Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
88 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bagʻdodqa bordi va necha vaqt anda iqomat qildi va mashoyix bila suhbat qildi. Va 
soʻngra Bagʻdod kentlaridin biriga bordi va mutaahhil boʻldi. Va anda vafot qildi. 
270.
 
A
BULXAYR 
H
IMSIY Q
.
 T
.
 S

Borlar bodiyani Ka’ba safarida tavakkul qadami bila qat’ qildi. Va uch yuz oʻnda 
dunyodin oʻtti. 
271.
 
I
BROHIM B
.
 
S
HAYBON 
K
IRMONSHOHIY Q
.
 S

Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq. Jabal shayxidur. Uz vaqtida anga 
maqomot erdi vara’u taqvodakim, xalq andin ojiz erdi. Abu Abdulloh Magʻribiy va 
Ibrohim Xavvos q. s. ning ashobidindur. Abu Abdulloh Manozildin soʻrubdurlarkim, 
aning bobida dersen? Debdurki, [Ibrohim faqirlarga, adab ahliga va muomalalarga 
Allohning hujjatidir]
(1)
. Uch yuz oʻttuz yettida dunyodin oʻtubdur. Oʻl debdurki, har 
kim mashoyix hurmatin asramagʻay fosid muddaosi bila oʻz haqqida botil tamannosi 
bila giriftor boʻlub fazihat boʻlgʻay. Va ham ul debdur, darvesh desakim, mening 
na’laynim, aning sari boqmang, ya’ni darveshga kerak mulk boʻlmasa. Ul debdurki, 
otam manga vasiyag qildiki, ilm oʻrgan, zohir odobi uchun va vara’pesha qil, botin 
odobi uchun. Va ul nimadin yiroq boʻlki seni Tengri taolodin, mashgʻul qilgʻayki, oz 
tusharki kishi andin yuz evurgay va yana ul davlatni topqayki yuz aning sari qilgʻay. 
272.
 
A
BU 
Z
AYD 
M
ARG
ʻ
AZIY 
X
UROSONIY Q
.
 S

Shayx ul-islom debdurkim, ul faqih erdi. Hajgʻa boradurgʻonda Kirmonshohqa 
yetishti Ibrohim Shaybonni anda topti. Ul yil haj azimati tarkin qildi va aning 
suhbatin lozim tutti, oʻz koʻnglining imorati uchun. Andin soʻngra uch haj guzorladi. 
Ul kunki, Xoja Abu Yazid olamdin oʻtti, azim yogʻin erdi. Chiqara olmadilar, uyida-
oʻq dafn qildilarki, majol topsalar, chiqarib eltkaylar va muqarrar qilgʻan yerda 
qoʻygʻaylar. Chun qabrini ochdilar, ani qabrda topmadilar. Shayx ul-islom debdurki, 
bu valoyatni fiqhdin topmaydur erdikim, ul pir suhbati barakatidin topib erdi. 
273.
 
I
BROHIM B
.
 
A
HMAD 
M
UVALLID 
S
UFIY 
R
AQQIYQ
.
 S

Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoqdur va Raqqaning kibori 
mashoyixidindur. Abu Abdulloh Jallo va Ibrohim Qassor Raqqiy bila suhbat tutub 
erdi. Uch yuz qirq iqkida dunyodin oʻtti. Qardoshi Abulhasan ibn Ali Hamadon ani 
tush koʻrdi va dediki, manga vasiyate qil! Ul dedi: [To rabbing bilan uchrashguncha 
oʻzingga faqirlik va xorlikni lozim tut!]
(1)
. Ul debdurki, [faqrning haqiqati shuki, 
banda Haq s. t. dan boshqaga biror narsada ehtiyoj sezmaydi]
(2)
. Va ham ul debdurki, 
ajab kelur manga biravdinkim, bilgandin soʻngraki, anga Tengri sarn yoʻldur, aning 
gʻayri bila nechuk zindagonlik qilur. Va hol ulki Xudoyi taolo derki: 
[Parvardigoringizga qaytinglar va unga boʻysuninglar!]
(3)

274.
 
I
BROHIM 
J
ILIY R
.
 T

Jil yeridin ermish. Shukuhlik buzurg pir ermish. Bu toifaning vaqtin sofiy tutar 
ermish. Shayx Abulazhar Istaxriy debdurki, ul ammzodasigʻa mubtalo boʻldi va ani 
nikohigʻa kiyuurdi. Va anga andoq mash’uf boʻldikim, aning muhabbatidin bir lahza 
aning qoshidin qoʻpa olmas erdi. Bir kun dedikim, bu ne ishdurki, men andamen; agar 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish