Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
85
library.ziyonet.uz/
Xayronni kelturgay. To qazoni anga arz qilgʻaylar, Shayx eshitti va yoshundi. Necha
kishini muvakkil qildilarki, chun suvgʻa muhtoj boʻlsa chiqqay, olib eltgaylar. Un
kundin ortuq chiqmadi. Vazirgʻa bu xabar yetishdi, dedi: qoʻying, bizga maqsud ul
erdiki, xalq bilgaylarki, bizing mulkda andoq kishi borkim, sharqdin gʻarbgʻacha
mulk qazosnn anga bersalar, ul qabul qilmas ermish. Ul debdurki, [kimki biror
narsaga orqa qilsa, aqli ketadi]
(1)
.
261.
A
BU
A
LI
S
IRJONIY Q
.
S
.
Debdurlarki, anga musofire yetishti, bir igna uchun ani yetmish qatla bozorgʻa
yibordiki, mundin yaxshiroq kerak. Ul qariligʻ va za’f va buzurgluki bila borur erdi
va yana bir olib kelur erdi. Yetmish qatladin soʻngra bir suzangarni rlib keldikim,
nechukkim ul tilagay, saranjom qilgʻay. Ul musofir dedikim, darigʻkim, yarim
haqimdin ortuq emas ermishsen; agar yasaguchini kelturmasang, yetti yuz qatla seni
yiborgum erdi.,
262.
A
BDULLOH B
.
M
UHAMMAD
M
A
’
RUF
M
URTA
’
ISH Q
.
S
.
Toʻrtunchi tabaqadindur. Nishoburlik Kuniyati Abu Muhammad. Hiyra mahallasidin.
Bagʻdodda boʻlur erdi. Iroq mashoyixining yagonasidur, a’immasidin, Abu Hafs
Haddod ashobidindur. Va Junayd q. s. ni koʻrub erdi. Debdurlarki, Bagʻdodning
ajoyibi uch nimadur: Shibliyning za’qasi va Murta’ishnidg nuktasi va Xuldiyning
hikoyati. Murta’ish Bagʻdodda Shuniziya masjidida uch yuz yigirma sakkizda
dunyodin oʻtti yo yigirma uchda. Abu Hafs anga sayohat buyurib erdi. Har yil ming
yigʻoch safar qilur erdi, yayogʻ va boshyalang. Va hech shahrda oʻn kundin ortuq
turmas erdi, goh boʻlgʻay ediki, uch kundin ortiq boʻlmagʻay erdi. Ibrohim b.
Muvallid derkim, Murta’ish Raqqa’gʻa keldi. Ibrohim Qassor aning uchun bir tabaq
non va uzum yibordi, Murta’ishning bir mirzi bor erdi va poʻstnni. Mirzni iyzor qildi
va poʻstinni sotti va bir tabaq non va uzum olib, Ibrohim Qassorgʻa yibordi. Va
dediki, non va uzumga non va uzum; agar sening Tengri taolo bila bir holing bor,
tashqari chiq! Ibrohim bizga ayttikim, to mundadur, aning bila soʻzlashmang va anga
salom qilmayg. Ul uzun muddat Raqqa’da iqomat qildi. Bir kun anga yettim. Dedim,
yo Abo Muhammad, muncha xorliqkim sanga yetishti, hanuz mundasen? Dedi:
mening bu yerda muncha iqomatimgʻa sabab ushbu erdi, yoʻq ersa men oʻzga
shahrlarda muncha iqomat Qilmas erdim. Murta’ish debdurki, hargiz oʻzumni xavos
botini bila koʻrmadim, to avom zohiri bila koʻrmadim. Andin soʻrdilarki, Tasavvuf
nedur? Dedikim, ashkol va talbis va kitmon. Ham andin soʻrdilarkim, [qaysi amal
afzal?]
(1)
. Dedi: [Alloh faglini koʻrmoq]
(2)
. Va bu bantnn oʻqidikim,
bayt:
[agar taqdir qoʻllasa, ojiz kuchliga aylanadi]
(3)
.
Va ham ul debdurki, [rizqlarning afzali yaxshi bandalik qilish va sunnatga
muvofiq xnzmatdir]
(4)
.
263.
A
BDULLOH B
.
M
UHAMMAD
M
ANOZIL Q
.
T
.
S
.
Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Muhammad. Nnshobur mashoyixi
buzurglaridindur. Hamdun Qassor bila suhbat tutubdur va bu tariqatni andin olubdur.
Mashoyixdin biri debdurki, men bu qavmdin bir tamom kishi va bir yarim kishi
Do'stlaringiz bilan baham: |