Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
72
library.ziyonet.uz/
andoqki, botinda Razzoqdin eshitadur erdi, agar zohirda Abdurrazzoqdin eshitsa,
zarifroq boʻlgʻay erdiki, qavmdin alar ulugʻroqdurlarkim, zohirlari avom zohiridek
boʻlgʻay va botinlari xos botini dekkim, shariat tangʻadur va haqiqat jongʻa va sirgʻa.
Ham aning soʻzidurkim [kimki ustozidan adab oʻrgan-mabdi, u behudagoʻydir]
(2)
.
Ham ul debdurkim, [Dunyo uchun taning bilan, oxirat uchun qalbing bilai mashgʻul
boʻl]
(3)
Shayx Abubakr Roziy debdurki, Shayx Abubakr Kattoniy bir qorini
koʻrdikim, oq bosh va oq soch bila savol qilib yurur erdi. Dedikim, [Bu odam
yoshligida Alloh amrini xor qilganligi uchun Alloh uni qariligida xoru zor etdi]
(4)
.
Shayx ul-islom debdurkim, Shayx Abubakr Kattoniyni Paygʻambar s. a. v. ning
shogirdi debdurlar Baski, ul Hazratni tush koʻrar erdi va bilur erdiki, qayasi kecha yo
qaysi kun tush koʻrgusidur. Andin mushkilot savol qilur erdi va ul Hazratdin soʻrub,
javobin topib, soyillargʻa javob aytur erdi. Bir qatla Mustafo s. a. v. anga ayttikim,
har kishi har kun qirq bir qatla aytsaknm, «yo Hay, yo Qanyum, yo lo iloha illa anta»
chum koʻngillar oʻlgay, aning koʻngli oʻlmagay. Shayx ul-islom dedikim, Shayx
Abulqosim Dimishqiy dedi; Solimshshing ustodikim – Kattoniydin- soʻrdumkn,
Tasavvuf nedur? Dedikim, kaminasi ulkim, sen anglamagʻaysen. Birav.Abuhafs q.s.
din soʻrdikim, tasavvuf nedur? Dedi: soʻfiy hargiz soʻrmagʻanki, soʻfiy kimdur Shayx
ul-islom dedikim, bu ilm Tengrining asroridur va bu qavm sohibi asror, posbonning
muluk rozi bila ne ishi bor?
224.
A
BUBAKR
A
TO
J
UHFIY Q
.
T
.
S
.
Shayx ul-islom debdurki, bir kun bir biyik yerda oʻlturub erdim. Qoʻrdumki, sayl
kelur va bir amori keltirur va bir kishi ul amorida oʻlturub biyik-biyik: ayturki:
[Sening amru farmoningdaman, Allohim, sendan madad tilayman. Meni sel balosiga
mubtalo qilgan boʻlsangda, uzoq vaqtlardan beri menga ofiyat berding]1. Va sayl
eltur erdi ani daryogʻacha va Juhfagʻacha. Va Juhfa sayl mavzeidur. Va ani aning
uchun Juhfa derlarki, sayl anda kirgay, har ne boʻlsa supurgay va eltgay.
225.
A
BUBAKR
S
AQQOQ Q
.
T
.
S
.
Oti Muhammad b. Abdullohdur. Abusaid Xarroa q. s. ning sohibi. Ul debdurki,
Abusaid Xarroz dediki, bir kun biyobonda borur erdim. Unga yaqin it, qoʻychilar
itidin, manga hamla kelturdilar. Chun yetishdilar, muroqabagʻa mashgʻul boʻldim.
Nogoh, bir oq it oralaridin chiqdi va alargʻa hamla qildi va alarni mendan yiroq surdi.
Va ul itlar yiroq ketmaguncha mendin ayrilmadi. Chun alar tamom kettilar, ul gʻoyib
boʻldi.
Va ham ul debdurki, Abusaid Xarroz dedikim, [Allohning zikri bilan boʻl! Agar
holing quvvatli boʻlsa uning zikriga gʻarq boʻlib ketasan. Alloh ham seni zikr
qiladi]1. Shayx ul-islom dediki, «til zikr boshigʻa bordi va zikr mazkur boshigʻa».
226.
A
BUBAKR
S
HIBLIY Q
.
T
.
S
.
Toʻrtinchi tabaqadindir. Oti Ja’far b. Yunus. Va aning otasi otida muxolafatlar bor.
Ammo Hazrat Maxdumiy q. s. dedilarki, qabri toshida Ja’far b. Yunus bitiklikdur.
Shayx ul-islom dediki, ul misrligʻdur. Bagʻdodgʻa keldi va Xayr Nassoj majlisida
tavba qildi Junaydning shogirdidur.Faqih erdi va majlis muzakkiri. Va Molik
mazhabida erdi va «Muvatto»ni hifz qilib erdi: Otasi xalifaning sohib ul hijobi erdi.
Va Sulamiy tabaqotida «Xurosoniyul-asl va Bagʻdodul mavlid val-mansha’»
Do'stlaringiz bilan baham: |