Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
77 
library.ziyonet.uz/ 
 
yirtmagan. 
 
Duqqi debdurki, [qurbning belgisi Allohdan oʻzga barcha narsadan uzilishdir]
(4)
. Va 
ham aning soʻzidirki. [Qalb nurlanishi sababli unda Allohu taoloning oyatlari joy 
olsa, bashariy sifatlar va aqliy noqisliklar zoyil boʻladi. Ba’zan faqirning Allohga 
nisbatan adabsizligi haqida soʻrashdi. Duqqiy aytdi: bu haqiqiy nlmdan uzoqlashib, 
zohiriy ilmga oʻralashish]
(5)

238.
 
A
BUBAKR 
T
AMASTONIY Q
.
 T
.
 S

Beshinchi tabaqadindur. Forsdin erdi. Shibliy q. s. shogirdi erdi, Ibrohim Dabbogʻ 
Sheroziyning ham. Kibor mashoyixdin erdi. Oyotu karomot iyasi va oʻz holu vaqtida 
yagona erdi. Shibliy ani buzurg tutar erdi va qadru maholin ulugʻ qoʻyar erdi. Fors 
mashoyixi bila suhbat tutub erdi va alarni azim hurmat tutarlar erdi. Shukru muhabbat 
anga gʻolib erdi va buyuk kalom va rumuzi bor erdi. Forsda kishiga aning kalomin 
eshitur quvvat yoʻq erdi. Mashoyix andoq savob koʻrdilarki, ul Xurosongʻa borgʻay. 
Nishoburgʻa keldi va anda uch yuz qirqda dunyodin oʻtti. Ul debdurki: [qalb tirikligi 
nafsni oʻldirish bilandir]
(1)
. Birav anga dedikim, manga vasiyate qil! Ul dediki, 
[doimo himmatli boʻlki, u barcha ishlarning kuchi va manbaidir]
(2)
. Va ham ul 
debdurki, ulugʻroq ne’mat – chiqmoqdur nafsdin, ne uchunki, nafs ulugʻroq hijobdur 
sening bila Tengri taolo orasida. Va ham ul debdurki, mumkin emas chiqmoq va 
qutulmak nafsdin, oʻz nafsing bilaki, aning bila qutula olgʻaysen va aning suhbati 
bila. 
239.
 
A
BUBAKR 
F
ARRO

 Q
.
 T
.
 S

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Ahmad b. Hamdun Farro’dur. 
Nishoburning ajilla adashoyixidindur. Azim farosati bor ermish. Shayx Amu ani 
kurgan ermish. Ul debdurki, men Abubakr Farro’ni kur-masam erdi, soʻfiy 
boʻlmagʻay erdim. Va Abu Ali Saqafiy va Abdulloh Munozil va Abubakr Shibliy ta 
Abu Tohir Abhariy va Murta’ish va gʻayruhu bila suhbat tutubdur. Mashoyixda 
yagona ermish. Uch yuz yetmishda dunyodin boribdur. Ul debdurki, [yaxshiliklarni 
yashirish yomonliklarni yashirishdan tuzukroqdir. Shunda najot topishga umid bor]
(1)

240.
 
A
BUBAKR 
S
HABAHIY Q
.
 S

Beshinchi tabaqadandur. Oti Muhammad b. Ja’far Shabaxiydur. Vaqt mashoyixining 
javonmardlaridin erdi. Nishoburda Shayx Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Uch 
yuz yetmishdin burun dunyodin oʻtibdur. Ul debdurki, [futuvvat–xushxulqlik va zzgu 
saxovatdir]
(1)

241.
 
A
BUBAKR 
T
ARSUSIY Q
.
 S

Shayx ul-islom ani oltinchi tabaqadin tutubdur. Oti Ali b. Ahmad b. Muhammad 
Tarsusiydur. Pillar Makkada mujovir erdi. Va ani Tovus ul-Haramayn der erdilar, 
ibodati kasratidan Abulhusayn Molikiyning shogirdidur. Ibrohim Shayboniy 
Kirmonshohiy bila suhbat tutubdur va nisbat anga durust hilur. Uch yuz yetmish 
toʻrtda dunyodin oʻtibdur. Makkada Shayx Sirvoniyning aqronidin ermish. Shayx ul-
islom debdurki, Shayx Abbos Faqir menga dedikim, Shayx Abubakr Haramiy 
dedikim, Makkada birov uyida mehmon erduk. Mezbonning bir kanizaki bor erdikim, 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish