Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
52
library.ziyonet.uz/
153.
A
BU
Y
A
’
QUB
Z
IZIY Q
.
S
.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ibni Ziziy bila bir samo’da hozir boʻldum. Va
qavvol bu baytni oʻqudikim,
bayt:
[Agar u oʻlukni quchogʻiga olsa, tirilar,
qabrga olib borilmasdi]
(1)
.
Ibni Ziziyning vaqti xush boʻldi, iliglarin uchasi saridin yerga tiradi va koʻksin yuqori
qilib, koʻzin koʻkka tikdi. Va qavvolgʻa der erdikim, aytqil, vallohki, mendin oʻzga
kishi eshitmaydur. Nogoh boʻyin raglaridin qon ravon boʻldi, fasd qilgʻondek va
yiqildi. Ani koʻtardilar, xirqasini qondin yuvdilar va qon borgʻan raglarin bogʻladilar,
to muddatdin soʻngra oʻziga keldi.
154.
A
BU
Y
A
’
QUB
M
AZKURIY Q
.
S
.
Andin soʻrdilarkim, tavakkul nedur? Dedi: ixtiyor tarki. Sahl b. Abdulloh Tustariydin
soʻrdilar, dedi: tadbir tarki. Bishr Hofiydin soʻrdilar, dedi: rizo. Abu Hafs Haddoddin
soʻrdilar, dedi: musabbibni koʻrmak, Fath Mavsiliydin soʻrdilar, dedi: sababdin
malol. Shaqiq Balxiydin soʻrdilar, dedi: ajzda gʻarqi diydor. Shibliydin soʻrdilar,
dedi: koʻngul diydorida barcha elni unutmoq.
155.
A
BU
Y
A
’
QUB
M
AYDONIY Q
.
T
.
S
.
Nusaybin mashoyixlaridindur. Shibliy Bagʻdoddin. Misrga borur erdi, halollik
tilagalikim, shugʻli chogʻida birovning yerigʻa ot qoʻygʻon eqandur. Ya’qub
Maydoniygʻa yoʻluqti. Va ul hanuz bu ishka yangi kirib erdi va irodatining avvali
erdi. Shibliy iligin aning boshita surtub indurdi va dedi: [Alloh sening
kamchiliklaringni toʻgʻrilasin]
(1)
. Abu Ya’qub aytti: omnn! Andin soʻngra Abu
Ya’qubgʻa yetti, ulcha yetti. Shibliy debdurkim, chun ilig aning boshigʻa surtub
[Alloh kamchiliklaringni toʻgʻrilasin]
(2)
dedim, aning a’zosida hech tuk yoʻq erdiki,
omin demadi.
156.
A
BO
ʻ
Y
A
’
QUB
X
ARROT
A
SQALONIY Q
.
S
.
U debdurki, Abulhusayn Nuriy xizmatigʻa yettim va mening bila mihbarayi erdi.
Manga dedi: .Ey oʻgʻul, tilarsenki, nnma bitigaysen? Dedim, bali! Necha bayt
badihada imlo qildi va dedikim, biti! Bitidim. Abyotning hosili ma’nosi bu erdikim,
har ne siz bu avroqda isbot qilursiz va bitirsiz, biz alarni mahv qilibbiz. Lojaram siz
ul isbot sababidin ulcha maqsuddur, aning idroku fahmidin mahjub boʻldungiz. Va
bizga ul mahv sababidin maqsud idroku fahmining abvobi beintiho va inqito’ ochildi.
Va bizga, : bu mav’izat boisi sizning nekxohligingizdur. Necha koʻrgaybizki, siz
avroqqa nima bitigaysiz va oʻzunguzni bu jihatdin ulcha maqsuddur, andin mahjub
qilgʻaysiz.
157.
A
BU
Y
A
’
QUB
K
URATIY Q
.
T
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |