402- guruh talabasi Avazova E’zozxon.
Yakuniy nazorat
Variant 3
Mustaqillik davrida yaratilgan badiiy asarlar.
E.Vohidovning “Yoshlik ” devoni va zamonaviy g’azalchilik muammolari.
Yangilanishlar jarayonida inson mohiyati masalasi.
80-yillarning o‘rtalarida Sho‘ro davlatida keskin siyosiy o‘zgarishlar yuzada keldi. O’zbek adabiyotida o‘nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi, ilmiy-estetik tahdidga tortildi. 80-90-yillar oralig‘ida A. Oripovning «Ranjkom», Omon Matjonning «Qush yo‘li», «Nega men?», U. Azimning «Oqpadar», M. Yusufning «Qora quyosh», I. Otamurodovning «Uzoqlashayotgan og‘riq», M. Murodovaning «Chaqmoq izidan», E. Shukurning «Ibtido xatosi» kabi o‘nlab dostonlar, Abduqahhor Ibrohimovning «Puch», Shukrulloning «Unsiz faryod», Hamid G’ulomning «Bir million fojiasi», Haydar Muhammadning «Xotinlar «gani» dan chiqqan hangoma» kabi drama va komediyalari chop etildi.
Tarixiy mavzuda ham bir qator yangi asarlar yozildi. Turob To‘laning «Nodirabegim», Salohiddin Sirojiddinovning «To‘maris», Shukur Xolmirzaevning «Qora kamar», Shuhrat Rizaevning Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostoni asosida yaratgan «Iskandar» p’esalari shular jumlasidandir.
Hozirgi davr adabiy jarayonida quyidagi ijodkorlar muhim o‘rin tutadi:
She’riyatda: A. Oripav, E. Vohidov, R. Parfi, O. Matjon, U. Azimov, M. Kenjabek, I. Otamurodov, E. Shukur, A. Qutbiddin va boshq.
Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» nomli dostoni o‘zbek adabiyotida jiddiy hodisa bo‘lgan asardir. «Izohsiz lug‘at» dostoni o‘zida ijtimoiy va shaxsiy ruhiy kayfiyatni yaxlit, tabiiy sintez shaklida aks ettira olgani bilan ayniqsa qimmatlidir. Bunga shoir qanday erisha olgan? Bu savolga eng to‘g‘ri javob ham asarning o‘zida bor:
Ertadan kechgacha toatim-ibodatnm so‘zga,
Itoat ko‘ngilga, muhabbatim gulga.
Xayolim farishtaday Kibriyo avjlari sari boshlaydi.
A. Qutbiddinning ushbu asari 80- 90-yillar adabiyotida an’anaviy dostonchilik namunalaridan barcha jihatlari bilan farq qiladigan, zohiriy voqealar tizimi syujet chizig‘ini tashkil qilmay, balki shoir tafakkuri va his-tuyg‘ulari almashuvidan paydo bo‘ladigan ruhoniy yaxlitlik kuzatiladigan asardir.
Nasrda: A. Muxtor («Chodirxayol», unda milliy va ma’naviy manqurtlik holati tuproq va qum ostida qolib ketgan o‘radagi odamlar ruhiyati orqali ifodalangan), Sh. Xolmirzaev («Ko‘k dengiz»), X. Sultonov («G’ulomgardish», «Ko‘ngil ozodadir»), E. A’zamov («Bog‘bolalik Ko‘kaldosh», «Javob»), X. Do‘stmuhammad («Jajman», unda erksizlik va iqtisodiy-ma’naviy talov tarixi bozorda paydo bo‘lgan yeb-tashib to‘ymas noma’lum mahluq - Jajmanga olomonning munosabati shaklida qayta yaratilgan, «Oromkursi» (bu asardagi obrazlar ramziylikka ega. Asar qahramoni sirli ijtimoiy-siyosiy kuchlar tomonidan «kelajagi porloqlar» ro‘yxatiga kiritilgan, agar qo‘yilgan talablarga so‘zsiz bo‘ysunsa, davlat boshqaruv pog‘onalari bo‘ylab juda tez o‘suvi rejalashtirilgan aspirant yigit Ko‘klam Tongotarovdir. Qissada oromkursi ramzi faqat amal-e’tibor timsoli bo‘libgina qolmay, balki naslga aralasha boshlagan inson erksizligi, ma’naviy-ruhiy qulligi, qiyofasizligining yaxlit timsoli etib gavdalantirilgan)), N. Otaxonov («Oq bino oqshomlari»),
O.Otaxonov («Uchinchi qavatdagi sariq deraza», bu hikoyaga Remboning «U sarson izlardi o‘zini o‘zi» degan misrasi epigraf qilib olingan), N. Eshonqulov («Maymun yetaklagan odam», «Kuyun», «Tobut», «Xaroba shahar suvrati» singari hikoyalari), Sh. Xamroev («Suratdagi ayol»), T. Murod («Ot kishnagan oqshom», «Otamdan qolgan dalalar»), M. M. Do‘st («Iste’fo», «Lolazor», unda «olamni bulduruqqa bostirish»ni xomxayol qilib yurgan savodsiz Xotam Sho‘ro, Oshno, Muhsina xonim, Qurbonoy, Avvalbek kabi obrazlar berilgan. Asardagi Oshnoda yuz beradigan qiyofa evolyutsiyasi, Muhsina xonimdagi turmushda ham xuddi sahnadagidek qiyomiga yetgan ijrochilik mahorati, «men bir oddiy o‘zbek qizi» deb boshlanuvchi ommaviy xo‘rlikni to‘tiday takrorlashga o‘rgatilgan Kurbonoyning avval pistafurushlikdan mamlakatga dong‘i ketgan mash’alga aylantirilishi-yu, so‘rib shirasi tamom qilingach bevaqt, jimgina (biroq nihoyatda fojiala tarzda!) hayot shamining so‘ndirilishi, duragay pusht, duragay ruh va kayfiyat kishisi bo‘lgan Avvalbek xarakterlarining taqdim etilishi katta yangilikdir) va boshq.
Zamonaviy romanchiligimizning eng jiddiy yutuqlari, shubhasiz, Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» va Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarlaridir.
Dramaturgiyada: A Ibrohimov, Shukrullo, H. G’ulom, S. Sirojiddinov, Sh. Xolmirzaev, Shuhrat Rizaev va boshq.
Umuman, o‘zbek adabiyoti hozirgi kunda uslub jihatdan rang-barang bo‘lib, katta yutuqlarga erishmoqda.
2011- yilda yosh, iste’dodli yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asarining dunyo yuzini ko‘rishi adabiy hayotimizda katta yangilik, voqea bo‘ldi. Bu – birinchidan, romandek yirik janr o‘lchamlaridan ancha kichik bo‘lishiga qaramasdan, o‘zbek nasrida hali shu paytgacha uchramagan mini romanning adabiyotimizga kirib kelishida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan, badiiy imkoniyat va qamrov ko‘lami bilan bemalol roman deb atasa bo‘ladigan yaratiqning dunyoga kelganligida ko‘rinadi. “Boqiy darbadar”da an’anaviy eposga xos voqeaband syujet o‘rnida sirtdan bir-biriga bog‘ lanmay turli makon va zamonda, goh reallik gohi xayolotda kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan bo‘lsa-da, ularni bir narsa – hayotning ma’nisi-yu bashariyat taqdiri haqida o‘yga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka – romanga aylantiradi… romanda yaralmish – inson “tangrining irodasiga isyon o‘laroq” yaratgan eng oliy mavjudot – klon ham olamning nechog‘ li mukammal yaratilganini idrok etgach, “mazkur silsila aro o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi”. Ammo hayhot… topmaydi, topolmaydi. Shu bois ham dunyolarga sig‘ maydi, olamni bunchalar mukammal yaratgan Zotni “izlab topish va butun olam yaratilishining sabablarini O‘zidan so‘rash uchun” bosh olib chiqib ketadi. «Boqiy darbadar» romanida abadiy yoshlik, abadiy qarilik mavzusi keng ko`lamda o‘rganiladi. Isajon Sultonning nazarida abadiy yoshlik aslida abadiy qarilikdir. Asarni o`qiy boshlar ekanmiz, ozgina o`qigach, muallif o`quvchi qiziqib ko`rmagan, hatto eshitmagan narsalarni qalamga olganligini, bu asarni tushunish uchun bizlardan anchayin tayyorgarlik, chuqur bilim zarurligini sezamiz. «Boqiy darbadar»ning bosh qahramoni kim? Bir qarashda asarda qahramon yo`qdek ko`rinadi. Jam ichidagi har bir voqeaning o`z qahramoni bor. Bu jamlangan voqealar uchun umumiy qahramon kim?
Asarni diqqat bilan o`qigan ayrim adabiyotchi do`stlarimiz uning bosh qahramoni darbadar, ya’ni muborak kishi tomonidan qarg`algan etikdo`z, u turli davrlarda turli xalqlarda, turli ko`rinishda namoyon bo`lmoqda deyishi mumkin. Balki bu gapda ham jon bordir, albatta. Deylik, Gobi sahrosidagi Inson takomili markazida xar turli genetik kombinatsiyalar yordamida mukammal, boqiy odamni yaratishni maqsad qilib olganlarning bari ming yillar ilgari qarg`algan etikdo`zning avlodlari deyish mumkin...
Har jihatdan to`kis, mukammal, oliy tafakkurga ega genoma yaratildi. Lekin eng katta kamchilik shunda ko`rinadi: “Men kimman?”, “Nega tug`ildim” deya gangib, boshi berk ko`chaga kirib, nima maqsadda dunyoga keltirilganligini bilish uchun Xudoni izlab yo`lga chiqadi. Shu o`rinda muhim haqiqat yuzaga chiqadi, Xudoning bandasi ekanligimizni anglash, bu olamdagi hayotimiz Ollohning sinovi ekanligini chuqur his qilish bizlarni hayvondan ajratib turadigan eng oliy belgidir. Professor dunyoga keltirgan umrboqiy va kuchli tafakkur egasi bo`lgan jonzot nima maqsadda yartilganligini anglay olmay, miyasi garang bo`lib duch kelgan tomonga qochib ketyapti.
Asarda hayot haqiqatini, inson umri mazmunini anglab yetgan mutafakkir o`limi oldidan hammamizga tanish tuyg`ular to`g`risida gapiryapti, mehr-muhabbat inson hayoti uchun tengsiz qimmatga ega ekanligini qayd qiladi. Isajon Sultonning «Boqiy darbadar» asarida ilk bor keyingi davr o`zbek adabiyotida Ollohning qiyomatini jonli his etish tamoyili yaqqol sezilib turadi. Qiyomatni jonli his etish – inson ruhidagi eng og`ir va favqulodda holat.
2. Erkin Vohidov zamonamizning rang-barang mavzularini yoritishda barmoq vazni qulayliklaridan ham, aruz vazni imkoniyatlaridan ham birdek m ahorat bilan foydalanadi. Darhaqiqat, Erkin Vohidov 60-yillarda: «Ey munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil, sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida», — degan estetik nuqtai nazarni dadil ko‘tarib chiqqan edi. Shu bilan birga, shoir yangi zamon ruhini aruz vaznidagi asarlar, jumladan, g'azallarda ham ifodalash mumkinligini amalda isbotladi.
Shoirning go‘zal g‘azallardan, muxammas va qasidalardan tashkil topgan «Yoshlik devoni» (1969) Erkin Vohidovning aruz vazni nozikliklarini chuqur o‘zlashtirganini, yangi zamon g‘oyalarini ifodalashda an’anaviy g‘azal shaklidan mohirona foydalana olishini namoyish qildi. Erkin Vohidovning «Lola sayli», «Yoshligim, kel», «Barcha shodlik senga bo‘lsin», «Shirin», «Do‘st bilan obod uying» singari ko‘plab she’rlari g‘azal janrining mukammal, go'zal namunalaridir. Ularda qalamga olingan mavzular yuksak saviyada, g‘oyat yoqimli qilib yoritilgan. Binobarin, bu g‘azallardagi misralar o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lib, yaxlit bir hayotiy manzarani yoxud tugal bir g‘oyaviy-poetik mazmunni hosil etadi. «Do‘st bilan obod uying» g‘azalida shoir xilma-xil tasviriy vositalar, xalq maqol va aforizmlari darajasidagi hikmatli misralar yaratib, o ‘zining do'stlik haqidagi shoirona xulosalarini g‘azalning umumiy ruhiga singdirib yuboradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |