5- bo’lim
Taqvodorlik va dunyoviylik:
Islom dinida xayr-sadaqaning o’rni
Xurosondagi vaqf faoliyati
Vaqf o’rta asrlardagi barcha musulmon jamiyatlari uchun xos bo’lgan. U vaqf beruvchi (voqif) tomonidan xususiy mulkni va undan olinajak foydani doimiy yoki umrbod qaytarib olinmaslik sharti bilan hayriya maqsadida ko’ngilli ravishda topshirishdir. Vaqf harakati vaqfiya yoki vaqfnoma deb yuritilib, qozi va guvohlar ishtirokida qonuniy ravishda nazoratga olingan. Voqif maquf alayh (vaqf oluvchi) ni shuningdek, shariat qonunlariga muvofiq belgilangan shartlarni bajaruvchi mutavalli (vasiy) ni tayinlash huquqiga ega edi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar ta’sirida fiqh maktablari keng tarqalgan ba’zi hududlarda qonunning ba’zi bandlari boshqacha talqin qilingan. Quyida keltirilgan ma’lumotlarda islom dini keng yoyila boshlagan vaqtdan to Temuriylar davrigacha sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda ustunlik qilgan Hanafiy mazhabi ulamolarining vaqfga oid qarashlari yoritib beriladi. Ushbu mazhabda vaqf eng qulay imkoniyatlarni ta’minlagan, u nafaqat ko’chmas mulkni balki ko’char mulkni ham, hattoki, naqd va suyurg’ol kabi foyda keltiruvchi mulkni ham topshirishni ham ta’minlagan. Shuningdek, vaqf beruvchi o’zi va avlodlarini vasiy etib tayinlashga va o’zlarini vaqfning asosiy egalari sifatida belgilashga ruxsat berdi.
Xurosonda XIII asr oxiri XIV asr boshlarida auqof (vaqflar) faoliyati keng yoyila boshladi, XV asrning ikkinchi yarmiga kelib misli ko’rilmagan darajada vaqf ishlari amalga oshirilgan. Xondamirning so’zlariga ko’ra, Xurosonda hadya qilingan mulklar soni shu darajada ko’payib ketdiki, Sulton Husayn vaqf faoliyatini nazorat qiluvchi sadr lavozimini joriy qildi. O’rta asrlardagi islom madaniyati tarixida Husayn Boyqaro hukmronligi davrida eng mashhur jamoat binolari hamda me’moriy yodgorliklarni qayta tiklash ishlari tartib bilan qo’ldan qo’lga o’tib, inshootlarni ta’mirlash va bu harakatlarni qo’llab-quvvatlovchi vaqf jamg’armasi ta’sis etilgan. Muzaffar al-Isfazoriy ma’lumotiga ko’ra, Xuroson tarixida keng qamrovli qurilish ishlari Husayn boyqaro hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Bunda atoqli madaniyat homiysi, besh million dinor mablag’ini taxminan 370 bino va jamoat ishlari qurilishiga sarflagan Mir Alisher Navoiyni o’rni beqiyos baholanadi.
Sulton Husayn o’z davrining eng katta vaqf homiysi hisoblangan. Ma’lumotlarga ko’ra, shaxsiy mulkiga unumdor qishloq xo’jaligidagi unumdor yerlarining katta qismini vaqfga o’tkazish maqsadida sotib olgan. XV asrning birinchi qismiga kelib, bu an’anani Shoxrux Mirzo ham davom ettirgan. Hukmron oila vaqf mulklari vaqfi xossai sulton yoki vaqfi humoyun deb yuritilib, vaqfning turli toifalari va buni nazorat qiluvchi sadr lavozimi joriy qilingan. Husayn Boyqaroning vaqfga oid katta ko’lamdagi davlat mulkini xususiylashtirish va qonuniy jarayonlari keyingi qismda muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |