7-mavzu: BOTQOQLANISHINING OLDINI OLISH HAMDA QARSHI KURASHDA QO‘LLANILADIGAN AGROMELIORATIV TADBIRLAR.
Reja:
1.Erning meliorativ holatini o‘rganish tadbirlari.
2.Erning meliorativ nazorat qilish tadbirlari.
3.Erdan foydalanish koeffitsentini aniqlash. SHo‘rlanish kartagrammalarini tuzish.
3.Erlarni tekislash, ihota daraxtzorlar barpo qilish, almashlab ekish, sho‘r yuvish. Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish.
Tayanch so'z va iboralar: Ekin maydonlarining optimallashtirilishi, zamonaviy agrotexnologiyalar, yerlarni tekislash, joriy tekislash, asosiytekislash, qisman tekislash, yerlarni lazer nivelir yordamida tekislash, dala notekisligidan kelib chiqadigan ortiqcha suv taqsimoti, ixota daraxtzorlari, yerlarning sho'rlanishiga qarshi meliorativ tadbirlar, suv
xo'jalik, agrotexnik, fizik, kimyoviy, biologik, elektrotexnik va gidrotexnik tadbirlar, agromeliorativ tadbirlar, biologik tadbirlar, kimyoviy tadbirlar, gidrotexnik tadbirlar.
Bu borada xukumatimiz tomonidani olib borilayotgan ishlar:
2020 yilgacha paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartirish.
Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy grotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don yetishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go'sht yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko'paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko'zda tutilmoqda.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlari bag'ishlangan majlisi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya'ni “Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish”ga muvofiq, Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish rejalashtirilgan.
2022 yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g'alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish rejalashtirilmoqda.
8,1 ming gektar yerga kartoshka;
27,2 ming gektar yerga sabzavot;
5,9 ming gektar yerga intensiv bog';
2,9 ming gektar yerga tokzor;
10,9 ming gektar yerga ozuqa ekinlari;
4 ming gektar yerga moyli ekinlar ekish rejalashtirimoqda.
Yerlarni tekislash usullari.
1. Joriy – xar yili ekish oldidan mayda o'nqir – cho'nqirlarni tekislash, shu hisobiga 150 – 200 m3/ga suv tejaladi.
2. Qisman – ko'zga tashlanadigan ayrim do'ngliklar va chuqurliklarni tekislash, shu hisobiga 200 – 300 m3/ga suv tejaladi.
3. Asosiy - sug'oriladigan yerlarni kapital tekislash, shu hisobiga 300 – 700 m3/ga suv tejaladi.
Yerlarni yangi texnologiya yordamida tekislash.
Yerlarni lazer nivelir yordamida tekislash deganda, tuproqni bir joydan ikkinchisiga ko'chirish emas, balki suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni tejash tushuniladi. Lazer nurlari yordamida boshqariladigan yerlarni tekislash uskunasi mukammal sinalgan va bu texnologiya suvni tejash, suv taqsimotini yaxshilash va sug'orish suvidan samarali foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
Dala notekisligidan kelib chiqadigan ortiqcha suv taqsimoti
№
|
Dala maydoni rel`efi (sm)
|
Sug'orish suvining ortiqcha sarfi (m3)
|
Sug'orish suvi orqali sho'rlanishning kelib chiqishi (0.5 g/l)
|
Ortiqcha sug'orish orqali yer osti suvi ko'tarilishi
(tuproq g'ovakligi 40%)
|
1
|
5
|
500
|
250 кg/gа
|
0.2m
|
2
|
10
|
1000
|
500 кg/gа
|
0.4m
|
3
|
15
|
1500
|
750 кg/gа
|
0.6m
|
4
|
20
|
2000
|
1000 кg/gа
|
0.8m
|
5
|
25
|
2500
|
1250 кg/gа
|
1.0m
|
Tekislangandan so'ng yerlarning:
Afzalliklar
|
Kamchiliklar
|
Qishloq xo'jalik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi
|
Tekislangan dalada pastqam
yerlarning tuprog'i yetilguncha, boshqa joylarda nam ko'tarilib yer qurib ketadi
|
Urug'lar bir xil chuqurlikda tushadi
|
Bunday yerlarni kultivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi
|
Nihollar bir tekisda unib chiqadi
|
Ish sifatini pasaytiradi
|
To'liq ko'chat olinadi
|
Tuproqning nami tez bug'lanadi
|
6-7 foiz suv tejaladi
|
O'simlik yaxshi rivojlanmaydi
|
Tekislangan dalalarning xamma joyida namlik bir tekisda to'planadi, tuproq bir vaqtda yetiladi
|
Yumshatilmagan yerlarda yirik-yirik kesaklar paydo bo'ladi
|
Lazer nivelirida tekislashning afzalliklari.
Sug'orish suvi sarfi 20-25 %ga tejaladi;
Suvdan foydalanish samaradorligi 30 - 40%ga ortadi;
Sug'orish suvi orqali ortiqcha tuz kelishining oldi olinadi;
Sug'orishga ketadigan vaqt, ishchi kuchi va energiya tejaladi;
Dala maydoni ekinlar bir tekis unuvchanlikga ega bo'ladi;
Ekinlar bir xil me'yorda oziqa moddalar va namlik bilan ta'minlanadi;
Begona o'tlar miqdori 10-15 %ga kamayadi;
Qishloq xo'jaligida 1 gektar maydonda qo'shimcha 5-7ts hosil olishga
erishiladi;
Eng asosiysi, yerga ishlov berish to'g'ri olib borilsa dala maydoni 3-5 yilda qayta tekislanadi.
Ixota daraxtzorlari.
Ixota daraxtzorlari barpo qilishdan asosiy maqsad sug'oriladigan yerlarni shamol eroziyasidan himoya qilish va yuza joylashgan sizot suvlar sathini pasaytirishdir.
Ixota daraxtzorlari asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Kanal va shox ariqlarning qirg'oqlarini mustahkamlash
- Tuproqni shamol eroziyasidan saqlash
- Sizot suv sathini pasaytirish
- Dalalarni sanitariya – gigiena sharoitlarini yaxshilash.
Ihota daraxtzorlari barpo etishda foydalaniladigan daraxt turlari:
Tol, terak, kiparis, jiyda, oq akatsiya, qayrag'och, turang'il o'tkaziladi va shu
darahtlar yordamida ihotazorlar barpo etiladi.
Daraxtlar nasos sifatida ish yuritadi ya'ni o'zining ildizlari orqali tuproq suvlarini yutib, yaproqlari orqali bug'lantiradi. Natijada u bioligik drenaj (yerning zahini qochiruvchi) sifatida xizmat qilib menerallangan tuproq suvlarining sathini kamaytiradi, shunday ekan u tuproqning ikkilamchi sho'rlanishining oldini oladi.
Tuproqning yuqori unumdor qatlamining yo'qolib ketishi to'xtaydi - himoyalangan dalalarda shamol tezligining pasayishi tuproqning shamol eroziyasiga uchrashini oldini oladi yoki judayam sekinlashtirib yuboradi, natijada esa tuproqnig yuqorigi unumdor qatlamining uchishi to'xtaydi.
Yerlarning sho'rlanishiga qarshi meliorativ tadbirlar
Bu tadbirlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
Yer sho'rlanishining va botqoqlanishining oldini olish.
Sho'rlangan va botqoqlangan yerlarni tubdan yaxshilash.
Bu tadbirlar quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
a) sug'orish tarmoqlarida va sug'orish dalalarida bo'ladigan suv isrofgarchiligini keskin kamaytirish;
b) tuproq namligining bug'lanishini kamaytirish;
v) sizot suvlar sathini pasaytirish;
g) faol qatlamdan o'simlik hayoti uchun zararli tuzlarni yo'qotish.
Yerlarning sho'rlanishiga qarshi meliorativ tadbirlar.
Bu usullar suv xo'jalik, agrotexnik, fizik, kimyoviy, biologik, elektrotexnik va
gidrotexnik tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
Suv xo'jalik tadbirlari.
Bu tadbirlar, asosan, sug'orish tarmoqlari tizimining FIK qiymatlarini oshirishga qaratilgan bo'lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
Sug'orish suvidan rejali foydalanish
Sug'orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligiga qarshi
Ilmiy asoslangan sug'orish usuli va texnikasini joriy qilish.
Agromeliorativ tadbirlar.
Bu tadbirlar natijasida sho'r yerlardan foydalanish, sizot suvlari sathini gidrotexnik tadbirlarsiz pasaytirish, tuproq namligining bug'lanish qiymatini pasaytirish ishlarini amalga oshirish hisoblanib:
1.Sho'rlangan tuproqning ustki qatlamini (eng ko'p tuz to'plangan qismi) chorak arshin (16,8 sm) kesib olib bir yerga uyish, 2-3 yil o'tgandan so'ng tuproq sho'ri yomg'ir-qor suvlari yordamida yuvilgach bu tuproqni go'ng, qum va eski devor kesaklari bilan aralashtirib, kesib olingan joyga qayta to'shash.
2.Ariq va zovurlarni qazish va tozalash davomida chiqadigan tuproq hamda buzilgan, qulagan eski devor va uylardan chiqqan tuproqlarni mahalliy va mineral o'g'itlar bilan aralashtirib, yerga yoyish.
3.Almashlab ekish, tuproq unumdorligini qayta tiklash, tuproq strukturasini yaxshilash.
4.Daraxtlar ekish.
5.Yaxob suvi berish.
6.Sho'rga chidamli ekinlar ekish.
7.Fizik tadbirlar.
8.Yerni chuqur haydash va yumshatish, ho'llash,1 ga maydonga 200-500 t qum solish, so'ngra sho'r yuvish.
Bu tadbirlar tuproq qatlamini havo va suv o'tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Sho'r maydonlarda elektr tokini qo'llashdan so'ng sho'r yuvish juda yaxshi natija beradi.
Biologik tadbirlar.
Organik o'g'itlar kiritish, sholi, beda, qashqar beda, tuya yo'ng'ichqa ekish orqali pastki qatlamga yuvilgan ozuqa elementlarini yuqoriga ko'tarish.
Kimyoviy tadbirlar
Tuproqdagi erkin sodaning ta'sirini yo'qotish (neytrallash) va yutuvchi natriyni kal`tsiy ionlari bilan almashtirish. Buning uchun kimyoviy meliorant sifatida gips (Ca SO4), ohak (Ca CO3), va kislotali moddalar (oltingugurt kislotasi (H2SO4), oltingugurt (S), temir sul`fat (FeSO4)lardan) foydalanish. Bu moddalar neft` va bo'yoq zavodlarining ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida mavjud bo'lganda ularni tuproqqa aralashtirish bu moddalarni tuproq karbonatlari bilan kimyoviy jarayonga kirishishiga va eruvchan kal`tsiy manbai bo'lmish gipsning hosil bo'lishiga olib keladi.
Gidrotexnik tadbirlar.
Yer osti suvlaridan qishloq xo'jaligida foydalanish.
Sug'oriladigan maydonlarning yerdan foydalanish koeffitsienti (YEFK) qiymatini oshirish (YEFK=0,88-0,92). Sug'oriladigan yerlar orasida sug'orilmaydigan yerlarning bo'lishi, sho'r yuvish yoki sug'orish jarayonida, sizot suvlarining sug'oriladigan yerlardan sug'orilmaydigan yerlarga oqib borishiga va u yerlardan bug'lanishiga (quruq zovur) sabab bo'ladi. Quruq zovur maqsadida yerlarning bir qismidan foydalanilmaslik, bu yerlarni minerallashgan sizot suvlarining bug'lanish havzasiga aylanib qolishiga va kelajakda butkul ishga yaroqsiz bo’lib qolishiga olib keladi.
Sun'iy zovurlar qazish va sho'r yuvish ishlarini amalga oshirish. Yerlarning sho'rlanishiga qarshi kurashishda yerlarning meliorativ holatini chuqur tahlil qilgan holda, yuqorida zikr etilgan tadbirlar bilan birga olib borilsa, ko'zlangan maqsadga erishiladi.
Nazorat savollari:
1. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida qanday natijalarga erishish ko'zda tutilgan?
2. Yerlarni lazer nivelir yordamida tekislash deganda nima tushuniladi?
3. Yerlarni yangi texnologiya yordamida tekislash xisobiga qanday natijalarga erishiladi?
4. Ixota daraxtzorlari barpo qilishdan asosiy maqsad nima?
5. Ixota daraxtzorlari asosan qanday vazifalarni bajaradi?
6. Yerlarning sho'rlanishiga qarshi meliorativ tadbirlar qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |