Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
43
library.ziyonet.uz/
vaqt. Men xud ne ishta ekanmen, ul kecha Haq subhonahu taoloni tush koʻrarki, Haq
ayturki, ey Muvaffaq oʻgʻli, bir kishinikim sen tilamasang, uyungga tilarmusen? Men
ham seni tilamas boʻlsam erdi, uyumgʻa qoʻymas erdim. Ul debdurki, Xudoyo, agar
seni doʻzax qoʻrqunchidin parastish qilur boʻlsam, mani doʻzaxga tushur. Va agar
behisht umididin parastish qilur boʻlsam, behishtga tushurma. Agar sening mehring
jihatidan parastish qilur boʻlsam, bir diydor koʻrsat. Uzga ne qilsang qil!
117.
A
BU
A
HMAD
Q
ALONISIY Q
.
T
.
S
.
Mashoyixiing qudamosidindur. Oti Mus’ab b. Ahmad Bagʻdodiy. Debdurlarki, asli
Marsdindur. Junayd va Ruvaym q. s.ning aqronidindur. Va ta’rixdadurkim, ul ikki
yuz toʻqsonda Haj qilib yondi va oz vaqtdin soʻngra Bagʻdodda dunyodin oʻtti. Chun
ul bemor boʻldi, muhtazar ekanda dedikim, Xudoyo, sening qoshingga agar mening
qadrim boʻlsa, oʻlumum baynalmanzlaynda boʻlsa erdi. Ham ul zamon zarurati voqe
boʻldikim, ani bir mihaffagʻa solib, yana bir manzilga eltur boʻldilar, yoʻlda dunyodin
oʻtti.
118.
A
BULG
ʻ
ARIB
I
SFAHONIY Q
.
S
.
Muhaqqiqlardin erdi, oyot va karomat sohibi. Ishqda ayni jam’gʻa yetib erdi. Ani
Hululiy derlar. Shayx Abu Abdulloh Hafif q. s. oni sevar edi. Sherozda bir marazda
oʻz hayotidin navmid boʻldi. Va ashobigʻa dedikim, sizga bir hojatim bor. Ravo
qilurmusiz? Dedilarkim, ayt. Dedi: Men oʻlsam, meni juhudlar goʻristonida dafi
qilinglar. Ashob mutahayyir boʻldilarkim, bu ne soʻzdur? Dedi: Tengridin tilab er-
dimkim, agar saning qoshingda qurbum boʻlsa, mani Tarsusda ul olamgʻa elt. Holo
munda oʻladurmen. Bildimki, oning qoshida hech qadrim yoʻq ermish. Bu soʻz
mazkur boʻlgʻach, sihat osori mizojida paydo boʻldi. Va oz kunda tamom sihat topib,
Tarsusgʻa bordi va anda dunyodin oʻtdi.
119.
A
BU
A
BDULLOH
Q
ALONISIY R
.
T
.
Bu toifaning akobiridindur. Budurki, jamoate bila kemada erkandurkim, muxolif yel
esib, guvalak boʻlubdur va ul jamoat tazarru’ bila nazrlar qilibdurlar. Anga ham
debdurlarkim, sen ham bir. nazr qil. Ul chun olam asbobidin mujarrad ermish,
gʻaybdin tiliga muni solibdurlarki, agar bu balodin najot boʻlsa, nazr qildimki, pil eti
yemagayman». Nogoh amvoj taskin topib, ul kema ushalib, qavm bir taxta ustida bir
sohilgʻa chiqibdurlar. Bir-ikki kun oʻtgandin soʻngra ul elga ju’ mustavli boʻlib,
maxmasa holigʻa yetganda beshadin bir pilbachcha paydo boʻlubdur. Xalq oni sayd
qilib, ulashib yebdurlar. Ul ahdigʻa vafo qilib, yemaydur. Ul el bir zamon uyugʻondin
soʻngra beshadin pilbachchaning onasi paydo boʻlub, bolasining soʻngoklarin koʻrub,
ul elni birin-birin islay boshlabdur. Har qaysidinki, bolasining isin tonibdur, ayogʻi
birla yerga surtub, zoye’ qilibdur. Chun navbat anga yetibdur. Ondin ul isni
topmaydur. Uchasin nast qilib, xartumi bila ishorat qilib, orqasigʻa mindirib, yoʻl qat’
qila boshlabdur. Tamom kecha yoʻl yurub, saboh bir obodonliqqa yetib, oni orqasidin
tushurub, qaytibdur. Ul xaloyiq taajjub yuzidin ondin ul hol kayfiyatin soʻrubdurlar.
Ma’lum qilgʻondin soʻngra, sakkiz kunchilik yoʻl ermish, bir kechada kelgan ermish,
vallohi taolo a’lam.
120.
A
BU
A
BDULLOH
J
ALLO Q
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |