Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
48
library.ziyonet.uz/
debdurki, Kofurning bu soʻzi kirdoridin yaxshiroq erdi. Ammo ul ham ul pir
barakotidin erdi.
134.
A
BU
T
OLIB
M
UHAMMAD B
.
A
LI B
.
A
TIYA
H
ORISIY
Makkiy q. s. Ul «Qut ul-qulub» kitobining sohibidurki, tariqat asrorining majmaidur.
[Aytishlaricha, Islom olamida tariqatning nozik ma’nolarini ochib bergan «Qut ul-
qulub»dek boshqa asarni hech kim yozmagan. U yer yuzidagi eng ulugʻ joy –
Makkada oʻsib, ulgʻaydi. Keyin Basraga ketdi. Undan Bagʻdodga oʻtib, uch yuz
sakson olti hijriy yili, jumod ul oxir oyida vafot etdi]
(1)
. Va aning nisbati tasavvufda
Shayx Abulhasan b. Muhammad b. Abu Abdulloh Ahmad b. Solim Basriygʻadur. Va
Shayx Abulhasanning intisobi oʻz otasi Abu Abdulloh Ahmad Solimgʻa va aning
nisbati otasigʻadur– Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.
135.
A
BUBAKR
V
ARROQ
T
IRMIZIY Q
.
T
.
R
.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Umar Hakim Tirmiziy. Asli Tirmizdindur.
Qabri ham andadur. Ammo Balxda boʻlur ermish. Abu Iso Tirmiziy tagʻoyisidur.
Ahmad Xuzravayh bila suhbat tutubdur va koʻp tasonifi bordur. Va «Tavrot» va
«Injil» va «Qutbi rsmoniy»ni oʻqubdur va she’r devoni ham bordur. [Abubakr Varroq
doʻstlarini safar va sayohat qilishga da’vat etmasdi. Aytardiki, irodat qilgan yeringda
muridligʻing kamolga yetguncha sabr qilib turishing barcha barakotning kalitidur.
Muridlik kamolga yetgach barakot boshlanady]
(1)
. Va ham oning soʻzidurkim,
umaroning fasodi zulm biladur va ulamoning fasodi tama’ bila va fuqaroning fasodi
riyo bila.
136.
A
BULQOSIM
R
OZIY Q
.
T
.
S
.
Oti Ja’far b. Ahmad b. Muhammaddur. Nishoburda sokin erdi. Ibni Ato va
Muhammad Abulhavoriy va Abu Ali Rudboriy bila suhbat tutubdur. Koʻp moli bor
erdi. Barchasin bu toifagʻa xarj qildi va darvesh dunyodin chiqdi. Ray mashoyixi
debdurlarki, Abulqosimda toʻrt nima jam’ erdiki, oʻzgada yoʻq erdi. Jamol va mol va
zuhdi bakamol va saxovatn tamom. Uch yuz yetmish sakkizda dunyodin oʻtubdur.
137.
A
BULQOSIM
H
AKIM
S
AMARQANDIY Q
.
T
.
S
.
Oti Ishoq b. Muhammad Ismoilduo. Abubakr Varroq bila suhbat tutubdur. Yaxshi
soʻzlari bor: muomalotda va nafs gʻaybida va a’mol ofotida. Uch yuz qirq ikkida
muharram oyida dunyodin oʻtubdur va qabri Chokardiyzadadur.
Bir kun oʻlturub erdi va xalq orosida hukm qiladur erdi. Ul vaqt buzurglaridin biri
oning ziyoratiga keldi. Oni ul nav’ mashgʻul koʻrub, sajjodasin davzliq suv yuziga
solib, namozgʻa turdi. Chun forigʻ boʻldi. Shayx Aboʻlqosim anga aytdikim, ey
qarindosh, munii xud yoshgʻinalar qilurlar. Er uldurki, muncha shugʻl orosida
koʻnglini Tengri jalla zikruhu bila asray olgʻay.
138.
B
AKR
S
UG
ʻ
DIY Q
.
T
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |