Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
44
library.ziyonet.uz/
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Yahyo Kallodur. Abu Turob Naxshabiy va
Zunnun Misriy q. s.ning shogirdidur va otasining ham. Va Abu Ubayd Busriy bila
suhbat tutubdur. Va Duqqnyning ustodidur. Bu kun Abulxayr Taynotiy Abu Abdulloh
Jalloni koʻrdikim, havoda migʻ ichinda borur erdi, ayttikim, tanidim. Ul dedikim,
tanimading. Shayx ul-islom debdurki, Abulxayr shaxs tanimagʻin debdur va Abu
Abdulloh maqom va sharaf tanimagʻin. Andin muhabbatdin soʻrdilar. Ul dedikim,
[Mening muhabbat bilai nima ishim bor? Men tavbani oʻrganmoq istayman]
(1)
. Va
soʻrdilarkim, [Faqir faqr nomiga qachon sazovor boʻladi]
(2)
. Javob berdikim, [uning
oʻz nafsigʻa zohiriy va botiniy talablari qolmasa]
(3)
. Shayx ul-islom debdurki, uch yuz
murid Abu Turob Naxshabiy bila bodiyagʻa kirdilar rikvalar bila. Aning bila ikki
kishi qoldi, Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy q. s.
121.
A
BU
A
BDULLOH
X
OQOTS
S
O
ʻ
FIY Q
.
S
.
Bagʻdod soʻfiyasining akobiridin erdi. Shayx Ja’far Xazzo debdurkim, ul sohib
karomot erdi va ibn Qassob Roziydin naql qilibdurkim, debdurkim, Otamning
Bagʻdod bozorida bir doʻkoni bor erdi. Men doʻkon eshigida oʻlturub erdim. Nogoh
birav oʻtti. Menga gumon boʻldikim, Bagʻdodning fuqarosidin bulgʻoy. Va men
hanuz bulugʻ haddigʻa yetmaydur erdim. Xotirim oning sori tortti. Qoʻpub, anga
salom berdim va bir diramim bor erdi, onga tutaberdim. Oldi va manga iltifot qilmay
oʻtti. Men oning soʻnggicha bordim. To Shuniziya masjidigʻa yetdi. Onda fuqarodin
uch kishi oʻlturub erdilar. Ul diramin alargʻa berdi va oʻzi namozga turdi. Alardin biri
ul diramgʻa bozordin borib yemak kelturdi. Yedilar va ul darvesh namozgʻa mashgul
erdi. Chun alar taomdin forigʻ boʻldilar. Darvesh alargʻa boqib, dedikim,
bildingizmukim, mani na ish sizning muvaffaqiyatingnzdin mone’ boʻldi? Dedilar,
yoʻq, ey ustod. Dedikim, bir kichik yoshligʻ ul diramin manga berdi va men
emdigacha haq subhonahu va taolodin tilaydur erdimkim, oni dunyo bandaligʻidin
ozod qilgʻay va ozod qildi. Ibn Qassob debdurki, men bexost oning ollida oʻlturub
dedimkim, rost aytursan, ey ustod. Va ul Shayx xoqon Soʻfiy erdi. Ikki yuz yetmish
toʻqquzda dunyodin oʻtubdur.
122.
A
BU
U
BAYDULLOH
B
USRIY R
.
T
.
Oti Muhammad b. Hassondur, Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. Ibn ul-
Jallo r. t. debdurki, [olti yuzta shayx bilan uchrashdim, ulardan toʻrttasining
oʻxshashini koʻrmadim]
(1)
. Zunnun Mnsriy va Abu Turob Naxshabny va Abu Ubayd
Busriy va Abulabbos b. Ato. Debdurlarki, Ramazon oyi boʻlgʻach, Abu Ubayd bir
uyga kirar erdi va buyurur erdikim, eshikni savob berkiturlar erdi va bir toʻshuk
qoʻyarlar erdi va har kecha bir tah oʻtmak ul toʻshukdin solurlar erdi. Iyd
boʻlgochkim, eshikni ocharlar erdi, oʻttuz oʻtmak uyining goʻshasida erdikim, bir
oyda ne taom yeb erdi va ne suv ichib erdi. Va oʻttiz kecha-kunduz bir tahorat bila
namoz qilib erdi. Ul debdurki, [Ne’matlar Haqdin yiroqlashishga sabab boʻladi.
Qimki, Haqqa ne’matlari uchun shukr qilsa, ne’matlarsiz qolganida ham shukr qiladi.
Balo Haqqa yaqinlashishga sabab boʻladi. Agar kimniki, balo yomon yoʻlga
boshlagan boʻlsa, u Haqdan yiroqlashadi)
(2)
. Bir kun oʻlturub erdi. Bir otligʻ oʻtub
borur erdi. Keynicha bir qul qoʻngranib, gʻoshiya egnida, yugurur erdi. Chun anga va
ashobigʻa yetishti dedikim, [Allohim, meni ozod et va uning dastidan xalos qil]
(3)
.
Abu Ubayd ham dedikim, [Allohim, uni doʻzax olovidan va qullikdan qutqar]
(4)
.
Filhol ul otligʻni ot yiqti. Otligʻ ul qulgʻa boqib dedi: seni ozod qildim. U qul
Do'stlaringiz bilan baham: |