Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
98 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ul shayx Abu Abdulloh Xafifning ustodlaridindur. Ul debdurki, kosibeki kasb 
haqiqatin rioyat qilgʻay, hargiz Abu Muhammad Atoyidiydek koʻrmadim. Har kun 
yarim donak kasb qilur erdi va aning quti andin erdi. Ikki habbagʻa nuxola sotqun 
olur erdi va andin ikki non pishirur erdi. Biri bila iftor qilib, birin sadaqa berur erdi. 
Qirq yil uyida chirogʻ yoqmadi. Jihatin soʻrdilar. Dedikim, aning hisobidin 
qoʻrqarmenki, anga necha nima kerak, to muyassar boʻlgʻay va barchasining hisobi 
bor. 
308.
 
J
A

FAR 
H
AZZO R
.
 T

Kuniyati Abu Muhammaddur. [Junayd va uning tabaqasidagilar bilan suhbat qurgan
Shibliy uning manoqibini zikr qilgan va fazilati haqida gapirgan edi)
(1)
. Uch yuz qirq 
birda dunyodin oʻtubdur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bir kun Mu’ammil 
Jassos manga dedikim, Ja’far Hazzoni koʻrkim, ne holi bor? Borib koʻrdum. 
Mutakallif saroy ichinda va nozanin bisot yuzida va nafis kiyguluklar orosinda. Meni 
soʻrdi va men ani soʻrdum. Dedi: oʻltur, bila taom yeyali! Bas laziz taom pishurtti va 
bila yeduk. Chiqib, Mu’ammil qoshigʻa keldim va har ne koʻrub erdim, dedim. 
Mu’ammil duo qilib dedikim, yorab, bizga salomat va ofiyatni arzone tut. 
 
Necha vaqt oʻtgandin, soʻngra yana Mu’ammil dedikim, borib Ja’far Hazzo holin 
koʻr! Borib, bir vayronada toptim. Bir buzuq uyda yigʻlamoqda. Uch kun erdikim, 
taom totmaydur erdi. Ondogʻi el iltimos qildilarki, anga nimagina yedur! Koʻp jahd 
qildimkim, ozgʻina suyuq yedurdum. Yana Mu’ammilgʻa kelib, koʻrgonni dedim. 
Mu’ammil dedikim, agar avval tana’umiy qilmasa erdi, oxir bu holgʻa mubtalo 
boʻlmagʻay erdi. 
309.
 
H
ISHOM B
.
 
A
BDON R
.
 T

Kuniyati Abu Muhammaddur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, chun ul 
namozgʻa turar erdi. Anga vajd va hol paydo boʻlur erdi. Mehrobda keyin va ilgari 
yurub, Qur’on oʻqur erdi va goh boʻlur erdikim, aning namozigʻa nasoro yigʻilib, 
nazzora qilurlar erdi. Aning bir qoʻyi bor erdiki, gʻizosi aning suti erdi. Ul qoʻyni 
koʻtarib, yozigʻa eltib oʻtlatur erdi. 
 
Bir kun uyqulab, uygʻongʻach koʻrdikim, qoʻyi birov ziroatigʻa kiribdur. Ani ul ziroat 
iyasiga berdi va andin behilliq tiladi. Hishomgʻa vahshate va haybate yetishtikim, bir 
yil namozdin qoldi va el ani takfir qilurlar erdi. Bu qissa masjidi jome’ mashoyixigʻa 
yetdi. Barcha aning qoshigʻa bordilar va Ibn Sa’don Muhaddis ham bila erdilar. 
Ondin soʻrdikim, meni tonirmusen? Dedi: Ibn Sa’donsen. Dedi: Nevchun namoz 
qilmassen? Dedi: Menga bir necha oriz yuzlanur va namozgʻa mone’ boʻlur. 
Dedikim, ne nav’? Ul javob bermadi. Shayx Abu Abdulloh Xafifdin soʻrdilarki, jihat 
ne erdiki Hishom namoz qilmas erdi? Dediki, gʻayb mutolaasi qilur erdi. Gʻayb umuri 
anga gʻolib boʻldi. Hayrat maqomigʻa tushti va zohir a’molidyn otil boʻldi. Bir kun 
mashoyix Hishomgʻa dedilarki, eshitibbizki, sen mushohadagʻa qoyilsen. Har kim, 
munga qoyil boʻlsa, tavba qilmoq kerak yo ani adab qilmoq kerak. Hishom dedi: 
Menga tavba talqin qiling! Qildilar. Yana kun mashoyix qoshigʻa kelib dedikim
tonugʻ boʻlingkim, men tuno-kun qilgan tavbadin tavba qildim. Mashoyix qoʻpub, oni 
sudrab, Masjidi jomidin chiqardilar. 
310.
 
A
BU 
M
UHRIZ 
S
HEROZIY R
.
 T




Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish