Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
64 
library.ziyonet.uz/ 
 
Mashoyix akobiridin erdi. Maqomi Lugʻom togʻi erdi. Bu toyifadin biri aytibdurki 
Lugʻom togʻida yoʻl iturdum. Bir pir ilayimga keldi, eski poʻstin kiygan. Dedi: 
Allohu akbar, hamonoki yoʻl iturubsen? Dedim: bale! Dedi: oʻttuz yildurki, bu togʻda 
odam yuzin koʻrmaymen. Va asosin menga berdiki, bu sanga yoʻl boshlasin. Bir 
necha qadam yoʻl bordim, oʻzumni Antokiyada koʻrdum. Asoni qoʻydumki, vuzu’ 
qilgʻaymen, aso gʻoyib boʻldi. Antokiya ahliga ul soʻzni anttim, ersa, dedilarkim, ul 
Shayx Ishoq b. Ibrohim Hammoldurkim, kishi ani oz koʻrar. Taassuf yedim. 
194.
 
B
UNON B
.
 
A
BDULLOH R
.
 T

Kuniyati Abulhasandur. Misr mashoyixining buzurglaridindur. Ul debdurki, har 
soʻfikim, koʻngli roʻzi gʻamiga bogʻliq boʻlgʻay, anga kasb buyurmoq kerak. 
195.
 
S
HAYBON B
.
 
A
LI Q
.
 T
.
 R

Misr mashoyixining mutaqaddimlaridindur, Mustajob udda’va erdi. Mashoyixdin 
koʻp kishi oning murididur va tariqat ilmida yaxshi soʻzlari bor. Debturlarki, 
muridlaridin biri andin ruxsat tiladikim, tajrid tariqida hajga borgʻay. Ul dediki, avval 
koʻnglungni sahvu gʻaflatdin mujarrad qil va havodin nafsingni va lagʻvdin tilingni, 
iynak tajarrud hosil »boʻldi. Xoh dunyoligʻing boʻlsun va xoh boʻlmasui. 
196.
 
A
BULHASAN B
.
 
M
UHAMMAD 
M
UZAYYIN R
.
 T

Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad, Bagʻdod ahlidin. Va Junayd va Sahl 
Abdulloh q. s. bila suhbat tutubdur. Makkada mujovir erdi. Uch yuz yigirma yettida 
Makkada dunyodin oʻtubdur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Muzayyin ikkidur: 
biri kabir, biri sagʻir. Muzayyini Kabir Bagʻdoddindur va anda madfundur. Aning 
shogirdi debdurki, ul dedikim, [bandaning oʻrinsiz gapi Allohning gʻazabini 
keltiradi]
(1)
. Muzayyini Sagʻir ham Bagʻdoddindur, vale Makkada madfundur. Va 
debdurlarki, bu ikki Muzaymin bir-birining xolalarining oʻgʻlonlaridururlar. Va 
Muzayyini Sagʻir debdurki, Tengri taologa yoʻllar adadi osmonning yulduzlari 
adadidin koʻprakdur. Va men alarning birining orzusindamen va topmasmen. Va ham 
ul debdurki, Makkada erdim, manga safar azimat boʻldi. Bir «eoga yettimki ani bi’ri 
Maymun derlar. Koʻrdumki, bir yigit jon bermak holatidadur. Dedimki, aytki: «La 
lloha illalloh». Koʻzin ochib dediki, 
 
bayt: 
[Agar men oʻlsam ham qalbim muhabbatga limmolimdir. 
Zero joʻmardlar muhabbat dinida oʻladilar]
(2)

Va jon taslim qildi. Aning ishin saranjom qildim va namozin qilib dafi qildim. Va 
safar doiyasi xotirimdin chiqdi va yonib Makkagʻa keldim. Derlarki, andin soʻngra 
oʻziga sarzanish qilib aytur erdiki, hajjomiy kelib, avliyoullohga shahodat talqini 
qilur. 
197.
 
A
BULHASAN 
S
OYIG
ʻ
 
D
INAVARIY Q
.
 T
.
 S

Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad Sahldur. Dinovar mashoyixidindur va 
Misrda boʻlur erdi: Uch yuz oʻttuzda Misrda dunyodin oʻtti. Shayx Abulhasan 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish