!]
(1)
.
Ibrohim Qassor debdurki, [har bir insonning qiymati himmatiga koʻradir. Agar
himmaty dunyo boʻlsa, uning qiymati yoʻq. Agar himmati Allohning roziligi boʻlsa,
uning qiymati nihoyasini tasavvur qilish va undan voqif boʻlish mumkin emas]
(2)
.
Ibrohim Qassor debdurki, sanga dunyodin ikki nima basdur: bir faqirning suhbati va
avliyoullohdin bir valining xizmati. Va ham debdurki, [kimki, Allohdan boshqa narsa
bilan aziz boʻlsa, albatta u azizligida xordir]
(3)
.
203.
A
BU
J
A
’
FAR
H
AFFOR R
.
Junaydning ashobidindur. [Junayd bila qariyb tengdosh. Odamlar uni Junaydning
qarindoshlaridan, oʻzi esa doʻstlaridan hisoblaydi] Shayx ul-islom dedikim, Junayd
debdurki, yigitligimda Bagʻdodda kezar erdim. Bir buzuqqa kirdim, koʻrdumki,
Shayx Ja’far Haffor Bagʻdodiy oʻlturubdur. Ranjur boʻldumki, anga karohiyat
yetmish boʻlgʻay, xijolat yuzidin dedim: Ey Shayx, bir soʻz ayt, to yonay! Dedi: ne
soʻz aytan? Dedim anga: yoʻl nechukdur? Dedi: bashorat boʻlsun sangakim, ulsanga
xaridor boʻlmasa erdi, sen anga xaridor boʻlmas erding va agar sendin anga keraklik
boʻlmasa erdi, sen andin soʻrmas erding.
204.
A
BU
J
A
’
FAR
S
UMONIY Q
.
T
.
S
.
Shayx ul-islom debdurkim, ul bu toifadindur. Ul debdurkim, [doʻsting seni
gunohlardan qoʻrqitadi, Rafiqing aybingni koʻrsatadi. Birodaring shunday kishikim,
sani gʻaybni biluvchi zotga yoʻnaltiradi]
(1)
.
205.
A
BU
J
A
’
FAR
S
AYDALONIY R
.
T
.
Abulhasan Soyigʻ Dinovariyning ustodidur va Junayd va Abulabbos Ato q. s. ning
aqroni. Makkada mujovir erdi va Misrda dunyodin oʻtti va qabri Zaqqoq Misriyning
yonidadur. Abu Said Harroz q. s. bila suh-bat tutubdur va Ibn. ul-Arabinning
ustodlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Soyigʻ Dshgavariy dedikim,
mening ustodim Abu Ja’far Saydaloniy dedikim; avvali ibodatimda Hazrat Risolat s.
a. v. ni tush koʻrdumki, oʻlturubdur. Va bu toifadin bir jamoat, mashoyix ul
Hazratning tegrasida oʻlturubdurlar. Nogoh osmondin bir farishta indi va ilgida bir
tasht va bir oftoba. Va ul Hazratning muborak iligida suv quydi. Va birin-birin
mashoyix ilgiga ham quydi va iliglarni. yuvdilar. Chu manga yetti, dedilarki, ul bu
toifadin emas. Ul farishta tashtni koʻtardi va ketti. Men ayttim: Yo Rasululloh, men
agarchi bu toifadin emasman, ammo sanga zohirdurki, bularning doʻstlarimen.
Do'stlaringiz bilan baham: |