Oltinchi bob ulug' salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag'ishlangan. Shoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to'xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko'plab qo'llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go'zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to'xtalib, uni "vasi’ maydon” (keng maydon) deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So'zda keldi vasi’ maydoni. Nizomiy haqida so'z yuritar ekan, u bu maydondan to'pni olib chiqib ketdi, ya’ni go'y va chavgon o'yinida yutdi: masnaviy yaratishda birinchi bo'ldi deydi: Qoyili xush kalomi zebogo‘y Kim , bu maydon elidin eltti go‘y... Ahli nazm afsahul kalomi ul, “Xam sa”ning nozimi Nizomiy ul. Xusrav Dehlaviyni Nizomiy beshligiga javob yozgan ijodkor sifatida ta’riflar ekan, uni "hind sehrgari, qaro balo, ofati Xudo” kabi tashbihlar bilan madh qiladi. Shuningdek, Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o'yinidagi oq ot-u (Nizomiy) qora filga (Dehlaviy), o'zini oddiy piyodaga nisbat beradi: Cheksa shatranj iki saf oq-u qaro. Xas ne qilg‘ay, chu tushsa arsa aro. 0 ‘zni topqay bisot aro payvast, Ot ila pit ayog'i ostida past. - Oltinchi bob ulug' salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag'ishlangan. Shoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to'xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko'plab qo'llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go'zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to'xtalib, uni "vasi’ maydon” (keng maydon) deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So'zda keldi vasi’ maydoni. Nizomiy haqida so'z yuritar ekan, u bu maydondan to'pni olib chiqib ketdi, ya’ni go'y va chavgon o'yinida yutdi: masnaviy yaratishda birinchi bo'ldi deydi: Qoyili xush kalomi zebogo‘y Kim , bu maydon elidin eltti go‘y... Ahli nazm afsahul kalomi ul, “Xam sa”ning nozimi Nizomiy ul. Xusrav Dehlaviyni Nizomiy beshligiga javob yozgan ijodkor sifatida ta’riflar ekan, uni "hind sehrgari, qaro balo, ofati Xudo” kabi tashbihlar bilan madh qiladi. Shuningdek, Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o'yinidagi oq ot-u (Nizomiy) qora filga (Dehlaviy), o'zini oddiy piyodaga nisbat beradi: Cheksa shatranj iki saf oq-u qaro. Xas ne qilg‘ay, chu tushsa arsa aro. 0 ‘zni topqay bisot aro payvast, Ot ila pit ayog'i ostida past.
Do'stlaringiz bilan baham: |