Burhonuddin al-Margʻinoniy (1123-1197)



Download 30,15 Kb.
bet1/6
Sana13.07.2022
Hajmi30,15 Kb.
#786100
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diniy allomalar


Burhonuddin al-Margʻinoniy (1123-1197)

Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda Marg’ilonda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi tufayli Burhon ud-din val-milla va Burhonuddin al-Margʻinoniy nomlari bilan mashhurdir. Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan. 1149 yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq an-Navqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor.


Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy (“Boshlovchilar uchun dast-labki taʼlim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum. Keyinchalik kichik hajmli butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan. Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiq-langan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893 yilda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi. 2000-yilda Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi munosabati bilan Marg‘ilon shahrida go‘zal yodgorlik majmuasi bunyod etilgan



Download 30,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish