Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
73
library.ziyonet.uz/
bitilibdur, Junayd q. s. debdurki, [Abubakr Shibliygʻa boshqalarga nazar
qilganingizdek. nazar qilmayg. Chunki u Alloh koʻzlaridan bir koʻzdir]1
Umri sakson yettiga yetishdi. Uch yuz oʻttiz toʻrtda Zulhijja oyida dunyodin oʻtti. Va
ham Junayd debdurki, [xar bir qavmiing toji bor. Bu qavmning toji esa Shibliydir]2.
Yigirma ikki qatla bemoristongʻa tushti. Ul debdurky, [Hurriyat–qalb hurriyatidir,
boshqa narsa emas]3.
Birav Shibliygʻa dedikim, meni duoye qil! Ul bu baytni oʻqudikim,
bayt:
[Bir vaqtlar odamlar mendan shafoat istardilar.
Ajabo, ertaga Layli oldida meni shafoat qiluvchi bormi?]
(4)
Anga dedilar: xush semizsen va muhabbatiki sen da’vo qilursen, taqozoye semizlik
qilmas. Dedikim: [Qalbim ishqbozlik qildi, tanim bexabar qoldi. Agar xabardor
boʻlganda semirmas edi!]
(5)
. Shibliy Abdurrahmon Xurosoniygʻa aytdi: [Ey
xurvsonlik, Shibliydan oʻzgani yolgʻpz Alloh deganiii eshitdingmi? Xurosonlik antdi:
Men biror kun Shibliyning Alloh deganini eshitmadim. Shibliy behush boʻlib
yiqildi]
(6)
.
Abdurrahmon Xurosonin debdurki, birav Shibliy uyiga keldi va eshik qoqdi. Shibliy
bosh-oyoq yalang eshik keyniga kelib soʻrdiki, kimni tilansen? Dedi: Shibliyni.
Shibliy dedikim, eshitmansenki, [Kofir boʻlib oʻldi. Alloh unga rahm qilmadi]
(7)
.
Shayx ul-islom debdurki, nafsni debdur Shibliy bu oyat tafsiridakim, [moʻminlarga
ayting, koʻzlarini toʻssinlar, avratlarini saqlasinlar]
(8)
. Va debdurki, [zohir koʻzni
haromlardan, botin koʻzni zsa, Allohdan boshqasiga nazar solishdan saqlang!]
(9)
Ul
eshittikim, xiyor sotquchi qichqirib aytadurkim, {oʻnta bodring bir tanga]
(1)
0. Ul dagʻi
qichqirdi va dedikim, [oʻntasi bir tanga boʻlsa, savdong nima boʻladi?]
(1)(1)
. Shibliydin
soʻrdilarki, qaysi nima ajabroq? Dedi: Ul koʻngulki, Tengri taolosini tanigʻay va onga
osiy boʻlgʻay. Shibliyning xodimi Bakir Dinavariy debdurki, vafotigʻa yaqin Shibliy
dedikim, menga bir diram mazlimadur va necha ming diram oning sohibi uchun
sadaqa beribman va hanuz koʻnglumga hech yuk andin ogʻirroq yoʻqdur. Shibliy
mavt marazidin bir juma kuni uzida xiffat koʻrdi. Bakirgʻa dedikim, masjidga meni
tegur! Ul qoʻldab elturda birav yoʻluqdi. Shibliy de-liki, tongla bu kishi bila ishimiz
bor. Bakir debdurki, namoz qilib kelgan oqshom Shibliy dunyodin oʻtdi. Tonglasi
menga dedilarki, falon mahallada bir solih bor. Aning gʻusli uchun ul kishini
kelturmak kerak. Ul kishining uyini topib, eshik qoqtim. Eshik keiniga kelib
soʻrdikim, Shiblin oʻldi? Men taajjub bila soʻrdimki, qaydin bildingkim, Shibliy
oʻldi? Ul-dedikim, ey nolon, ul qaydin bilib erdikim, bu kun maning bila ishi bor
boʻlgʻusidur. Eshik ochqoch koʻrdum, hamul kishi erliki, burunqi kun Shibliy deb
erdiki, tongla aning bila ishimiz bor.
227.
A
BUBAKR B
.
Y
AZDONYOR
U
RMAVIY Q
.
S
.
Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Husayn b. Ali Yazdonyordur. Tasavvufda bir
tariqayedurkim, anga maxsusdur. Mashoyixdan ba’zi anga inkor qilibdurlar. Olim
ermish ulumi zohiriyda va ulumi muomalotu maorifda. Ham Shayx ul-islom
debdurki, Abubakr Yazdonyor Haq s. t. ni tushda koʻrdi. Dedi: Yo Rab, bir hojatim
Do'stlaringiz bilan baham: |