Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
78
library.ziyonet.uz/
nima oʻqiyolur erdi, muni oʻqidikim, [bir qavm sen uchun meni oz va soz malomat
qildi]
(1)
. Bir darvesh ayogʻ ustigʻa qoʻpti va bir necha faryod qildi va dedi: kim
malomat qildi sening mehringda, magar sen? Bu harfni dedi va yiqildi va dunyodin
oʻtty. Shayx ul-islom dediki, Abu Abdulloh Boku dedikim, Ayyub Najjor Makkada
bir Qazviniy uyida samo’ qilur erdi. Goʻyanda bir forsiy bayt oʻqudn. Ul qoʻpti tuz
qaddi bila va dedi: nafire sendin! Va yiqildi va behush boʻldi va dunyodin oʻtti.
Shayx ul-is-lom debdurki, Abulqosim Shayx qavm bila mehmonligʻda erdilar,
goʻyandaye oʻqidikim,
She’r:
[Har uyki, unda sen boʻlsang, chiroqqa hojat yoʻq.
Odamlar hujjati bilan keladigan kunda sening muborak jamoling bizning
hujjatimizdir.
Sendan xalos boʻlishnn xohlasam,
Alloh meni xotir-jam qilmasin]
(2)
.
Abulqosim Shayx oʻng iligin koʻtardi va necha faryod urdi va yiqildi va olamdin oʻtti.
Shayx ul-islom debdurki, birav bu toyfadin dediki, Nishoburda hodisaye erdiki,
xaloniq shahrdin chiqib erdilar. Mey bir masjidda erdim. Va ul masjid goʻshasida
yana bir dariyesh. erdi. Goʻyandaye kirdi, ul darvesh anga dedikim, bir nima oʻqi! Ul
oʻqidikim,
bayt:
[Qalbim va ishq oʻrtasida shunday ma’rifat mavjudki, abadiylik tugasa
ham u tugamas.
Albatta dunyodan oʻtaman, butun borligʻimdagi muhabbatingdan hechkim
ogoh boʻlmaydi]
(3)
.
Ul darvesh yiqilib, ikki namoz orasigʻacha talpinur. erdi to olamdin oʻtti. Shayx ul-
islom debdurki. Ubulla shahridakim, Kufa bila Basraning orasidadur, darveshe borur
erdi, Bir koʻshk tubiga yetti. Bir gʻurfada bir uluq kishi oʻlturub erdi va ilayida bir
kanizak mugʻan-niylik qiladur erdi. Darvesh eshittikim, bu baytni oʻqiydurkim,
bayt:
[Har kun ranging oʻzgarar. Uzgarmasa senga yaxshiroq.
Har kun holing oʻzgarar, oʻzgarmasa senda goʻzalroq]
(4)
.
Darveshga hush keldi va mugʻanniygʻa ont berdikim, [ey kanizak, Allohga va Xojang
hayotiga qasamki, bu baytni takror oʻqi!]
(5)
Kanizak takror qilaboshladi. Xoja ul
takror sababin soʻrdi. Kannzak dedikim, koʻshk tubida bir darveshki vaqti hush
boʻlubdur va takroriga ont beradur. Xoja quyi boqti va ul gʻaribni koʻrdikim, vaqti
xushboʻlib, samo’ qiladur. Oxir bir soʻz aytti va faryod qildi va yiqildi va jon berdi.
Xoja chun ul holni koʻrdi, vaqti mutagʻayynr boʻldi va kanizakni ozod. qildi. Va
shahrning ulugʻlarin tiladi va ul darveshga namoz qildilar va dafn qildilar. Va ul
xaylgʻa dedikim guvoh boʻlingki, har nimamki bir ziyo’u amloqdin borin vaqf qildim
darveshlarga. Va har nesn vajhu diramdin bor erdi, borisin berdi va toʻnin chiqardi va
muraqqa’ kiydi va rido soldi va bodiyagʻa yuz qoʻydi. Va el boqib turub erdilar, to
Do'stlaringiz bilan baham: |