Nutq va adabiy me’yorlar - Reja:
- 1.Imlo me’yorlari.
- 2.Talaffuz me’yorlari.
- 3.Grammatik me’yorlar.
- 4.So‘z tanlash va qo‘llash me’yorlari.
- 5.Uslubiy me’yorlar.
Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi. - Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.
- Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi.
- Unga harflar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish, so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir.
- Topshiriq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring. Xato yozish sabablarini tushuntiring.
- 1.Til tafakkurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning iqlimi issiq siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olgan taasurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib, qipqizil olmalarni tariflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Davo hujatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring. 6. To‘y boshi dev qomat bir yigitni saxnaga chiqardi. 7. Amudaryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edida!
Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til meyorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asoslanadi. Talaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi. Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilanganidek talaffuz qilinishi meyoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz meyoriga muvofiqdir: - Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til meyorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asoslanadi. Talaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi. Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilanganidek talaffuz qilinishi meyoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz meyoriga muvofiqdir:
- 1. So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida aytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip.
- 2. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi, d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard > dart, band > bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi.
- 3. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan > bo‘gan, kelsa > kesa kabi.
- 4.Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushi qo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida v tovushining f tarzida o‘zgartirilishi meyordan chekinish hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |