Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
81
library.ziyonet.uz/
Oti Muhammad b. Ahmad b. Ibrohimdur, imom va buzurg erdi. Jarjarobod
shahridindur. Junayd bila Yusuf b. Husaynni koʻrub erdi va Abu Usmon Hiriy bila
suhbat tutubdur. Uch yuz oltmish toʻrtta dunyodin oʻtti, umri uzoqqa tortti. Shayx
Amu ani koʻrub erdi. Aning tasnifi bir kitobdur. Anda kelturubdurki, Abu Said
Xarrozdin olamdin oʻtar chogʻda soʻrdilarki, ne arzing bor? Dedikim, hasratim bor
gʻaflatga. Va ham ul debdurki, Yusuf b. Husayn debdurki, andoq boʻlib-menki,
mening soʻzimni Allohu taolodin oʻzga kishi eshitmas. Shayx ul-islom debdurki, bu
soʻz oxirida andoq boʻlurki, ul pir debdur.
247.
A
BUBAKR
Q
ASRIY Q
.
T
.
S
.
Hubayra qasridin erdi, valiy va gʻayb ahlini koʻrar erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif
debdurki, bir kun Shayx Abubakr Qasriy manga dedikim, kel sahrogʻa boroli. Borur
erduk, bir qavmni koʻrdukki, bozor tomida iard oʻynarlar erdi. Shayx Abubakr borib,
alar qoshigʻa oʻlturdi va alar bila ilik oʻyungʻa eltti. Va men hijolatdin terga botib
erdimki, bu nedurki, ul qiladur? Oxir tushti va borur erduk. Jam’i shatranj oʻynar
erdilar, alar sari borib, shatranj bisotin olib yirtib, yigʻochlarni har yon sochdi.
Alardin ikki kishi anga bichagʻ torttilar. Va ul dediki, bichagʻlaringizni manga
beringkim yeyin. Alar ilig torttilar, biz oʻttuk. Va men botinimda aning bila
xusumatdakim, avvalgi ne farahroʻliq edi va soʻnggi noxush ihtisob ne erdi? Anga
ma’lum boʻldi va dedikim, ul vaqt laduniy nazarn bilz bokar erdim, farq koʻrmadim,
soʻngra ilm nazari bila boqtim, hukm koʻrdum.
248.
A
BUBAKR
M
AVOZINIY Q
.
S
.
Misrda boʻlur erdi. Shayx Sirvoniyning ustodidur. Ul debdurki, Ibn Xabbozdin
eshittimki, dedikim, azho iydida Jamra yaqinida erdim. Bir darvesh koʻrdum, turub
erdi va iligida bir koʻza yo rikva. Va der erdikim, [Ey Egam, odamlar qurbonliklari va
sadaqalari bilan senga yaqinlashadilar. Menda jonimdan boshqa hech narsa
yoʻq.]
(1)
Kegin u na’ra tortdi va jon berdi.
249.
A
BUBAKR
U
SHNONIY Q
.
S
.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, menipg shogirdlarimdin biri kelib dediki, Shayx
Abubakr Ushnoniy tomdin yiqilib oyogʻi sindi, dagʻi oʻtti. Va ul bu nav erkandurki,
navjavoniy kelib, qavvollik qiladur ermish. Abubakr Ushnoniygʻa vaqt xush
boʻlibdur va bexud tomdin yiqilibdur va oʻtubdur. Shayx Abu Abdullo.x anda borib
soʻrubdurkim, qavvol qaysi baytni oʻqidi? Debdurlarki, bu ikki baytni.
Bayt:
[Oʻz holiga tashlab qoʻiilgan dardmand oshiqning dardi oʻlimdan ogʻir.
Agar yashasa, turmushi qiyin, oʻlsa, armon bilan oʻladi)
(1)
.
Bu abyotni eshitgach Shayx Abu Abdulloh Xafif toʻrg kun oʻzidin gʻoyib erdi. Ul
qavvolni uzattilarkim, yana bu ish tegrasiga evrulma! Abubakrni dafn qildilar va ul
bexabar erdi. Shayx ul-islom dediki, suvsizgʻa oson ish nedadur suvdin oʻzga? Bir
doʻst vafosida bir doʻst bordi.
250.
A
BUBAKR
M
AG
ʻ
OZILIY Q
.
T
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |