1.Kirish suhbati.Til-ijtimoiy hodisa.
1.Til qanday hodisa?
A)tabiiy
B)tarixiy
*C)ijtimoiy
D)fizik
2.Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra,yer yuzida taxminan nechta til mavjud?
A)6000 dan ortiq
*B) 7000 dan ortiq
C) 3000 dan ortiq
D) 1000 dan ortiq
3.Eronda qaysi tilda gaplashiladi?
A)arab
*B)fors
C)ingliz
D)rus
4.Qanday til o’lik til deyiladi?
*A)jamiyatdan uzilgan,insonlarning o’zaro til muloqatiga xizmat qilmaydigan til
B)hozirda muloqat vositasi bo’lmagan til
C)insonlar uchun tushunarsiz va ishlatilmaydigan til
D)yo’qolib borayotgan va jamiyatda qo’llanish doirasi cheklanayotgan til
5.Qachondan boshlab o’zbek tilining ijtimoiy vazifasi kengaydi?
*A)o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so’ng
B)barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritilganidan so’ng
C)kirill alifbosi tugatilganidan so’ng
D)mustaqillikka erishganimizdan so’ng
6.Kollej,litsey,tadbirkor,fermer,tuman,viloyat. Ushbu so’zlar qanday birlik?
*A)neolagiuzm
B)arxaik birlik
C)dialekt birlik
D)atama
7.Yaxshi so’z-jon ozig’i,yomon so’z-…Maqolni davom ettiring.
A)jon qozig’i
*B)bosh qozig’I
C)dil qozig’I
D)til qozig’i
8.Til-dil …Maqolni davom ettiring.
A)qulfi
B)oynasi
*C)kaliti
D)ozig’i
9.Har bir millat hayoti davomida aloqa-aralashuv vositasi sifatida asosan nechta tildan foydalanadi?
A)ikkita
B)uchta
*C)bitta
D)bir nechta
10.Chin so’z mo’tabar,Yaxshi so’z … Maqolni davom ettiring.
A)masih
B)Muqaddas
*C)muxtasar
D)mufattar
2.O’zbek tili - davlat tili.
1.Qachon o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan?
*A)1989-yil 21-oktyabrda
B)1991-yil 31-avgustda
C)1989-yil 1-oktyabrda
D)1990-yil 8-dekabrda
2.Qachondan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari,ish qog’ozlari asosan o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi?
A)mustaqillikka erishilganidan so’ng
*B)o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan so’ng
C)lotin yozuviga asoslangan yozuvga o’tilgandan so’ng
D)til to’g’risidagi qonun qabul qilingandan so’ng
3.Ona tilim-jonimga … Maqolni davom ettiring.
A)tabib
B)darmon C
)orom
*D)masih
4. Ona tilim-jonimga masih.”Masih” so’zining ma’nosi nima?
A)tuzatguvchi
B)baxt berguvchi
*C)tiriltirguvchi
D)qisqa
5.Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa,
El-u yurtim,xonumonim tili bu,
Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa
Misralar muallifi kim?
А*)Mirtemir
B)Oybek
C)Muhammad Yusuf
D)G’afur G’ulom
6.Podsho huzuriga vazirlari eng lazzatli va eng achchiq nordon tayyorlangan ovqat sifatida nimani olib keladilar?
*A)til
B)yurak
C)jigar
D)o’pka
7.O’zbek tiliga davlat tili maqomi haqidagi qonunga qachon o’zgartirish kiritilgan?
A)1995-yil 25-avgust
*B)1995-yil 21-dekabr
C)1995-yil 6-7-may
D)1995-yil 2-3-sentabr
8.Yangi tahrirdagi davlat tili to’g’risidagi qonun necha moddadan iborat?
A)30
B)25
*C)24
D)40
9.O’zbekiston Respublikasi VM ning “Yangi imlo qoidalarini” tasdiqlash to’g’risidagi qarori qachon qabul qilingan.
*A)1995-yil 24-avgust
B) 1995-yil 21-dekabr
C)1995-yil 6-7-may
D)1995-yil 2-3-sentabr
10.Hikmatli so’zning muallifi kim? “Ona tili-millatning ruhidir”
A)Mirtemir
B)R.Hamzatov
*C)I.Karimov
D)Navoiy
3.Ayrim unlillar imlosi.
1.Nuqtalar o’rniga i unlisi qo’yiladigan qatorni toping?
A)butun,sov…q
B)shov…llamoq
C)sup…rmoq uch…n,quv…r
*D)qiz…q, ...st…qlol.
2.Qo’shimcha qo’shilishi natijasida i unlisi u ga aylanadigan qatorni toping?
*A)sovuq
B)yorug’
C)tiniq
D)to’g’ri javob yo’q
3.Maqolni davom ettiring? “O’ziga boqma…”
A)ko’ziga boq
*B)so’ziga boq
C)ko’ngliga boq
D)diliga boq
4.Unli ovushlarning undosh tovushlardan farqli tomonlari qaysilar?
1)to’siqqa uchramay hosil bo’lishi; 2)faqat ovozdan iborat bo’lishi; 3)so’z ichida kelib,bo’g’in hosil qilishi; 4)ovoz va shovqindan iborat bo’lishi.
A)1,2
*B)1,2,3
C)1,2,3,4
D)1,3,4
5.Yuqori va tor unlilarning o’zaro almashinishi yangi ma’no anglatmaydigan so’z qaysi gapda mavjud?
A)O’g’lim,sira bo’lmaydi urush!
*B)Shafaq qon rangida lovullar,go’yo u yuragim parchasi.
C)Bir ishni qilishga astoydil tutin.
D)Onasi sirti butun,ichi tutun ayollardan edi.
6.Qaysi so’z asosida ikki jarangli undosh orasida keng unli kelgan?
A)kitobxon
*B)bormoqda
C)puldor
D)bilimdon
7.Qaysi so’zlarda nuqtalar o’rniga yonma-yon og’izning ochilish darajasiga ko’ra birlashtirvchi belgiga ega bo’lgan unlilar qo’yish mumkin?
1)m…sh 2)t…m 3)m…llim 4)s…t 5)ok…n
A)1,2,3,4,5
B)1,2,4,5
*C)1,2,4
D)1,2,3,4
8.Tur,tos,bosh,tosh,zor,bos,tor,bog’,qosh Berilgan so’zlardan nechtasi tarkibida kelgan unlini o’rta keng unliga almashtrilsa,so’z ma’nosi o’zgaradi?
*A)8
B)5
C)6
D)7
9.Qaysi javobdagi so’zlarda faqat unlilar orqali ma’no farqlangan?
A)san’at-sanat
B)tub-tup
*C)tekin-to’kin
D)til-dil
10.Qaysi qatordagi so’zda qator kelgan ikki unli bir cho’ziq unliga aylantirib talaffuz qilinadi?
A)muallif
B)muallim
C)muattar
*D)maosh
4.Ayrim undoshlarning yozilishi.
1.Bob-…,bol-…,besh-…,barcha-…,dala…,dil-…,dur-…,oz-…,eg-…,mard-… So’zlarning paronimik juftini toping.
*A)bop,pol,pesh,darcha,tala,til,tur,os,ek,mart
B)bop,sol,pesh,darcha,tala,til,tur,os,ez,mart
C)bop,pol,pesh,darcha,tala,til,sur,os,ek,mart
D)barchasi
2.Jarangli va jarangsiz jufti bilan farqlanuvchi paronimlarni ayting.
A)bob-bop,bol-pol,besh-tesh,barcha-darcha,dala-tala,dil-til,dur-tur,oz-os,eg-ek,mard-mart…
B) bob-bop,bol-pol,besh-pesh,barcha-parcha,dala-tala,dil-til,dur-sur,oz-os,eg-ek,urush-urish,mard-mart…
C) bob-bop,bol-pol,besh-pesh,barcha-darcha,dala-tala,dil-til,sur-tur,oz-os,eg-ez,mard-mart…
*D) bob-bop,bol-pol,besh-pesh,barcha-parcha,dala-tala,dil-til,dur-tur,oz-os,eg-ek,mard-mart…
3. 1)… ushyor; 2)sa…iy; 3)ma…sulot; 4)…ulosa; 5)…arakat; 6)…urmatli; 7)…ukm; 8)…ozirjavob; 9)ta…it; 10)sa…na; 11)…ayol; 12)…ar kim: 13)…ech qachon.
*A)1-h,2-x,3-h,4-x,5-h,6-h,7-h,8-h,9-x,10-h,11-h,12-h,13-h
B)1-h,2-x,3-h,4-x,5-h,6-h,7-h,8-h,9-x,10-h,11-x,12-h,13-h
C)1-h,2-x,3-h,4-x,5-h,6-h,7-h,8-h,9-h,10-x,11-h,12-h,13-h
D)1-h,2-x,3-x,4-x,5-h,6-h,7-h,8-x,9-x,10-x,11-x,12-h,13-x
4.Falak-palak,faqir-paqir,sof-sop,tuf-tup,to’fon-to’pon birliklari qanday birlik?
*A)bir tovush bilan farqlanuvchi so’zlar(paronim)
B)shakldosh
C)antonym so’zlar
D)ma’nodosh
5.Juma,jurnal,jirafa,jonsarak,hayajon, kabi so’zlarda j undoshi qaysi xususiyatga ko’ra farqlanadi?
A)sirg’aluvchilik va jaranglilik xususiyatiga ko’ra
B)portlovchi va jarangligiga ko’ra
*C)portlovchi va sirg’aluvchilik xususiyatiga ko’ra
D)jarangliligi va jarangsizligiga ko’ra
6.Quyidagilardan ng undoshi ishtirok etgan so’zlarni keltiring.
A)ong,bong,tong,hang-mang,ko’ngil,singil,dengiz,kelingiz,tungi
B)shtanga,kongress,singil,dengiz,kelingiz
C)tonggi,tungi,shtanga,kongress,miting
*D) ong,bong,tong,hang-mang,ko’ngil,singil,dengiz,kelingiz
7.”Sayoq yursang,tayoq yeysan” maqoldagi tagiga chizilgan so’zlarda qaysi tovushlar vazifaviy belgiga ega?
A)y,s
B)s,q
*C)s,t
D)s,n
8.”Obod va ozod Vatan bizniki”. Ushbu hikmatli so’zdagi qaysi undosh tovushlar vazifaviy(ma’no faqlash) belgiga ega?
*A)b,z
B)b,d
C)v,n
D)n,z
9.”Kattaga hurmatda,kichikka izzatda bo’l”. Ushbu maqolda nechta qo’sh undosh ishtirok etgan?
A)1
*B)3
C)4
D)Qator undosh ishtirok etgan
10.O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
A)23
B)25
*C)24
D)21
5.Bosh va kichik harflarning qo’llanishi.
1.U bizning jonajon Vatanimizdir.Ushbu gapdagi “vatanimiz” so’zi nima sababdan bosh harf bilan yozilgan?
A)undalma bo’lganligi uchun
*B)mantiqiy urg’u olganligi,asosiy fikr qaratilgani uchun
C)gapning mazmunini tashkl etgani uchun
D)kuchli hayajon bilan aytilgani uchun
2.A.Qahhorning bolaligi o’tgan qishloqlarni sanang.
*A)Yaypan,Qudash,Nursux,Buvayda,Tolliq,Olqor,Yulg’unzor,Oqqo’rg’on
B)Yaypan,Yakkaqurt,Nursux,Buvayda,Tolliq,Olqor,Yulg’unzor,Oqqo’rg’on
C)Yaypan,Qudash,Nursux,Buvayda,Tolliq,Olqor,Yulg’unzor,Chimyon
D)Qudash,Nursux,Buvamat,Vodil,Olqor,Yulg’unzor,Oqqo’rg’on
3.30-yillarning o’rtalarida bolaligimni o’ylaganimda chalakam-chatti tush ko’rgan edim( ) dumli yulduz chiqqan edi( )Babur(Bobur bo’lsa kerak)degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi… Ushbu gapdagi tegishli o’rinlarda qanday tinish belgilar ishlatiladi?
A)nuqtali vergul(;),nuqta(.)
B) nuqtali vergul(;),vergul(,)
*C) nuqtali vergul(;),nuqtali vergul(;)
D)nuqta(.),nuqtali vergul(;)
4.To’g’ri yozish qonun-qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi qanday nomlanadi?
A)Orfoepiya
*B)Orfagrafiya
C)Grafika
D)Punktuatsiya
5.Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari qanday yoziladi?
*A)ajratib
B)qo’shib
C)qo’shib va ajratib
D)ikkinchi qismi ot bo’lsa ajratib,sifat bo’lsa qo’shib yoziladi
6.Tarkibida bo’yi,orti,oldi so’zlari bo’lgan joy nomlari qanday yoziladi?
*A)o’zi bog’lanayotgan so’zga qo’shib
B)o’zi bog’lanayotgan so’z qo’shib
C)chiziqcha yordamida
D)A va B
7.To’g’ri yozilgan atoqli otni toping?
*A)”Oltin Yulduz” medali
B)O’zbekiston qahramoni
C)”Zulfiya” mukofoti
D)”Navoiy” viloyati
8.Atoqli joy nomlariga –lik qo’shimchasi qo’shilsa qanday yoziladi?
A)Atoqli otlar bosh harflar bilan yoziladi
*B)Atoqli otlar turdosh otga aylanib kichik harf bilan yoziladi
C)Hech qanday o’zgarish bo’lmaydi
D)A va B
9.Tarixiy sana va bayram nomlari qanday yoziladi?
A)Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi
*B)Tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan,qolganlari kichik harf bilan yoziladi C)Oy nomlari bosh harf bilan yoziladi
D)Sana nomlari bosh harf bilan yoziladi
10.Quyidagi olmoshlarning qaysi biri hurmat ma’nosida kelganda bosh harf bilan yoziladi?
A)men,sen
B)u,ular
*C)siz,o’zingiz
D)o’zingiz,ular
6.Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar ma’nosi va imlosi.
1.Fonema yordamida farqlanmaydigan paronim so’zlarga misol keltiring.
A)sa’va-sava,da’vo-davo
B)san’at-sanat,she’r-sher
C)ta’na-tana,urush-urish
*D)A va B
2.Unli fonema yordamida farqlanadigan bir tovush bilan farq qiladigan so’zlarga misol keltring.
A)odim-odam,barmoq-bormoq,urush-urish
B)azim-azm,xalos-xolos,paxta-puxta
C)ahl-ahil,kaft-kift,chap-chop
*D)barchasi
3.Jarangli va jarangsiz undosh ta’sirida paronimik qatorni yuzaga keltiradigan so’zlarga misol keltiring.
A)odim-odam,barmoq-bormoq,urush-urish
B) san’at-sanat,she’r-sher
*C)sud-sut,dars-darz,yod-yot,mard-mart,qars-qarz
D)barchasi
4.Urush,noming o’chsin jahonda,Hamon bitmas sen slogan alam… Satrlar muallifi kim?
*A)Zulfiya
B)Saida Zunnunova
C)M.Yusuf
D)Oybek
5.Besh asirkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir she’r. Misralarda qaysi so’zlarni qo’llash bo’yicha uslubiy xato bor?
A) zanjirband,asir
B)she’r,zanjirband
*C)asir,she’r
D)asir,nazmiy
6. Urish,noming o’chsin jahonda. Gapda qaysi so’zni qo’llash bo’yicha uslubiy xato bor?
A)jahonda
*B)urish
C)o’chsin
D)bu gapda uslubiy xato mavjud emas
7.Sanat saroyiga konsert tomosha qilganmi bordik.Gapdagi qaysi so’z noto’g’ri qo’llangan?
A)konsert
*B)sanat
C)tomosha
D)saroy
8.Qo’sh undoshlarning biri tushib qolgan taqdirda paronimik xususiyat hosil qiladigan so’zlarga misol keltiring.
A)karra,zarra
*B)tilla,qattiq
C)hamma,ikki
D)arra,chaqqon
9.Quyidagi bir tovush bilan farq qiladigan so’zlarning bir so’z turkumiga oidlarini toping?
A)mard,mart
B)qatiq,qattiq
C)six,siq
*D)kift,kaft
10.Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar qatoridan ot,fe’l so’z turkumiga oid so’zlar qatorini toping?
A)azm-azim
B)ahl-ahil
C)sut-sud
*D)urush-urish
7.Ma’nodosh so’zlar.
1.Osmon so’zining ma’nodoshini keltiring.
A)oftob,tepa
B)samo,quyosh
C)ko’k,oftob
*D)ko’k,samo
2.Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha,kekkayganga kekkaygin boshing ko’kka yetguncha. Ushbu maqolda so’zlarning shakl va ma’nosiga ko’ra qanday turlari qatnashgan?
A)zid ma’noli so’z,shakldosh so’z
*B)sinonim va omonim
C)zid ma’noli va paronim
D)shakldosh va paronim
3. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha,kekkayganga kekkaygin boshing ko’kka yetguncha. Ushbu gapda qanday so’z o’yini bor.
A)singarmonizm
B)epitet
*C)alliteratsiya
D)elliziya
4.Shaxsga nisbatan qo’llanadigan “to’g’ri” so’zining ma’nodoshlarini keltiring.
A)iymonli,diyonatli
B)halol,odobli
*C)insofli,vijdonli
D)insofli,tarbiyali
5.”Dushman” so’zining ma’nodoshlarini keltiring.
A)do’st,yor
*B)yov,g’ov
C)hamroh,o’rtoq
D)qarshi,yov
6.”Sanoqli” so’zining ma’nodoshlarini keltiring.
*A)o’lchovli,hisobli
B)hisoblangan,sanalgan
C)tartiblangan,tizimli
D)barchasi
7.”Tayyor” so’zining ma’nodoshlarini keltiring.
A)muhayyo,shay
B)hozir-u nozir,shaylangan
C)tayyor,hozir
*D)barchasi
8.”Ozodlik” so’zining ma’nodoshlarini keltiring.
A)erkinlik,istiqilol
B)erkinlik,mustaqillik
C)hurlik,mustaqillik
*D)barchasi
9.Yuz,chehra,bet,aft,turq,bashara sinonimlik qatoridagi bosh so’zni toping?
A)aft
B)chehra
*C)yuz
D)bosh so’zlarning qo’llanish o’rniga qarab aniqlanadi?
10.O’rtoq so’zining so’zlashuv uslubida qo’llaniladigan ma’nodoshini toping?
A)Birodar
B)Do’st
C)Og’ayni
*D)Jo’ra
8.Shakldosh so’zlar.
1.Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. UShbu gapdagi shakldosh so’zni toping.
A)bir tut
B)ek,yuz
*C)tut,yuz
D)yil,tut
2.Yoz-o’tmoqda soz.Ushbu gapdagi shakldosh so’zni toping.
A)o’t,soz
B)yoz,soz
C)yoz,o’t
*D)bu gapdagi barcha so’zlar shakldosh
3.Shakldosh so’zlarni keltiring.
A)taram,yoqa,kuy,qo’y,ot,kul,mushak,oy,bog’,taxt,et
B)karam,yoq,kuy,qo’y,ot,kul,mushak,boy,bog’la,taxt,ez
*C) karam,yoq,kuy,qo’y,ot,kul,mushak,oy,bog’la,taxt,ez
D)qaram,yoq,kuya,qo’y,ot,tul,mushak,boy,bog’,taxt,et
4.Bir xil so’z turkumi doirasida omonimlik hosil qiladigan so’zlarni keltiring.
A)dushman,savlat,sir,chang,mushak,qaram,kadr,oy
B) qaram,yoq,kuya,qo’y,ot,tul,mushak,boy,bog’,taxt,et
C) taram,yoqa,kuy,qo’y,ot,kul,mushak,oy
*D)tuman,davlat,sir,chang,mushak,karam,kadr,oy
5.Har xil so’z turkumlari doirasida omonimlik hosil qiladigan so’zlarni keltiring.
*A)tut,soz,qil,yoq,kuy,ot,kul,taxt,et,bor,tush
B)tuman,davlat,sir,chang,mushak,karam,kadr,oy
C)gumon,savlat,sir,chang,mushak,qaram,kadr,oy
D)tuman,davlat,pir,tang,mushak
6.Bir so’z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiladigan so’zlar qatorini toping?
A)kuy
B)oq
C)et
*D)mushak
7.Har xil so’z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiladigan so’zlar qatorini toping?
*A)kuy,qo’y
B)karam,chang
C)bog’,chang
D)chang,kadr
8.So’zlarning shakldoshligi qaysi she’riy san’atni yuzaga keltiradi?
A)tazod
B)tashxis
*C)tajnis
D)talmeh
9.Ot so’zi qaysi so’z turkumlari doirasida shakldoshlik hosil qila oladi?
A)ot,fe’l,ravish
B)ot
C)fe’l
*D)ot,fe’l
10.Ozodlik biz uchun eng katta davlat.Eli boy davlat kuchli va qudratli bo’lur.Tagiga chizilgan so’zlar ma’no va Grammatik jihatiga ko’ra qanday so’zar deyiladi?
A)ko’p ma’noli
B)ma’nodosh
C)so’zning asl ma’nosida
*D)shakldosh
9.Zid ma’noli so’zlar.
1.Do’st achitib gapirar,dushman kuldirib.Ushbu gapdagi zid ma’noli so’zlarni toping.
A)do’st,gapirar,dushman
*B)do’st,dushman,achitib,kuldirib
C)kuldirib,achitib,gapirar
D)achitib,do’st,gapirar
2.Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo’ldi. Ushbu gapdagi zid ma’noli so’zlarni toping.
*A)oq,qora
B)oq,ajratadigan
C)oq,qora,ajratadigan
D)qora,ajratadigan
3.Qarilar izzatda,yoshl;ar xizmatda. Ushbu gapdagi zid ma’noli so’zlarni toping.
A)yoshlar,qarilar
B)qarilar,xizmatda,izzatda
*C)qarilar,yoshlar,izzatda,xizmatda
D)izzatda,xizmatda
4.Aqlli uzoqni ko’zlar,aqlsiz yaqinni. Ushbu gapdagi zid ma’noli so’zlarni toping.
A)aqlli,aqlsiz,ko’zlar,yaqinni
B)aqlli,aqlsiz,yaqin
*C)aqlli,aqlsiz,yaqin,uzoq
D)aqlsiz,uzoq,ko’zlar,yaqin
5. Aqlli uzoqni ko’zlar,aqlsiz yaqinni. Ushbu gapda qaysi so’z turkumidagi so’zlar zid ma’noli.
A)sifat,ot
*B)sifat,ravish
C)ravish,fe’l
D)sifat,fe’l
6.Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapdagi zid ma’noli so’zlarni toping.
*A)tinchlik,urush
B)urush,yengmoq
C)tinchlik,yengar
D)ushbu gapda zid ma’noli so’z qatnashmagan
7. Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapda qaysi so’z turkumidagi so’zlar zid ma’noli.
A)fe’l
B)sifat
C)ravish
*D)ot
8.So’zlarning zid ma’nolarda qo’llanishi qaysi she’riy san’atni yuaga keltiradi?
*A)tazod
B)tajnis
C)tashhis
D)mubolag’a
9.Baxil topsa,bosib yer,saxiy topsa,hamma yer. Gapdagi zid ma’noli so’zlar qaysi turkumga oid?
A)fe’l
B)ot
C)fe’l,ot
*D)sifat
10.G’anim so’zining zid ma’nolarini toping?
A)do’st
B)o’rtoq
C)birodar
*D)hammasi
11.Qo’shma so’zlar imlosi.
1.Uning bosh maqsadi chuqur bilimli,yuksak ma’naviyatli,hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Ushbu gapdagi qo’shma so’zni toping.
A)bilimli
B)tarbiyalash
*C)hozirjavob
D)ma’naviyatli
2.Mehmondo’st,mehnatsevar,bolajon xalqimizga mos bo’lgan sofdil,mard,dovyurak,dono yoshlar kelajak poydevoridir. Ushbu gapdagi qo’shma so’zlarni toping.
A)kelajak,mehmondo’st,mehnatsevar,bolajon,sofdil
*B)mehmondo’st,mehnatsevar,sofdil,dovyurak,poydevor
C)xalqimizga,dovyurak,poydevor
D)yoshlar,kelajak,xalqimizga,mehmondo’st,poydevor
3.Qo’shma so’zlarga misol keltiring.
A)o’quvchilarning,sevgi,tinchlik,osoyishtalik,Mingchinor
B)boychechak,bolalarcha,tiniq,atirgul,xo’rozqand,Ko’kterak
C)mehmonxona,serobgina,gaplash,pal-partish,qip-qizil,Laylakxona,shirinso’z,shirinsuxan,shirintamoq
*D)boychechak,atirgul,xo’razqand,Ko’kterak,Mingchinor,Laylakxona,shirinso’z,
shirinsuxan,shirintomoq
4.Qo’shma fe’llar va sonlar qanday yoziladi?
*A)har doim ajratib
B)har doim qo’shib
C)ham qo’shib ham ajratib
D) matn tarkibidagi so’zlar asosida yoziladi
5.Ikkinchi qismi atoqli otlar bo’lgan joy nomlari qanday yoziladi?
A)har doim ajratib
*B)har doim qo’shib
C)ham qo’shib ham ajratib
D) matn tarkibidagi so’zlar asosida yoziladi
6.Ot,sifat,son,olmosh,undov,taqlid so’z + fe’l qo’shilishi bilan qo’shma fe’l hosil bo’lgan fe’llarga misollar keltiring?
A)parvoz qilmoq,ta’sir qilmoq,bir bo’lmoq,eski bo’lmoq
B)chirs etmoq,tarbiya qilmoq,bunyod qilmoq,sayr etmoq,taq etmoq,a’tiroz bildirmoq
C)sotib olmoq,borib olmoq,kirib chiqmoq,olib kelmoq
*D)A va B
7.Fe’l+fe’l shaklidan hosil bo’lgan qo’shma fe’llarga misol keltiring?
A)parvoz qilmoq,ta’sir qilmoq,bir bo’lmoq,eski bo’lmoq
B)chirs etmoq,tarbiya qilmoq,bunyod qilmoq,sayr etmoq,taq etmoq,a’tiroz bildirmoq
*C)sotib olmoq,borib olmoq,kirib chiqmoq,olib kelmoq
D)A va B
8.Suv havzalari va inshoatlari nomlari qanday yoziladi?
*A)Tarkibidagi birinchi so’zining ilk harfi bosh harf bilan
B)Birinchi so’zi bosh harf bilan
C)Har bir so’zidagi birinchi harf bosh harf bilan
D)A va B
9.Onasi: “To’polon qilmay o’tiringlar,agar yaxshi bola bo’lib o’tirsanglar,ikkovlaringizga xo’rozqand olib kelib beraman”,-deb tayinlab ketdi gapida qo’shma otning qolipi qanday?
A)ot+sifat
B)ot+fe’l
C)ot+taqlid so’z
*D)ot+ot
10.”Temur dushmanlariga ofat keltiruvchi,askar-u lashkarboshilariga qattiqqol,xalqiga esa saxovatli ota kabi edi”,- gapidagi qo’shma so’zlar qaysi so’z turkumlariga oid?
A)sifat,fe’l
B)ot,ot
C)fe’l,ot
*D)ot,sifat
11.Juft so’zlar imlosi.
1.Qanday so’zlar juft so’zlar deyiladi?
A)ma’no jihatidan bir-biriga o’xshamaydigan yoki zid bo’lgan so’zlarning juftlashishidan tashkil topgan bi xil asosli so’zlar
*B)ma’no jihatidan bir-biriga o’xshash yoki zid bo’lgan so’zlarning juftlashishidan tashkil topgan har xil asosli so’zlar
C)ma’no jihatidan bir xil yoki zid bo’lgan so’zlarning yonma-yon qo’shilishidan tashkil topgan bir xil asosli so’zlar
D)bir so’zning aynan takrorlanishi yoki birinchi bo’g’inini qaytarish orqali hosil bo’lgan so’zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |