Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
82
library.ziyonet.uz/
Sirvoni-yning ustodidur. Misrda boʻlur erdi. Ul debdurki, tilar erdimki, Abulhasan
Muzayyinni sinagʻoymen. Eshikiga borib qoqtim va dedimki, ey saroy iyalari, manga
bir nima bila muvoso qiling! Ul kishisiga ayttikim, bir nima berkim, ul agar Tengrini
tanisa erdi, manga kelmas erdi, ya’ni imtihangʻa. Chun eshittim, qoʻydum va oʻttum.
251.
A
BUBAKR
Q
ATI
’
IY Q
.
S
.
Bagʻdodning imomi va hofir erdi. Hadisda Abdulloh Ahmad HanbAliing shogirdidur.
Va Junayd q. s. ni koʻrub erdi. Ul debdurki, Junayddin eshittimki, dediki, ohvoyki,
har kun oʻzga ishdasen, ne boʻlgʻayki, bir kunni mening ishimda qilgʻaysen. Ul
Bagʻdodda uch yuz oltmish sakkizda Zulhijja oyi dunyodin oʻtti.
252.
A
BUBAKR
H
AMADONIY Q
.
S
.
Shayx ul-islom dedikim, Husayn Faqir dedikim, Abubakr Hamadoniy dedikim,
darveshlik uch nimadur [tark uttama’ valman’u valjam’u]
(1)
– el nimasiga tama’
qilmamak, agar nima boshingga kelsa man’ qilmamak, har ne jam’ qilmamak!
253.
A
BUBAKR
K
AFSHIRIY Q
.
S
.
Kafshir Shomda bir kentdur. Ul debdurki, Bani Isroyil tihida borur erdim. Manga
parzada oʻtmak va chboqla havas boʻldi. Filhol boqda sotquchining uni keldi tihdaki
qoshimgʻa kelturdi. Shayx ul-islom debdurki, bu karomat emaski, Tasavvuf tariqida
begʻarodur.
Bir darvesh bodiyada suvsiz boʻldi, oltin qadahda sovuq suv ollida hozir qildilar. Ul
darvesh dediki, sening izzating haqqiki, bu suvdin ichmagʻaymen, magar bir a’robiy
iligidinki, meni silliy urgʻay va suv bergay, yoʻq ersa karomot bila suv kerakmas.
Gʻurur xavfidin muni dedi. Va dedi: qodirsen angakim, mening javfumda suv ijod
qilgʻaysen, ya’ni zohir karomot makrdin emin boʻlmagʻay.
Shayx ul-islom debdurki, haqiqat karomot bila durust boʻlmaskim, haqiqat xud
karomotdur va karomot zuhhod bila abdolgʻa boʻlgʻay.
254.
A
BUBAKR
D
OVUD
D
INAVARIY Q
.
S
Shomda boʻlur erdi. Ibn Jallo bila suhbat tutubdur. Ul debdurki, «me’da taom
mahalidur, agar anda halol taom solsang, toat quvvati topqaysen va agar shubha bila
boʻlsa, Haq yoʻlin sanga yopqay va agar ha-rom boʻlsa, ma’siyat zoyanda boʻlgʻay».
Derlarki, ul yuz yil umr topti va uch yuz ellikda Dinavarda dunyodin oʻtti.
255.
A
BU
A
LI
R
UDBORIY Q
.
T
.
S
.
Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Qosim Mansur. Vuzaroning
roʻasoni abnosidindur va nasabi Qasriygʻa yetar. Bir kun Junayd q. s. masjidi jome’da
soʻz aytur erdiki, aning koʻzi masjidi jome’ga tushti, Junayd majlisiga. Junayd
biravga soʻz asnosida dediki, [soʻzimni eshit]
(1)
. Abu Ali sogʻindiki, anga dedi, turdi
va quloq soldi. Junayd kalomi aning koʻnglida yer tutdi va muassir tushti, har
nedakim bor erdi, boridin chiqti va bu qavm tariqigʻa iqbol koʻrguzdi. Hofizi hadis
erdi va olim va faqih va adib va qavm sayyidi. Abu Abdulloh Rudboriyning xolidur.
Do'stlaringiz bilan baham: |