So‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi gram-matik meyorga asoslanadi. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir. Gapda so‘z va qo‘shimchalarning to‘g‘ri bog‘lanishi, ega-kesim mosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatika qoidalari asosida shakllanadi. - So‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi gram-matik meyorga asoslanadi. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir. Gapda so‘z va qo‘shimchalarning to‘g‘ri bog‘lanishi, ega-kesim mosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatika qoidalari asosida shakllanadi.
- Shuning uchun gap tuzishda, jumla qurishda quyidagilarga amal qilish lozim:
- – kelishik qo‘shimchalarining ma’no va vazifalarini farqlash hamda o‘rinli qo‘llash.
- 6- mashq. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shim-chasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini aniqlang.
- 1. Shevaga xos qo‘shimchalar... adabiy til qoidalariga mos holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar... kelib chiqishiga sabab bo‘-ladi. 2. Aristotel har bir jumla... asosiy fikr... ifoda etishga qarati-lishi..., ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi... talab etadi. 3. Safar aka... astoydil achchiqlangani ... sezgan imomi oraga tushdi (A. Qod.). 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli tovushi eshitildi (O.). 5. O‘rmonjon Qurbon ota... bu ish... bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi (A.Q.). 6. Elmurod... hammadan oldin yuborilgan razvedka... hadeganda qaytmayotgani tashvishlantirdi (Sh.). 7. Ona tilimiz... ijtimoiy hayot... barcha sohalaridagi mavqei... oshirish barcha... vazifasidir.
- Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga tushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhim meyorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyi-dagilarni e’tiborga olish lozim:
- so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;
- shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan holda ishlatish;
- so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;
- o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;
- so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |