Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
76 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ul debdurki, kemada erdim. Yel qoʻbdi va qoʻlak boʻldi va xalq duogʻa faryod 
torttilar. Kemada darveshe erdi, boshin gilimiga chirmagʻon. Aning qoshigʻa borib 
ayttilarki, agar telba emassen, bu holatdaki xalq duoga mashgʻuldurlar, sen ham bir 
nima degil! Boshin gilimdin chiqardi va dedikim, [sening qalbingga hayronman, nega 
bizdan yuz oʻtirdi?]
(1)
 va boshini yuqorigʻa tortti. Dedilarki, ne devonadur? Anga 
derlarki, duo qil, ul bayt oʻqur! Yana boshin gilimdin chiqardi va soʻnggi misrani 
oʻqidikim, [menga boʻlgan yuksak muhabbating nega yoʻqoldi?]
(2)
. Ul yel va oshub 
biror nima oʻksudi. Yana anga dedilarki, bir nima degil! Bosh chiqardi va dedikim, 
 
bayt: 
[Ikkisidan ham ajoyibrogʻi shuki, gʻazablangan 
holimda ham senga rizo koʻzi bilan boqaman]
(3)
 
Yel taskin topti va koʻlak orom tutti, Shayx ul-islom debdurki, bu ikki baytning 
uchunchisin men bir yerda koʻrubmen va ul budur. 
 
Bayt: 
[Agar vasling ila lutf etsang, meni tiriltirasan, 
yoʻqsa, bu yoʻl meni halokatga olib boradi]
(4)

236.
 
A
BUBAKR 
M
ISRIY Q
.
 T
.
 S

Oti Muhammad b. Ibrohimdur. Abubakr Duqqiy va Qirofiyning ustodi va Zaqqoqi 
Kabiriing shogirdidur. Junayd va Nuriy q. s. bila suhbat tutubdur. Uch yuz qirq 
beshda Ramazonda dunyodin oʻtti, Abubakr Atufiy bila muvofiq. Ul debdurkim, 
Junayd va Nuriy q. s. bila erduk va mashoyix va soʻfiyadin koʻp el bor erdi. Qavvol 
nima oʻqidi, Nuriy samo’gʻa kirdi va Junayd oʻlturub erdi. Nuriy Junayd boshigʻa 
kelib, bu oyatni oʻqidikim, [Albatta, eshita oladigan zotlargina qabul qilurlar]
(1)

Junayd dedikim, [Siz togʻlarni koʻrib, tek qotib turibdi, deb oʻylarsiz. Holbuki ular 
ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar]
(2)

237.
 
A
BUBAKR 
D
UQQIY Q
.
 T
.
 S

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Dovud Dimishqiy. Umri yuz yigirmaga 
tortti. Abu Ali Rudboriyning aqronidin. Debdurlar, Ibn Jallo anga nisbat durust qilur. 
Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. Junaydni koʻrib erdi va Abubakr Misriy bila suhbat 
tutub erdi. Jahonning mujarradi erdi vaqtining kibori mashoyixidin erdi. Uch yuz ellik 
toʻqqizda dunyodin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Boku dediki, 
Duqqiyning quli dediki, Duqqiy dediki, [ofiyat tasavvuf bilan boʻlmas]
(1)
. Va Xusriy 
debdur, sufiyga ofiyat bila ne ish? Abu Abdulloh Rudboriy daryo qirogʻida vasvasasi 
bor erdi. Tahorat qilur erdi va yel kelur erdi va ayogʻiligi yorilur erdi va qon kelur 
erdi. Darmonda boʻldi va dedi: [Ollohim ofiyat ber!]
(2)
 Un keldiki, [ofiyat ilmda, 
ya’ni shariatda]
(3)
. Shayx ul-islom debdurki, Abubakr Duqqiy dediki, Nusaybinda 
Sumay’iygʻa mehmon boʻlduk. Vaqt xush erdi va qavvol xush va hech yot kishi yoʻq. 
Hech zavqu hol boʻlmas erdi. Sumay’iy dediki, ne deysen? Duqqiy dediki, ulcha ul 
deydur, mendin va sendindur muttasil quloqqa kelurkim, men va sen. Tasavvufda 
men va sen qaydadur? Sufiygʻa birdin oʻzga boʻlmas. Holo shure paydo boʻldi va 
oshub qoʻpti. Ashob toʻnlarin yirtarlar erdi va yiqilurlar erdi, kishi qolmadi yaqosin 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish