Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
71
library.ziyonet.uz/
va Nasrobodiyga boqarman va Vositnygʻa yuqori boqarmen! Shayx ul-islom
debdurki, Xurosonda hech kishidin bu tavhid kelmadikim, Vosntiydin keldi. Ul
debdurkim, men va ul va ul va men va mening kirdornm va aning podoshi va mening
duom va aning ijobati barcha ikkilikdur. Shayx ul-islom debdurki, Vositingʻa bir
ustod erdi va bir shogird. Ustod Junayd erdi va shogird Abulabbos Sayyorsh! Va
Junaydning Vositiygʻa nomasi bor va bu nav’ bitibdurkim, [Bismillohir rahmonir
rahim. Senga Allohning salomi, rahmati va baraqoti boʻlsin, ey Abubakr! Alloh
bizlarga va senga ofiyat bersin!]
(2)
Oxirida debdurki, ulamo va hukamo Tengri
taolodin xalqqa rahmatdur. Soʻzungda andoq qilki, xalqqa rahmat boʻlgʻaysen va
oʻzungga balo. Uz holingdin chiq va alar holygʻa boʻlki, alarga soʻz aytursen,
alarning toqat va holati qadarida alargʻa soʻz ayt va xitob ul mavze’ga qilkim, alarni
anda toparsen. [Bu soʻz sen va ular uchun eng yetukdir va ularga pand-nasihat qilib,
oʻzlari haqida yetuk soʻzlarni ayting!]
(3)
Shayx ul-islom debdurki, Junayd bildikim,
Vositiy el xurdi holigʻa soʻzaytmas, balki ham inchka va ham biyik ayturki, el andin
bahra topmaslar, anga rifqu rahmat sari dalolat qildi.
221.
A
BUBAKR
Z
AQQOQI
K
ABIR Q
.
T
.
S
.
Shayx ul-islom ani uchunni tabaqadin tutubdur. Va oti Ahmad Nasrdur, Misrliq. Va
Abubakr Zaqqoqi Sagʻirning ustodidur va Abubakr Duqqining ham Junaydning
ashobi va aqronidin erdi. Choʻn Zaqqoqi Kabir dunyodin oʻtti, Shayx Abubakr
Kattoniy dedikim, [Misrga kirish uchun fuqaroning hujjati kesildi]
(1)
. Ul debdurki,
[bu yoʻlning qiymati inson ruhidir]
(2)
. Va aning soʻzidurki, bu soʻzlar biravga
shoyistadurki, yillar Tengri taolo uchun mazbalalarni joni bila supurmish boʻlgʻay.
222.
A
BUBAKR
Z
AQQOQI
S
AG
ʻ
IR Q
.
S
.
Shayx ul-islom debdurki, ul bagʻdodligʻdur. Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. Ul
hadisqa mashgʻul erdi, soʻngra bu toifa tariqigʻa kirdi. Bir koʻzi bor erdi. Abubakr
Roziy debdurki, andin koʻzining zoye’ boʻlgani jihatin soʻrdum. Dedi: bodiyagʻa
kirdim, tavakkul bila. Dedim: manozil ahli iligidin hech nima yemayin. Vara’din,
ochliqdin bir koʻzum nriyub yuzumga oqdi. Ul debdurki, qirq yildurki, Junayddin
fanoda bir soʻz: zshitibmen, hanuz aning choshnisi jonimdadur.
223.
S
HAYX
A
BUBAKR
K
ATTONIY Q
.
T
.
S
.
Toʻrtinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Ali b. Ja’far Bagʻdodiy Kattoniydur.
Junayd ashobidindur. Va yillar Makkada mujovir erdi. Anda uch yuz iigirma ikkida
dunyodin oʻtti, ul yilki, Abdulvohid Isfahoniyki, kuniyati Abulgʻaribdur, Tarsusda
oʻtti. Murta’ish debdurki, Kattoniy Haramning charogʻidur. Kattoniy soʻzidurkim,
[soʻfilar zohirda qul, botinda, hurdirlar]
(1)
Shayx ul-islom debdurki, ul Xizr a. s. ning musohibi erdi. Xizr anga debdurki, yo
Abubakr, bu toifadin barchasi meni tanirlar va men ba’zini taniyman. Ul debdurki,
Xizr bu soʻz isbotigʻa ayttikim, Yamanda Safo masjidida xalq Abdurrazzoq qoshida
hadis oʻqurlar erdi va masjid goʻshasida bir yigit boshin xirqa yoqasigʻa tortib erdi.
Men anga dedimki, Abdurrazzoq hadis aytadur, xalq eshitadur, sen dagi nechun
majlisgʻa borib eshitmaysen? Ul dediki, men munda Razzoqdin eshitadurmen, sen
meni Abdurrazzoqqa dalolat qilursen. Men dedim, agar chin aytasen, meni aytki,
kimdurmen? Dedi, Xizr. Va yana boshin xirqagʻa tortti. Shayx ul-islom dediki,
Do'stlaringiz bilan baham: |