Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
102
library.ziyonet.uz/
Anga dedimki, kel, borib bila nima yeyali! Koʻnglakini ham andoq uluq kiydi va
mening bila yurudi. Chun bir necha qadam borduq, bir miqdor inabus-sa’lab yoʻlda
tushub erdi, ani oldi va yudi va yodi va oʻlturdi. Va dedikim, sen borki, manga ushbu
kofiydur. Necha mubolagʻa qildim, kelmadi. Mashoyixdin biri Ibrohim Mutavakkilga
dedikim, tilarbizki, bu oy bizing bila iftor qilgʻaysen. Ul qabul qildi. Bir kecha anga
dedikim, qoʻp, sahur qilali! Dedikim, ul sufrani tushur! Ul dedikim, men muni
qilmasmen, ne uchunki, bu harakatdur asbobda. Va men asbobda harakat qilmon. Bir
kecha ani koʻrdilarki, sufra olligʻa qoʻyub, nima yeydur. Dedilarki, dema-dingmuki
asbobda harakat qilmasmen, bas bu nedur? Dediki, valloh, men asbobda harakat
qilmadim, ammo qoʻpar chogʻda boshim sufragʻa tegdi va ul ollimgʻa tushdi, budurki
yeydurmen.
320.
A
BUTOLIB
X
AZRAJ B
.
A
LI R
.
T
.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abutolib Xazraj Junayd q. s.ning ashobidindur.
Sherozgʻa keldi. Va ichining tashvishi bor erdi. Mashoyix dedilarki, aning xidmatin
kim ixtiyor qilur? Men ixtiyor qildim. Har kecha oʻn olti, oʻn yetti qatla qoʻpar edi.
Bir kecha kechga degincha uygʻoq erdim. Koʻzum juzvi qizib erdikim chorlabdur,
eshitmaymen, yana chorlagʻonda tasht elttim. Dedi, ey farzand, oʻzungdek bir
maxluqning xidmatin yaxshi qilaolmasang, Xoliq xidmatin nechuk qilgʻungdur?
Yana bir qatla dogʻi chorlagʻanda eshitmadim, yana bir qatlada [qaydasan, Allohning
la’nati boʻlsin!]
(1)
dedi. Oshuqub tasht elttim. Ali Daylam Shayx Abu Abdullohdin
soʻrdikim, aning [Allohning la’nati boʻlsin!]
(2)
deganin nechuk eshitting? Dedimkim,
[Allohning rahmati boʻlsin!]
(3)
eshittim. Shayx ul-islom debdurki, faloh yoʻqtur ul
muridda kim, pir zullin koʻrmamish boʻlgʻay va qafosin yemamish boʻlgʻay va
[Allohning la’nati boʻlsin!]
(4)
eshitib, [Allohning rahmati boʻlsin!]
(5)
ga qabul
qilmamish boʻlgʻay va dardu nokomligʻ bila tirilmamish boʻlgʻay.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, avval majliski, Shayx Abutolib Sherozda tutti,
bir qora palos kiyib erdi va bir aso iligida. Keldi va kursi ustida oʻlturdi. Va men
yonida erdim. Elga boqdi va dedikim, bilmayki, ne degaymen, yozugʻlugʻemen
yozugʻlugʻlar orasida. Va yigʻladi va elni yigʻlatti va faryod majlisidin chiqdi. Va
anga azim qabul paydo boʻldi va andoqki, ayogʻi tufrogʻin bemorlar sihhati uchun
elturlar erdi. Oz vaqtda amre voqe’ boʻldikim, kishi anga iltifot qilmadi va e’roz
qildilar. Sherozdin Nnsogʻa bordi. Anda ham iltifot qilmadilar va ijtinob qildilar. Va
andin Sipohongʻa bordi. Abu Ali Vorijiy aning burjin ado qildi va aning uchun ul
degan yerda maskane yasadi. Ul uyii oʻzi kiygan palosdek qaro qildi va anda boʻlur
erdi, to dunyodin oʻtti.
321.
A
BU
A
LI
V
ORIJIY Q
.
S
.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ali Vorijiy Sherozgʻa keldi, amal va
hukumat uchun. Va fuqarogʻa va sodiru voridgʻa xon yoydi va moida tartib qildi. Har
namozi shomdin soʻngra kelur erdi va bizing bila oʻlturur erdi. Va bir-birimiz bila
soʻz aytur erduk. Bir kecha oʻz irodat ayyomi soʻzi orogʻa keldi. Koʻnglakin yuqori
koʻtardi, boʻynida bir tavqdek nishone erdi. Soʻrdumki, bu nedur? Dedikim, Lugʻom
togʻida erdim, irig palos kiyib erdim. Boʻynumni sidi. Andinki yondim, yangi et butti,
bu uldur. Dedimkim, bu amalga kirganing ne edi? Dedikim, qari va zaif onam bor
erdi va manga koʻp burj voqe’ boʻldi va muhtoj boʻldum, bu ishgaki koʻrarsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |