Navoiy tashbih san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chimioliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko'nglini nimjon pashshaga o'xshatadi: Toat aylarda mo'ri xasta barin, Lek isyon mahalli sheri arin. Nim jon pashsha ko'nglum ayla gumon, Z o‘ri nafsim nechukki pili damon. Shuningdek, munojotda yaratilayotgan asarning shuhratini olamga yoyishni so'rab qilingan iltijo ham mavjudligini ko'ramiz: Shuhratin olam ichra paydo qil, Olam ahlin alarga shaydo qil. Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag'ishlanadi. Hob Harlavhasida "Ul shohi risolat panoh na’tikim” degan jumlalarning qo'llanilishi tasodifiy bo'lmay, yozilajak dostonning bosh qahramoni shoh ekanligiga ishora. Bobda Payg'ambarimizning asli qurayshiy, yerlari abtahi, mazhablari hoshimiy, Manzillari Yasrib ekanligi aytilgach, U zotning nuri “Lot” bilan "Uzzo” ismli butlarni shikastlagani, ismlarining harflari yechilganda, ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr eli motamining zulmatiga, din elining esa ulug'vorligiga aylanishi aytiladi. - Navoiy tashbih san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chimioliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko'nglini nimjon pashshaga o'xshatadi: Toat aylarda mo'ri xasta barin, Lek isyon mahalli sheri arin. Nim jon pashsha ko'nglum ayla gumon, Z o‘ri nafsim nechukki pili damon. Shuningdek, munojotda yaratilayotgan asarning shuhratini olamga yoyishni so'rab qilingan iltijo ham mavjudligini ko'ramiz: Shuhratin olam ichra paydo qil, Olam ahlin alarga shaydo qil. Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag'ishlanadi. Hob Harlavhasida "Ul shohi risolat panoh na’tikim” degan jumlalarning qo'llanilishi tasodifiy bo'lmay, yozilajak dostonning bosh qahramoni shoh ekanligiga ishora. Bobda Payg'ambarimizning asli qurayshiy, yerlari abtahi, mazhablari hoshimiy, Manzillari Yasrib ekanligi aytilgach, U zotning nuri “Lot” bilan "Uzzo” ismli butlarni shikastlagani, ismlarining harflari yechilganda, ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr eli motamining zulmatiga, din elining esa ulug'vorligiga aylanishi aytiladi.
- To'rtinchi bob Me’roj tuni ta’rifiga bag'ishlanadi. Bunda payg'anibarimiz huzuriga elchi (Jabroyil) kelib, Haqning salomini yetkazganligi va oshiq o'z mahbubining visoliga erishmoq niyatida ekanligini xabar qilgani, payg'ambarimiz yaratuvchinhig huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni iltimos qilganlari va barcha istaklari birma-bir qabul qilinganligi haqida so‘z boradi, Beshinchi bob So‘z ta’rifida. Navoiy bu bobda so'zga yuksak baho berar ekan shunday yozadi: So'z kelib avval-u, jahon so'ngra, Ne jahon, kavn ila makon so'ngra... Alloh-Alloh, ne so‘zdurur bu so'z Mundin ortuq yana bo'lurmu so'z? Jism bo'stonig'a shajar so'zdur, Ruh ashjorig'a samar so'zdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |