XX asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim
voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning qator mamlakatlari
mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo`liga o’tdi. Sobiq SSSR o’rnida
mustaqil davlatlar paydo bo’lib ular jahon hamjamiyatiga bevosita qo’shilib xalqaro
munosabatlarning alohida subyektlariga aylandilar.
1991 yilda SSSR tarqalib ketgach jahon rivojlanishida yangi murakkab bir davr yuzaga
keldi.
Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-
iqtisodiy bo’linish ro’y berdi. Ko’chlar markazigacha asosan ikki joyda to’plangan,
dunyo ikki qutbli bo’lgan bo’lsa, endi vaziyat o’zgardi, dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi,
nazorat qilish qiyinlashdi.
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va ziddiyatlar
yanada
o’sdi.
Uchinchidan jahonning ko’pgina mamlakatlarida ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-
xatarlar o’sib borayapti.
Boy va kambag`allar o’rtasida mulkiy tafovutning kuchayishi, ishsizlikning,
qashshoqlikning avj olishi, bir qator mintaqalarda milliy-etnik va diniy nizolarning kelib
chiqishi ekstremizm va fundamentalizm kabi ilatlarning kuchayishi ijtimoiy-siyosiy
barkarorlikka putur yetkazuvchi omillar xisoblanadi.
To’rtinchidan yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo’lsa ham hali ommaviy qirg’in
qurolining ko’p miqdorda saqlanaetganligi va bunday qurolga ega bo’layotgan davlatlar
safining ortib borishi, shuningdek ekologik muammolarning kuchayishi ham jahon
taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda.
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashi uchun asosiy shart-
sharoitlar bu uning jug`rofiy-siyosiy jahatdan qulay mintaqada ekanligidir.
Birinchidan, O`zbekiston markaziy Osiyo mantaqasining transport, boy hamda mustaqil
energetika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan, O`zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik
madaniyati
va
boy
minyeral-hamashyo
resurslari
bor.
Uchinchidan davlatimiz nafaqat o`zini o`zi ta`minlaydigan, balki chetga chiqarishga
Iqtisodiyotning
asosi
bo’lmish
muhim
tarmoqlarga
ega.
To’rtinchidan O`zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz
ma`naviy
merosga
boy.
Shu bilan birga O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilib mustaqil rivojlanigshida
salbiy ta`sir ko’rsatuvchi qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
1991 yil 31 avgusta Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik haqidagi
bayonotda O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan
unda: Xalqaro hamjamiyatning to’la xuquqli a`zosi bo’lgan O`zbekiston Respublikasi
xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi,
uning maqsablari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z xududini qurol yarog`lardan
xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren
davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va taziyiqqa yo`l
qo’ymaslikdan
iborat
—
deb
qayd
qilindi.
Prezident I.Karimov o`zining “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot yo`li” kitobida
mamlakatimizning mustaqil tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida mamlakatimiz tashqi
siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar O`zbekiston Respublikasi tashqi
siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g`risidagi Chet el investitsiyalari
to’g`risidagi,investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tug`risidagi,Tashki iqtisodiy
faoliyat
to’g`risidagi
xujjatlarda
o`z
ifodasini
topdi.
O`zbekiston
Prezidenti
I.Karimovning
birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Bosh
Assambleyasining 48 (1993) va 50-yubiley (1995 sessiyalaridagi nutqlarida mustaqil
O`zbekiston
tashqi
siyosatining
bosh
yo`nalishlari
belgilab
beriladi.
1992 yil 2 martda O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi bor xalqaro
hamjamiyatning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zoligiga
qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta`sis etilib, ish
boshladi.
Bugungi kunda BTM ning O`zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BTM ning
taraqqiyot Dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti,
narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha Dastur, Bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan
muassalarni
o`z
tarkibiga
birlashtirishga
muvaffaq
bo’ldi.
O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tanqislikni mustaxkamlash, inson huquqlarini
himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot —
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (EXHT) a`zo bo’lib kirdi.
O`zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika
va madaniy tashkilotlar Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro
valyuta jamg`armasi Evropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti,
xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog`liqni saqlash. tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi,
Osiyo va Tinch okean xavzasi bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo
mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BTMning
ta`lim, fan va madaniyat bo’yicha Qo’mitasi (YuNESKO) va boshqa tashqilotlar
a`zosidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyotida, shuningdek tashqi siyosiy aloqalarida Amerika Qo’shma
Shtatlari bilan hamkorlikka katta e`tibor bermokda. 1992 yilda Toshkent va
Vashingtonda
elchixonalar
ochildi.
O`zbekistonda 1996 yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta
o’zbek-amerika qo’shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatdi. Bular orasida
Navoyi viloyati Zarafshon vodiysidagi, Muruntovda AQSh ning N`yumont Mayning
Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog` jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi
qo’shma
korxonasi
bor.
So’nggi yillarda O`zbekistonning AQSh bilan tashqi savdo munosabatlari ortib
bormoqda. Masalan, 1998 yilda O`zbekistondan chiqarilgan bo’lsa, shu davr mobaynida
AQSh dan 242,9 mln. dollarlik maxsulot eksport qilib olindi e`tibor olindi.
O`zbekiston ko’pgina mintakaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, Nato, EKO,
Islam konfyerentsiyasi, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali
hamkorlik
qilmoqda.
O`zbekiston O`rta Osiyo davlatlari bilan Turkiya, Pokiston, Yeron tomonidan tuzilgan
iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo bo’lib kirdi va Trans Osiyo temir yo`li qurilishida
faol
ishtirok
etmoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning tuxtovsiz
kirib kelishni ta`minlamoqda. O`zbekiston xukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya,
Gyermaniya, Shveytstsariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AQSh dollari
hajmida
32
ta
yirik
kredit
bitimi
tuzdi
va
ular
amalga
oshmoqda.
Qoraqalpog`iston xalqi I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini
Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning
tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda markaziy Osiyoning beshta davlat
Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan
uchrashuvda Orolga va Oralbo’yi aholisiga azaliy yordam berish masalasi muhokama
tashabbusi bilan Nukusda o’tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo’ldi. Bu
anjumanning asosiy hujjatlaridan biri — Nukus Deklaratsiyasi bo’lib, unda butun dunyo
jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |