Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 205-guruh talabasi JUMABAYEVA SEVARAning Navoishunoslik fanidan Mustaqil ishi.
Mavzu: “Sab’ai sayyor”dan 10 baytning ritmik xususiyatlarini o‘rganish Reja: - “Sab’ai sayyor ” dostoni haqida
- “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi.
- Dostonning ritmik xususiyatlari
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to'rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420-438-yillarda podsholik qilgan)ga borib taqaladi. Bu podsho qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom bilan bog‘liq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar dastavval eronliklar tomonidan vujudga keltirilgan va davrlar o'tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi. Bahrom obrazi dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlanadi. Firdavsiy Bahromni musbat va manfiy jihatlarga ega murakkab shaxs sifatida tasvirlaydi: u bir tomondan, adolatsevar podsho, vatanparvar yurt egasi, tengsiz aql-idrok, kuch-quvvat sohibi, mohir ovchi bo'lsa, ikkinchi tomondan, kitobxon ko‘z o'ngida aysh-ishratga, ehtirosga o‘ch, xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida gavdalanadi. “Shohnoma”-da Bahrom Go‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug'ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o'z kanizagi Ozoda bilan to'qnashuviga doir voqealar qalamga olingan. - Alisher Navoiy “Xamsa”sining to'rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420-438-yillarda podsholik qilgan)ga borib taqaladi. Bu podsho qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom bilan bog‘liq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar dastavval eronliklar tomonidan vujudga keltirilgan va davrlar o'tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi. Bahrom obrazi dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlanadi. Firdavsiy Bahromni musbat va manfiy jihatlarga ega murakkab shaxs sifatida tasvirlaydi: u bir tomondan, adolatsevar podsho, vatanparvar yurt egasi, tengsiz aql-idrok, kuch-quvvat sohibi, mohir ovchi bo'lsa, ikkinchi tomondan, kitobxon ko‘z o'ngida aysh-ishratga, ehtirosga o‘ch, xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida gavdalanadi. “Shohnoma”-da Bahrom Go‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug'ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o'z kanizagi Ozoda bilan to'qnashuviga doir voqealar qalamga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |